Miasto Przyszłości
Kielce 2022
Impact Factor: 9.2 ISSN-L: 2544-980X
Finlyandiya Va O‘Zbekistonda Ta‘Lim Tizimini Sifatini Solishtirma Taxlili
Ibragimov Shavkat Mamirovich1
Annotatsiya: Maqola O„zbekiston va Finlyandiya ta„lim sifatini boshqarish tizimlarini tahlil qilib, ularni yutuq tomonlarini o„rganish, rivojlangan mamlakatni ta„lim tizimidagi zamonaviy metodlarni respublikamiz minitalitetidan kelib chiqib tatbiq etish bo„yicha tavsiyalar ishlab chiqishga bag„ishlangan. Respublikamizda ta„lim sifatini yaxshilash borasida olib borilayotgan ta„lim tizimini modernizasiyalash yoritilib, rivojlangan mamlakatlar ta„lim tizimi taxlili asosida ishlab chiqilgan, ta„limga joriy etish uchun tavsiyalar keltirilgan.
Kalit so'zlar: ta„lim, modernizasiya, PISA tizimi, savodxonlik, test, regimentasiya, tizim.
KIRISh
Ta„lim sohasidagi islohotlar mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning uzviy va hal qiluvchi yo‟nalishlaridan biri hisoblanadi.
Xozirda mamlakatimizda ta„limga qaratilayotgan xarajatlarning ko„p qismini davlat byudjeti mablag„lari hisobidan moliyalashtirmoqda. Asta-sekinlik bilan mamlakatda innovasion iqtisodiyotning taraqqiy etishi, aholi daromadlarining oshishi va ta„lim tizimi inson hayotidagi o„rnining oshib borishi mamlakatda ham asta - sekinlik bilan davr talablariga javob bera oladigan davlat ta„lim muassasalari bilan bir qatorda xususiy ta„lim muassasalari ham tashkil topib boradi va bormoqda. Bu o„z navbatida, bevosita raqobatni kuchayishiga, davlatning ta„limga ajratayotgan mablag„larini kamayishiga hamda yangi moliyalashtirish manbalarini izlab topishga olib keladi.
Ta„lim tizimini asosiy natijasi, ta„lim oluvchilaning bilim va ijodiy faoliyatini amalga oshirish uchun o„quv jarayonida zamonaviy o„quv texnologiyalaridan foydalanib ta„lim sifatini yanada samaraliroq ortirilishidir.
Asosiy e„tibor talabalarni mustaqil fikrlashlarini rivojlantirsh mexanizimlariga qaratilishi lozim. Mustaqil ta„lim jarayonida bilimlar kengayadi, chuqurlashadi, mukammallashadi, turli sharoitlarda ulardan foydalanish imkonini beruvchi universallik xarakteriga ega bo„ladi.[5,6]
Xar tomonlama etuk shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalashda muxim o‟rin tutuvchi ta„lim tizimiga ilg„or g„oyalarni tadbiq etish va shu soxada uning mazmunini shakllantirish ijtimoiy zaruriyat xisoblanadi.
O„zbekiston ta„lim tizimi to„lasicha taxlil etilib, uni xozirgi strukturasi va olib borilayotgan modernizasiya yo„nalishlari aniq ko„rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: |