Geometrik optika va fotometriya


Agar Nikol prizmasi tabiiy yorug‘lik bilan yoritilib, uni 60% ni yutsa, undan o‘tgan yorug‘likni intensivligi necha barobar o‘zgaradi? 216



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə24/53
tarix17.08.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#63170
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53
2 5348125923025622643

215. Agar Nikol prizmasi tabiiy yorug‘lik bilan yoritilib, uni 60% ni yutsa, undan o‘tgan yorug‘likni intensivligi necha barobar o‘zgaradi?
216. Suv sirtidan (n=1.33) qaytgan yorug‘lik maksimal qutblangan bo‘lishi uchun quyosh gorizontga nisbatan qanday burchak ostida joylanishi kerak?
217. Qutblangan yorug‘likni tushayotgan yorug‘lik intensivligiga nisbati I/I0=1 bo‘lganda, tabiiy va yassi qutblangan yorug‘likning qutblanish darajasi qanday?
218. Intensivligi I0=100 Vt/m2 bo‘lgan yassi qutblangan yorug‘lik ayqash ikki polyarizatorlardan o‘tadi. Ularning tekisligi boshlang‘ich nurning tebranish tekisligi bilan 1=20° va 2=50° burchak hosil qiladi. ikkinchi polyarizatordan chiqayotgan yorug‘lik intensivligi topilsin.
219. Tushayotgan yassi qutblangan yorug‘lik, doiraviy qutblangan bo‘lishi uchun (n2=1.5533, no=1.5442, =5.10.10-7 m), optik o‘qiga parallel kesilgan kvars plastinkasining eng kichik qalinligi topilsin.
220. Tabiiy nur silliqlangan va suyuqlikda joylashgan shisha plastinka sirtiga tushadi. Plastinka sirtidan qaytgan nur tushayotgan nur bilan =97° burchak hosil qiladi. Agar qaytgan nur to‘liq qutblangan bo‘lsa, suyuqlikni sindirish ko‘rsatkichi aniqlansin.
221. Nikol prizmasi orqali qisman qutblangan yorug‘lik o‘tmoqda. Tajriba boshida prizma tekisligi chiziqli qutblangan yorug‘likni tebranish tekisligi bilan parallel joylashgan. Nikol 60° ga burilganda, undan o‘tgan yorug‘lik intensivligi 2 marta kamaygan. Tabiiy yorug‘lik va chiziqli qutblangan yorug‘lik intensivliklarini nisbati I/I0 topilsin. Qisman qutblangan yorug‘likda, yorug‘lik vektorining amplitudasi yorug‘likni maksimal intensivligida minimal intensivlikka nisbatan ikki marta katta bo‘ladi. qutblanish darajasi P topilsin.
222. Ikki polyarizatorlardan tashkil topgan sistemaga tabiiy yorug‘lik tushmoqda. Optik tekisliklari orasidagi burchak =45° ni tashkil qiladi. Yorug‘lik dastasining intensivligi necha marta kamayadi? Har bir polyaroid yorug‘likni 10% ga kamaytiradi.
223. Suyuqlik bilan to‘ldirilgan shisha (n=1.5) idish tubidan nur qaytadi. Tushish burchagi i=43°12′ bo‘lganda qaytgan nur maksimal qutblangan. Suyuqlikning sindirish ko‘rsatkichi topilsin.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin