PAXTA TOLASINING SIFATINI ZAMONAVIY USULLARDA ANIQLASH Q.M. Masharipov Toshkent davlat agrar univeristeti magistri Kalit so‘zlar: paxta tolasi, sifat, standart, laboratoriya, cho‘ziluvchanlik, solishtirma uzilish kuchi, PPL. Mamlakatimiz iqtisodiyotida paxtachilik va paxta tozalash sanoatining salmog‘i katta. Soha qanchalik rivojlansa xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari ham rivojlanadi. Shu nuqtayi nazardan ham paxtachilikni yanada rivojlantirish respublikamizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumki, mamlakatimiz azaldan o‘zining iqlimi, senmiun tuprog‘i, yer osti va yer usti boyliklari bilan mashhur bo‘lib kelgan. Bugungi kunda ham O‘zbekistonda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jahon bozori peshtaxtalarida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Buni birgina paxtachiligimiz misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Hozirda mamlakatimizda har yili 3,0-3,2 million tonna paxta xomashyosi yetishtirilmoqda Bunday muvaffaqiyatga erishishning asosiy omili hukumatimiz tomonidan sohaga berilayotgan doimiy e’tibor va ayniqsa, iqtisodiy imtiyozlar, fan va texnika yutuqlari hamda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, fermerlik harakatiga katta yo‘l ochilishi hisoblanadi.
Bosqichma-bosqich olib borilayotgan islohotlar tufayli fermer xo‘jaliklarining moddiy texnika bazasi yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. Paxtachilik sohasini rivojlantirish, paxta tozalash korxonalarini modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash, ishlab chiqarish va paxta xomashyosini qayta ishlash rentabelligini, shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Chunki paxta va uning mahsulotlariga bo‘lgan talab doimo ortib borishi paxta tozalash sanoatida zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish kerakli ekanligini ko‘rsatmoqda.
Namuna olish va sinash o‘tkazishdan maqsad toylangan tola va toyning maium joyidan bir paytda olingan paxtani va nuqtadan olingan namunalami birlashtirishni va sinash o‘tkazishni bajarishdan iborat.
Namunani olish tartibi va tanlab olish usullari o‘z DSt 614standartida aniq ko‘rsatib berilgan. Ushbu standart namuna olish usullarini va sinash o‘tkazish uchun tayyorgarlik ko‘rish tartibini belgilaydi va standart talablari majburiy hisoblanadi.
Namunalar quyidagicha ta’riflanadi:
Nuqtadan olingan namuna deganda toylanmagan tola yoki toyning ma’lum joyidan bir paytda olingan paxta tolasi miqdori tushuniladi.
Birlashtirilgan namuna deb nuqtadan olingan namunalaming yig‘indisiga aytiladi.
Sinash uchun namunaga esa birlashtirilgan namunadan olingan va belgilangan usulga oid sinash o‘tkazish uchun tayyorlangan paxta tolasining miqdori kiradi.
Nuqtadan olingan va birlashtirilgan namunalami tanlab olish. Toylanmagan paxta tolasining nuqtasidan olinadigan namunalami paxta korxonalarida qoi yoki namuna olgich bilan kondensor lotogidan tola qatlamining har xil qalinlikdagi joylaridan toylanguncha yoki tolani toylashjarayonida olinadi.
Nuqtadan olingan namunaning massasi 100-150 g atrofida bo‘ladi. Olingan paxta tolasining namunalari namligi saqlanadigan qilib, qopqog‘i zich berkitiladigan idishlarga solinadi. Agar paxta tolasining namligini aniqlash mo‘ljallanmagan bo‘lsa, nuqtadan olinadigan namunalar boshqa qopqoqsiz idishlarga ham solinsa bo‘ladi.
Toylangan paxta tolasi uchun toyning markalangan qismini buzmagan holda qavariq tomonidagi ikki tasma oraligidan o‘rama mato kamida 20-25 sm uzunlikda qirqiladi. Agar muayyan sharoitda mumkin bo‘lsa va ruxsat etilsa, namuna oson olinishi uchun bir yoki bir nechta tasma yechiladi. Paxta tolasining yuqori qatlamidan 1 -2 sm olib tashlanadi.
Qo‘l yordamida yengil o‘ralib, massasi 100 g bo‘lgan, kengligi 10-12 sm li qatlam ko‘rinishida nuqtadan olinadigan namuna olinadi. Nuqtadan olingan namuna orasiga korxona kodi (lozim bo‘lsa), to‘da va toyning tartib raqami ko‘rsatilgan yorliq qo‘yiladi.
Har xil toylaming nuqtalaridan olingan namunalar qatorlatib, o‘rov qog‘oziga bir qavat qilib qo‘yiladi va hammasi bir o‘ramga o‘ralib, ustiga korxona kodi va to‘da tartib raqami yoziladi.
Namlikni aniqlash uchun nuqtadan olinadigan namunalar qopqogi zich berkitiladigan idishlarga solinadi. Paxta korxonalarida nuqtadan olinadigan namunalami toyning qavariq tarafining chetidan (bo‘rtgan joyidan) toylangandan so‘ng olishga ruxsat etiladi. Bu holda toyning o‘rami buzilmaydi. Agar yetkazib berish shartining boshqa talablari aniqlanmagan bo‘lsa, nuqtadan olinadigan namunaning soni va toylar bo‘yicha tanlab olish tartibi o‘z DSt 604-ga ko‘ra bajariladi. Birlashtirilgan namunaning massasi 1 kg dan kam bo‘lmasligi kerak. Namlikni aniqlash uchun 200 g dan kam bo‘lmasligi kerak.
Toylangan paxta tolalarining namligini aniqlashda kelishmovchilik kelib chiqsa, toylar to‘liq ochilib ikkita birlashtirilgan namuna olinadi. Har bir mo‘ljallangan toylaming o‘rtasidan: birinchidan yuqori qavati olingandan so‘ng, 3-5 sm chuqurlikda toy massasining 30 % dagi o‘rtacha namlikni tavsiflaydigan, ikkinchisi 20 sm chuqurlikda toy massasining 70 % dagi o‘rtacha namlikni tavsiflaydigan namunalar nuqtalardan olinadi.
Paxta tolasidan namuna tanlab olish va sinash uchun tayyorlash Sinash uchun namunalar rangi va iflosligi bo‘yicha tashqi ko‘rinish namunalari bilan solishtirilib, nuqtadan olinadigan namunalamig bir xilligi aniqlangandan so‘ng tanlab olinadi. Agar paxta tolasining sifati nuqtalardan olingan turli namunalarda har xil bo‘lsa, sinash uchun namunalar nuqtadan olingan bir xil namunalaming har bir guruhidan alohida tanlab olinadi. Nuqson va iflos aralashmalaming massaviy ulushi hamda mikroneyr ko‘rsatkichi uchun namuna, nuqtadan olingan namunalar ikki tarafming har xil joyidan olingan bir xil tutamdan tashkil topadi.
Sinash uchun olingan namunalaming massasi va soni qo‘llaniladigan sinash usuli bo‘yicha belgilanadi. Paxta tolasining shtapel massa uzunligi, chiziqli zichligi, pishib yetilganligi va solishtirma uzilish kuchi ko‘rsatkichlarini tekshirish uchun namuna nuqtadan olingan namunalaming ikki tarafidan, hammasi bo‘lib, umumiy massasi 4-5 g bo‘lgan 16-20 tutam paxta tolasi olinadi.
Olingan qismdan nuqsonlar va iflos aralashmalar olib tashlanadi va uni to‘rtta bo‘lakka bo‘linadi. Namuna piltasini tayyorlash uchun har bir bo‘lak ketma-ket PPL asbobidan o‘tkazilib, tortib tekislanadi.
Birinchi, ikkinchi nav paxta tolalari tortib tekislash asbobi PPL dan kamida uch marta, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi nav paxta tolalari esa kamida besh marta o‘tkaziladi. So‘ngra har bir pilta ko‘ndalang teng ikki bo‘lakka bo‘linadi. Har bir piltaning bir bo‘lagidan iborat to‘rtta bo‘lak ikkitadan ustma-ust qo‘yiladi va tortib tekislash asbobi PPL dan 3-5 marta o‘tkaziladi. Piltaning qolgan bo‘laklari tashlab yuboriladi. Yangi olingan ikki pilta ham yana ikkiga bo‘linadi, har bir piltaning bir bo‘lagidan iborat ikki bo‘lak ustma-ust qo‘yilib, yana tortib tekislash asbobi PPL dan 3-5 marta o‘tkaziladi. Piltaning qolgan bo‘laklari tashlab yuboriladi.
PPL asbobining tortib tekislovchi valiklar orasidagi masofa paxta tolasining uzunligiga qarab, 32-jadvalga muvofiq belgilanishi kerak. Yakuniy pilta tayyorlash uchun namuna piltasi bo‘ylab massasi 190-200 mg bo‘lgan qism ajratiladi, bu qism tolalarning chigallarini yozgan va tekislagan holda sinchiklab tekshiriladi. Qolgan iflos, tuguncha, paxta tolasi ga va kalta paxta momig‘iga ega qobiq pinset bilan tozalanadi. Shu tartibda tekshirilgan paxta tolalarining yaxshi parallellanishi maqsadida tortib tekislash asbobi PPL dan o‘tkaziladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. A.Salimov “Birlamchi tola agrotexnikasi” -Т.: “Iqtisod- Moliya”, 2010.
2. ASalimov. “Paxtaga dastlabki ishlov berish”. -Т.: “Bilim”, 2005.
3. M.Xodjiyev, A.Sahmov “Tola sifatini aniqlash”. «Turon- Iqbol». - Т., 2006.