Geologiyasi


 Quduqlarning joylashishini tahlil qilish



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə205/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

12.6.1. Quduqlarning joylashishini tahlil qilish 

Qatlamning tarkibi har xil bo’lgan sharoitlarda uyumning ishlatishni tahlil qilish


natijasida tegilmagan neft qoldiqlarining joylashgan o’rni, qatlamning uzilib-uzilib
yotgan zonalarini, izolyatsiyalangan linzalarni aniqlash lozim.
Haydalayotgan suv fronti chizig’i bilan gidrodinamik bog’liq bo’lmagan, faqat
ishlatish quduqlari orqali ochilgan hamda gidrodinamik bog’liqligi kuchsiz bo’lgan
zonalarda suv bostirish sistemasini rivojlantirish zarur bo’ladi. Buning uchun yoki
mavjud neft uyumini «kesish» chizig’i uzaytiriladi yoki qo’shimcha kesish chiziqlari
loyihalashtiriladi yoki ko’p paytlarda samara beradigan o’choqsimon suv bostirish
markazidan foydalaniladi. Suv bostirish markazi odatda izolyatsiyalangan,
shuningdek, ishlatish quduqlari qazilgan va suv haydash fronti chizig’idan uzoqda
joylashgan uchastkalarda tashkil etiladi.



305
Suvni quduqqa haydash uchun zarur bo’lgan quduqlar ishlatish quduqlaridan


tanlab olinadi yoki zarur bo’lganda yangilari qaziladi. YAngidan qaziladigan
quduqlar shunday joylashtirilishi lozimki, toki haydalgan suv ta’siri hamma
izolyatsiyalangan uchastkalarda va ishlatish quduqlarining ko’pchiligida seziladigan
bo’lishi kerak.
Keyinchalik har bir suv bostirish markazi, zarur bo’lganda, neft uyumini
qo’shimcha «kesish» chizig’iga aylantirish mumkin. Bunday qo’shimcha «kesish»
chiziqlari ko’p vaqtlarda uyumni ishlatishning tartibga soluvchi yuqori samarador
vosita hisoblanadi. Bu usuldan kollektorlik xususiyatlari yomonlashgan va neftning
qovushqoqligi yuqori bo’lgan qatlamlardan neft chiqarishni jadallashtirish maqsadida
qatlamning ta’minlanish oblastini neft chiqarib olish zonasiga yaqinlashtirishda
foydalaniladi. Neft uyumini qo’shimcha «kesish» chiziqlarini yohud maxsus tanlab
olingan yo’nalishlar bo’yicha, masalan, qumli kollektorlar zonasi cho’ziqligiga
ko’ndalang yoki mavjud suv haydash fronti chiziqlariga parallel qilib o’tkaziladi.
Ko’pincha mavjud neft uyumini «kesish» chiziqlarida qo’shimcha haydash
quduqlarini qazish zarur bo’ladi. Yangi qazilayotgan haydash quduqlari avval
mavjud bo’lgan «kesish» chiziqlaridagi mahsuldor va ayni paytda ishlatilayotgan
quduqlar oralig’ida joylashtiriladi. Bunday quduqlarda neft chiqarish zonasi bilan
gidrodinamik bog’liq bo’lgan, ammo ishlayotgan haydash quduqlaridan suvni qabul
qilmaydigan yohud suvni etarli hajmda qabul qilmaydigan qatchalar teshib ochiladi.
Faqat haydash quduqlari bilan ochilgan, ammo ishlatish quduqlari bo’lmagan
zonalarda qo’shimcha ishlatish quduqlari qaziladi. Ularning soni va joylashishi
kollektorlar tarqalgan zonalarning o’lchamiga va qiyofasiga mos bo’lishi kerak.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin