186. Yassi to‘lqin fronti uchun to‘rtinchi Frenel zonasining radiusi ry=3 mm. Oltinchi Frenel zonasining radiusi topilsin.
187. =30° burchak ostida qadmiyning (=644 nm) qizil chizig‘i uchun to‘rtinchi maksimum kuzatilmoqda. Agar panjaraning eng kichik ajrata olish qobiliyati =0322 nm bo‘lsa, difraksion panjara doimiysi topilsin.
188. To‘lqin uzunligi =500 nm bo‘lgan nuqtaviy manba, radiusi r=0.5 mm teshigi bo‘lgan ekrandan d=0.5 m masofada turibdi. Beshta Frenel zonasi ochilishi uchun, to‘siqdan kuzatish nuqtasigacha bo‘lgan masofa qanday bo‘lishi kerak?
189. Chiziqlari soni N=5000 bo‘lgan yassi qaytaruvchi panjaraga sariq yorug‘lik (=589 nm) tushmoqda. Uchinchi tartibdagi spektrda panjara ajratishi mumkin bo‘lgan eng kichik masofa topilsin.
190. Osh tuzi kristalli qirralariga rentgen nurlari dastasi (=147 nm) tushmoqda. Agar kristall sirtiga nur =31°30′ burchak ostida tushganda ikkinchi difraksion maksimum kuzatilsa, kristalldagi atomlar tekisliklari oarsidagi masofa d topilsin.
191. Diametri d=4 mm ga teng yumaloq teshikli diafragmaga normal holda monoxromatik yorug‘lik dastasi (=0.5 mkm) tushadi. Teshik o‘qi bo‘ylab undan b=1 m masofada kuzatish nuqtasi joylashgan. Teshikga nechta Frenel zonalari joylasha oladi?
192. Chiziqlari soni har 1 mm da n=500 bo‘lgan difraksion panjaraga normal yo‘nalishda oq yorug‘lik tushmoqda. Panjara yaqinida qo‘yilgan linza orqali spektr ekranga proyeksiyalanadi. Agar 1=780 nm va 2=400 nm va linzadan ekrangacha bo‘lgan masofa L=3 m bo‘lsa, birinchi tartibdagi spektrning kengligi l topilsin.
193. Har 1 mm da 100 ta chiziqlari bo‘lgan difraksion panjaradan L=1.8 m masofadagi ekranda spektr kuzatiladi. Agar ikkinchi tartibli spektrdan markaziy yo‘lgacha bo‘lgan masofa l=21.4 sm bo‘lsa, panjaraga tushayotgan monoxromatik yorug‘likning to‘lqin uzunligi topilsin.
194.Difraksion panjaraga, uning tekisligiga parallel ravishda yassi to‘lqin tushmoqda. Difraksion panjara chiziqlarining umumiy soni N=1000, davri d=5.1.10-3 mm. Tushayotgan yorug‘lik ikki to‘lqin uzunlikka ega 1=460 nm va 2=460 nm. Spektrning qaysi tartibidan boshlab bu chiziqlar ajrala boshlaydi?
195. Shaffof bo‘lmagan va radiusi r=1 mm teshigi bor to‘siqqa yassi monoxromatik to‘lqin tushmoqda. To‘siqdan ekrangacha masofa b1=0.575 m bo‘lganda, difraksiya manzarasi markazida maksimum intensivlik kuzatiladi. Masofaning b2=0.802 m gacha oshirilganda markazdagi maksimum intensivlik minimumga aylanadi. Yorug‘likning to‘lqin uzunligi topilsin.
196. Difraksion panjaraning har bir millimetridan 400 chiziq bor. Difraksion panjaradan (L=25 sm) masofada ekran joylashgan markaziy maksimumdan o‘ng va chap taraflarda 3-tartibdagi spektrda chiziqlar orasidagi masofa l=27.4 sm. Difraksion panjaraga tushayotgan yorug‘likni to‘lqin uzunligi topilsin.
197. Qandaydir to‘lqin uzunlikdagi yorug‘lik uchun difraksion panjaraning burchakli dispersiyasi (kichik og‘ishlar uchun) D=1 grad min ga teng. Agar panjara uzunligi l=2 sm bo‘lsa, uning ajrata olish qobiliyati topilsin.
198. Parallel nurlar dastasi difraksion panjaraga normal holda tushmoqda ekran orqasida joylashgan linzaning fokus masofasi F=2.5 m. Birinchi tartibli spektrda 1=0.43 mkm va 2=0.48 mkm to‘lqin uzunlikdagi chiziqlar orasidagi masofa l=0.5 mm. Difraksion panjaraning doimiysi topilsin. (Kichik og‘ishlar uchun tg=sin deb olinsin).
199. Har 1 mm da 200 ta chiziq bo‘lgan difraksion panjara, vodorod bilan yoritilmoqda. Kuzatishda vodorodning 656.3 nm va 410.2 nm to‘lqin uzunlikdagi chiziqlari ustma-ust tushushi uchun kuzatish trubasini tushayotgan nur yo‘nalishiga qanday eng kichik burchakda o‘rnatish kerak?
190. Parallel monoxromatik nurlar dastasi (=0.53) normal holda tor tirqishga tushmoqda, markaziy maksimum kengligi qo‘shni minimumlar orasidagi masofa teng bo‘lib, u l=1.5 sm tirqish orqasida joylashgan linzaning fokus masofasi L=2 m. Kichik og‘ishlar uchun tg=sin deb xisoblab, tirqish kengligi topilsin.
191. Kengligi b=0.2 bo‘lgan tirqishga, parallel monoxromatik nurlar dastasi normal holda tushmoqda. Ekranga difraksion manzaraning proyeksiyalaydigan linzaning fokus masofasi F=2 m. Ikkinchi maksimum kengligi b=0.53 sm, u ikki qo‘shni minimumlar orasidagi masofaga teng. Tirqishga tushayotgan yorug‘likni to‘lqin uzunligi topilsin (kichik burchak uchun sin=tg ).