Geometrik shaklar, ularning tarifi, xossalari
Asosiy tushunchalar tekislik, togri chiziq va nuqta bolib, ularga tarif berilmaydi, ular amaliy yollar bilan tushuntiriladi. Tekislik tinch turgan suvning sathi sifatida, togri chiziq ikkita tekislikning kesishish chizigi, nuqta esa bir tekislikdagi ikki togri chiziqning umumiy qismi sifatida tushuntiriladi. Tekislikning qalinligi yoqligi, togri chiziqning faqat uzunligi borligi va nuqtaning hech qanday olchami yoqligi keltiriladi. Geometriya kursidagi eng sodda shakllar nuqta, togri chiziq va ularning bolaklari kiradi. Bularning oziga xos xossalari mavjud bolib, unda nuqta hamda togri chiziqlarning tekislikda ozaro joylashuvi xossalari beriladi. Kesma va burchaklarni olchashni asosiy xossalari, ularning yigindisi va ayirmasi olchash asboblari aniqlash haqida malumot beriladi.
90°ga teng burchak to`g`ri burchak deb atalaadi. To`g`ri burchakdan kichik burchak o`tkir burchak deb atalaadi. 90°dan katta burchak o`tmas burchak deb ataladi.
1-ta`rif. Agar ikkita burchakning bitta tomoni umumiy, qolgan tomonlari to`ldiruvchi yarim to`g`ri chiziqlar bo`lsa, ular qo`shni burchaklar deyiladi.
1-teorema. Qo`shni burchaklarning yig`indisi 180°ga teng.
2-ta`rif. Agar ikki burchak tomonlari biri ikkinchisining to`ldiruvchi yarim to`g`ri chiziqlardan iborat bo`lsa , bu ikki burchak vertikal burchaklar deyiladi.
2- teorema. Vertikal burchaklar teng:
Dostları ilə paylaş: |