Geometrik optika va fotometriya


Suvga sho’ng’igan kishi botib borayotgan quyoshni qaysi yo’nalishda ko’radi? 23



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə6/53
tarix17.08.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#63170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
2 5348125923025622643

22. Suvga sho’ng’igan kishi botib borayotgan quyoshni qaysi yo’nalishda ko’radi?
23.Yoruglik nurlari skipidardan havoga chiqmoqda.Bu nur uchun to’la ichki qaytishning limit burchagi 420 23/ .Skipidardagi yorug’likning tarqalish tezligi qancha?
24. Suv to’ldirilgan stakan ustiga qalin shisha plastinka qo’yiilgan. Suv bilan shishaning bo’linish sirtidan to’la ichki qaytish ro’y berishi uchun yoruglik nuri plastinkaga qanday burchak bilan tushishi kerak? Shishaning sindirish ko’rsatkichi 1,5.
25. 10 sm balandlikka qadar suv bilan to’ldirilgan idishning tubiga nuqtaviy yorug’lik manbai joylashtirilgan. Suv ustida tiniq bo’lmagan doiraviy plastinka markazi yorug’lik manbai ustida turadigan holda suzib yuribdi. Bironta ham nur suv sirtidan chiqmasligi uchun mazkur plastinka qandai eng kichik radiusga ega bo’lishi kerak?
26. Ba`zi bir shisha navlarining qizil va binafsha nurlar uchun sindirish ko’rsatkichi 1,51 va 1,53 ga teng. Bu nurlar shisha-havo chegarasiga tushganida to’la ichki qaitish limit burchaklari topilsin.
27. Agar oldingi masaladagi shisha olinib, shisha-havo bo’linish sirtiga 41° burchak bilan oq nur tushirilsa, nima ro’y beradi?
28. Monoxromatik nur sindirish burchagi 40° bo’lgan prizmaning yon sirtiga normal tushmoqda. Bu nur uchun prizma materialining sindirish ko’rsatkichi 1,5. Prizmadan chiqayotgan nurning dastlabki yo’nalishdan og’ishi topilsin.
29. Monoxromatik nur prizmaning yon sirtiga normal tushadi va undan 25° ga og’ib chiqadi. Bu nur uchun prizma materialining sindirish ko’rsatkichi 1,7. Prizmaning sindirish burchagi topilsin.
30. Teng yonli prizmaning sindirish burchagi 10°,Mopoxromatik yorug’lik nuri prizma yon sirtiga 10° burchak ostida tushadi. Agar prizma materialining sindirish kursatkichi 1,6 bo’lsa, nurning dastlabki yo’nalishidan og’ish burchagi topilsin.
31. Ba`zi bir monoxromatik nur uchun prizma materialining sindirish ko’rsatkichi 1,6 ga teng. Nur prizmadan chiqayotganida to’la ichki qaytish ro’y bermasligi uchun bu nurning prizmaga eng katta tushish burchagiday bo’lishi kerak? Prizmaning sindirish burchagi 45° ga teng.
32.Yorug’lik dastasi teng yonli prizmaning yon sirti bo’ylab sirpanadi. Prizmaning chegara sindirish burchagi qancha bo’lganida singan nurlar ikkinchi yon sirtda to’la ichki qaytadi? Mazkur nurlar uchun prizma materialining sindirish ko’rsatkichi 1,6.
33. Monoxromatik yorug’lik nuri to’g’ri burchakli teng yonli prizmaga uning yon sirtidan kirmoqda. Hyp prizmaga kirgach, gipotenuza chetidan to’la ichki kaytib, ikkinchi katet orqali chiqadi. Bu nur uchun prizma materialining sindirish ko’rsatkichi 1,5 bo’lsa, yana to’la ichki qaytish ro’y berishi uchun nurning prizmaga tushadigan eng kichik burchagi qanday bo’lishi kerak?
34. Monoxromatik nur teng yonli prizmaning yon sirtiga tushib, prizmada singanidan keyin uning asosiga parallel ketadi. U prizmadan chiqishida, o’zining dastlabki yo’nalishidan δ burchakka og’adi. Bu holda prizmaning sindirish burchagi γ, nurning og’ishi δ hamda bu nur uchun sindirish ko’rsatkichi n o’rtasidagi bog’lanish topilsin.
35. Oq yorug’lik nuri teng yonli prizmaning yon sirtiga shunday burchak bilan tushadiki, qizil nur undan ikkinchi yon sirtiga perpendikulyar ravishda chiqadi. Agar prizmaning sindirish burchagi 45° bo’lsa, qizil va binafsha nurlarning dastlabki yo’nalishdan og’ishi topilsin. Qizil va binafsha nurlar uchun prizma materialining sindirish ko’rsatkichi mos holda 1,37 va 1,42.
36. Natriyning sariq chizig’I uchun (λ = 5,89·10-7m) kvars linzaning bosh focus masofasi 16 sm bo’lsa, simob spektri ultrabinafsha chizig’i uchun (λ = 2,59·10-7m) kvars linzaning bosh fokus masofasi topilsin. Ko’rsatilgan to’lqin uzunliklari uchun kvarsning sindirish kursatkichi mos holda 1,504 va 1,458.
37. Bir shishannng sindirish kursatkichi 1,5, ikkinchisiniki 1,7. Ikkala shishadan shakli bir xilda bo’lgan ikkita bir xil ikki yoqlama qavarik linza yasalgan. 1) Bu linzalar fokus masofalarining nisbati topilsin.2) Agar linzalar sindirish ko’rsatkichi 1,6 bo’lgan tiniq suyuqlikka botirilsa, ularning har biri optik o’qqa parallel bo’lgan nurlarga qanday ta`sir ko’rsatadi?

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin