Geologiyasi


 Neft qatlamiga suv haydash



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə210/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

13.2.1. Neft qatlamiga suv haydash 

Neft uyumiga ta’sir etish maqsadida mahsuldor qatlamga suv maxsus haydash


quduqlari orqali yuboriladi. Bunday jarayon qatlam bosimini saqlash (ayrim hollarda
boshlang’ich bosimdan ham yuqori ko’tarish) va neft beraolishligini orttirish
maqsadida amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda nefti tugayotgan uyumlardan neft olishning eng ko’p tarqalgan
ikkilamchi metodi qatlamga suv bostirish hisoblanadi. Odatda chegara tashqarisiga
suv haydash va maydoniy suv haydash o’zaro farqlanadi.



314
Aksariyat hollarda maydoniy suv haydash metodidan foydalaniladi. Bu metodni


qo’llaganda qatlamda etarli miqdorda qoldiq neft bo’lishi kerak. Odatda birlamchi
metodlar bilan qatlamdan neftni to’liq siqib chiqarib bo’lmaydi, shu sababli ko’p
miqdordagi qoldiq neft qatlamda qolib ketadi.
Nefti kamayib ketgan qatlamlarni jonlantirish maqsadida neftlilik chegarasi
tashqarisiga suv bostirish quyidagi sharoitlarda amalga oshiriladi:
1) kollektorlarning o’tkazuvchanligi yuqori va qatlam uzluksiz bo’lganda (neft
quduqlari va chegara orti quduqlari orasidagi gidrodinamik bog’liqlik yaxshi
bo’lganda);
2) qatlam bosimini bir me’yorda saqlab turish uchun tabiiy chegara suvlarining
siljishi etarli bo’lmaganda;
3) neftning harakatlanish koeffitsientining qiymati nihoyatda kichik bo’lganda
(

0

dan katta emas).
Suvni maydoniy haydash metodi quyidagi holatlarda qo’llaniladi:
1) kollektorlarning o’tkazuvchanligi yuqori bo’lmasa va shu vaqtning o’zida
qumtoshlar tarkibidagi gilli zarrachalar suv bilan ho’llanganda ularning
o’tkazuvchanligi keskin kamayib ketmasa;
2) qatlamning suvga to’yinganligi kam va o’z navbatida, chiqarib olinayotgan
neftdagi suv miqdori ko’p (o’rtacha 10-20% dan ortiq) bo’lmaganda;
3) qatlamning qoldiq neftga to’yinganligi 35-40% dan ortiq bo’lganda.
Suvni qatlamga haydashning texnologik sxemasi quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Chegara tashqarisiga suv bostirishda haydash quduqlari neftlilik chegarasining
tashqarisiga joylashtiriladi. Neftlilik chegarasini bir me’yorda siljishi uchun haydash
quduqlari oralig’idagi masofa neftlilik chegarasigacha bo’lgan masofadan ikki
baravar ortiq qilib olinadi.
Haydash quduqlarining suvni eng ko’p qabul qilaolishligini ta’minlash uchun
quduq tubi tozalanadi, zarur bo’lganda gidravlik yorish amalga oshiriladi.
2) Nefti tugayotgan uyumlarga maydoniy suv bostirishda quduqlarni
joylashtirishni quyidagi ikki xil sxemasi qo’llaniladi:
a) haydash quduqlari chiziqli batareyalar ko’rinishida, ishlatish quduqlari esa
haydash quduqlari qatoriga paralllel qilib joylashtiriladi. Ishlatish quduqlarining
suvlanish darajasi ortib borgan sari ular haydash quduqlari sifatida ishlatiladi,
ularning old qismida ishlatish quduqlarining yangi qatori burg’ilanadi; shunday qilib,
ishlatish quduqlarining birinchi qatoridan ikkinchi qatori tomon suv muntazam
ravishda siljib boradi (10.8-rasmga qarang).
b) haydash quduqlari qatlam maydoni bo’ylab ishlatish quduqlari oralig’ida bir
me’yorda joylashtiriladi. Quduqlarni joylashtirishning besh nuqtali va etti nuqtali
sistemasi eng ko’p tarqalgan (10.9-rasmga qarang). Quduqlarni joylashtirishning
besh nuqtali sistemasida haydash quduqlari kvadratning tomonlari bo’ylab, ishlatish
quduqlari esa kvadratning markazida joylashadi; etti nuqtali sistemada haydash
quduqlari oltiburchaklarning burchaklarida, ishlatish quduqlari esa ularning
markaziga o’rnatiladi.
Shunday qilib, quduqlarni besh nuqtali joylashtirish sxemasida haydash va
ishlatish quduqlarining nisbati 1:1 ga; etti nuqtali (aslida uchburchakli) sistemasida



315
esa 2:1 ga teng. Haydash va ishlatish quduqlarini shu tartibda joylashtirish uyumga


haydalayotgan suvni bir me’yorda va uyumning hamma joyiga nisbatan bir xilda
ta’sir etishini ta’minlaydi.
Uyumga suv bostirish jarayonini amalga oshirishda quduqlar oralig’idagi masofa
50-200 m atrofida bo’lishi kerak. Bunday masofa jinsning o’tkazuvchanligiga, suv
bostirish bosimiga va uyumga haydalayotgan suvning hajmiga bog’liq.
O’tkazuvchanligi turlicha bo’lgan qatlamlarga maydoniy suv bostirishda birinchi
navbatda haydash quduqlari qazilib, ulardan uyumga suv haydaladi. Qatlamdagi
g’ovaklarning bir qismi suvga to’lgandan keyin ishlatish quduqlari qazilib, ishga
tushiriladi. Maydoniy suv bostirishda haydalgan suvning umumiy sarfi
laboratoriyada tajriba yo’li bilan aniqlanishiga ko’ra quyidagi miqdordan ortib
ketmasligi kerak: suv haydashning boshlang’ich davrida 1 t., neftni chiqarib olish
uchun 3 m
3
, yakuniy davrida esa 20 m
3
/t bo’lishi kerak. Haydalayotgan suvning sarfi
10-15 m
3
/t bo’lsa mo’’tadil hisoblanadi.
Qatlamga suv bostirishda haydaladigan suvning taqribiy sarfini va qatlamni
qancha muddatda ishlatish mumkinligini aniqlash zarur. Buning uchun neftning
qoldiq zaxiralari miqdori hisoblab chiqiladi va laboratoriya ma’lumotlari asosida
neftni chiqarib olish koeffitsienti qiymati topiladi. Maydoniy suv bostirish
jarayonining samaradorligi bog’langan suvning miqdoriga bog’liq. Maydoniy suv
bostirishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bog’langan suvning miqdori
qatlamda 25% dan ko’p bo’lmasligi kerak. Agar bog’langan suvning miqdori 25%
dan ko’p bo’lsa, maydoniy suv bostirish jarayonining samaradorligi kamayadi.
Endi bog’langan suv to’g’risida qisqacha ma’lumot beramiz. Bog’langan suv
tog’ jinsi zarrachalarini yupqa parda hosil qilib o’rab turadi (uning ichki qismi
mustahkam bog’langan, tashqi qismi bo’sh bog’langan suvlarni hosil qiladi).
Pardaning qalinligi suv molekulasi diametridan bir necha yuz marotaba katta bo’ladi
va minerallar yuzasida molekulyar tortish kuchi ta’sirida yopishib turadi. Mustahkam
va bo’sh bog’langan suvlar o’zaro farqlanadi.
Mustahkam bog’langan yoki adsorbtsion suv tog’ jinsi yoki tuproq
zarrachalariga havodagi suv bug’larining yutilishidan hosil bo’ladi. Ular jins
zarrachalariga katta kuch bilan yopishib turadi; xossalariga ko’ra oddiy suvlardan
keskin farqlanib, qattiq jinslarga yaqin bo’ladi, zichligi o’rta hisobda 2 g/sm
3
, yuqori
qovushqoqlikka ega,

78
o
S da muzlaydi; zarralar burchagi va qabariq joylarida qalin
pardali, egilgan joylarida yupqa pardali suvlar hosil bo’ladi. Jins zarralari
qizdirilganda bog’langan suv oson ajralib chiqadi.
Bo’sh bog’langan suv fizik bog’langan suvning tashqi qati ustidan yupqa parda
ko’rinishida qoplab turadi. A.F. Lebedevning fikricha, bo’sh bog’langan suv tog’
jinslarida suv bug’larining kondensatsiyalanishidan hosil bo’ladi yoki ulardan
tomchi-suyuq suvlarni chiqarib olgandan so’ng qoladigan suv, jins zarrachalari
yuzasiga adsorbtsion suvlarga nisbatan kamroq kuch bilan yopishib turadi, ushbu
zarrachalar atrofidagi gigroskopik suvlar pardasi ustidan ikkinchi yupqa pardani hosil
qiladi. Bo’sh bog’langan suvning harakati qalinroq pardalardan yupqaroq pardalar
tomoniga yo’nalgan bo’ladi. Og’irlik kuchi bo’sh bog’langan suv harakatiga ta’sir
etmaydi. Temperatura nol gradusdan past bo’lganda muzlaydi, temperaturaning



316
ko’tarilishi bilan uning harakati tezlashadi. Bo’sh bog’langan suv tog’ jinsi 105-


110
o
S temperaturada qizdirilganda va bosim ta’sirida undan ajralib chiqadi.
Uyumlarning tuzilishi har xil tarkibli bo’lsa, ayniqsa vertikal bo’yicha
o’zgaruvchan bo’lsa, ularga suv bostirish jarayonida qandaydir bir yo’nalish bo’yicha
suv yorib chiqishi mumkin. Bu hodisa bajariladigan tadbirlar samaradorligini ancha
pasaytirib yuboradi.
Bunday hodisalarga qarshi kurashish uchun quyidagi tadbirlar qo’llaniladi:
1) quduq kesimidagi suvni eng ko’p yutuvchi qatlamlar sementlanib, kimyoviy
tamponlanib va pakerlar qo’llanib izolyatsiyalanadi;
2) suvning yorib chiqishining oldini olish maqsadida suvni haydash va
suyuqlikni chiqarib olish sur’ati tartibga solinadi;
3) kesimdagi suvni eng ko’p yutuvchi zonalarga loyqa suv, havoning suv bilan
aralashmasi, parafinli distillyatlar va sh.o’. haydalib, ularning o’tkazuvchanligi
kamaytiriladi.
Qatlamga daryo, artizian, qatlam va dengiz suvlari haydaladi, ular quyidagi
talablarga javob berishi kerak:
1) suvning tarkibida texnik aralashmalar miqdori 1 mg/l dan ortiq bo’lmasligi;
2) suvning tarkibida suvo’tlari va mikroorganizmlar bo’lmasligi;
3) qatlam sharoitida haydalayotgan suvning barqaror bo’lishi;
4) suvning tarkibida oksidlangan temir miqdori 0,5 mg/l dan ortiq bo’lmasligi;
5) quvuruzatgichlarning korroziyaga uchratmasligi;
6) neft aralashmasining suvdagi miqdori 0,5 mg/l dan ortiq bo’lmasligi lozim.
Daryo suvini qatlamga haydashda suv daryo o’zanidan olinmay, balki daryoning
qayir qismidan olinadi. Buning uchun maxsus quduqlar burg’ilanadi. Daryoning
qayir qismidan olingan suv tozalanmaydi, chunki u toza bo’ladi. Qatlamdan olingan
suvni
uyumga
haydashdan
avval
tindirilib,
neftdan
tozalanadi
va
koagulyatsiyalanadi. Bunday jarayonlar haydash quduqlarining suvni qabul qilaolish
qobiliyatini doimo saqlab turish uchun amalga oshiriladi. Tarkibida erigan gazlar
(karbonat kislotasi, vodorod sulfid) bo’lgan suvlar aeratsiyalanadi (havoga
boyitiladi). Suvni neftdan tozalashda unga neftni yuvadigan moddalarni qo’shish
foydalidir.
Shuni nazarda tutish lozimki, chuchuk, shuningdek, ishqorli suvlar mahsuldor
qatlamlar tarkibidagi gillarni ho’llaganda gillar bo’kib, hajmi ortadi va
o’tkazuvchanligi pasayadi. Neftni qatlamdan siqib chiqarishni osonlashtirish uchun
suv nordonlashtiriladi yoki sho’r suv ishlatiladi (masalan, dengiz suvi). Goho
o’tkazuvchanligi 0,3x10
-12
m
2
dan katta bo’lgan jinslar tik qiyalangan bo’lsa, ularga
maydoniy suv bostirish o’rniga, haydash quduqlari qatoridan neftlilik chegarasi
ortiga yoki chegarasi bo’ylab suv bostiriladi.
Tegishli geologik sharoitlarda qatlamga uyg’unlashgan (bir necha) metodlar
bilan ta’sir etish maqsadga muvofiq. Masalan, qatlamning gumbaz qismiga havo va
neftlilik chegarasining tashqi zonasiga suv haydash shular jumlasidandir.
Mazkur metod o’tkazuvchanligi past bo’lgan qatlamlarga tavsiya etiladi. Bunday
qatlamlarga haydash quduqlarining ta’siri qatlamning butun maydoni bo’ylab to’liq
tarqalmaydi. Uyg’unlashgan metodlarga, shuningdek, bitta haydash qudug’iga bir
vaqtning o’zida suv va havoni haydash ham mansub. Bunday metod qatlamlar yassi



317
qiyalangan, pastki qismi neftga to’yingan, yuqori qismi esa neft tugay boshlashi


natijasida gazga to’yinganda ijobiy natijalar beradi. Suv va gaz uyg’unlashgan metod
bilan qatlamga haydalganda nefti tugab borayotgan qatchalarda gazning sirqib o’tishi
bartaraf etiladi.
Sobiq Ittifoqda neft chiqarib olishni ko’paytirish maqsadida neft qatlamlariga
suvni sanoat miqyosida haydash Dossor va Makat konlarida 1943-1944 yillardan
boshlangan. Keyinroq qatlamga suv bostirish jarayoni Ozarbayjon (Artem oroli va
b.), Grozniy shaharlari va Krasnodar o’lkasining bir qator maydonlarida qo’llanila
boshlangan.
AQShda qatlamga suv bostirish metodi keng miqyosda qo’llanilib uning ko’lami
yillar sayin tobora ortib bormoqda.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin