Maktabda organiladigan geometrik tushunchalar tizimi
Biz bilamizki, geometrik tushunchalar bolalarga geometrik shakllar yordamida maktabgacha bolgan davrda bogcha davrdan tanishtirila boshlanadi. Bogchada bolalar tortburchak, uchburchak, doira, kub, piramida, silindr, shar kabi shakllar va ularning ayrim elementlari bilan tanishadilar, ular yordamida har xil oyinlar tashkil qilinib, uylar, mashinalar va hokazo narsalarni yasaydilar.
Bogchada geometrik malumotlar, umuman, matematik tushunchalar oyin orqali beriladi. Shakllarning nomi ularning modelini korsatish yordamida yoki oyinchoq sifatida tanishtiriladi.Boshlangich sinfda bu tushunchalar davom ettirilib, bu shakllarning olchovlari bilan tanishtiriladi va ular ustida ayrim hisoblash ishlari olib boriladi. Bu ish asosan amaliy ishlar yordamida, yani shakllarning uzunligi, eni va balandligini olchash, ularning perimetrini topish, keyinroq yuzini hisoblash kabilardan iborat boladi. Boshlangich sinflarda qoshish, kopaytirish amallarining xossalari ham kesmalarni qoshish, kopaytirish orqali beriladi.
Sistemali geometriya kursi asosan ikki qismga bolib organiladi:Birinchi qism tekislikdagi geometrik tushuncha va shakllarga bagshlangan bolib, u Planimetriya deb ataladi. Ikkinchi qism fazoviy shakllarni organishga bagishlangan bolib, u Stereometriya deb ataladi.
Planimetriyada avval boshlangich tushunchalar (nuqta, togri chiziq, tekislik ) va ularning xossalari ifodalangan aksiomalar sistemasi beriladi. Shu bilan birga geometriya kursini qurish uchun zarur bolgan jumlalar turlari tarif, aksioma, teorema va ularni isbotlashning nima ekanligi tushuntiriladi.
Songra geometriyaning asosiy qismida keltirilgan aksiomalar yordamida boshlangch tushunchalardan kelib chiqib sistemali geometriya kursi quriladi. Uning mazmunini burchaklar, ular orasidagi munosabatlar va ularning turlari, uchburchaklar, tortburchaklar, ular orasidagi munosabatlar, ularning turlari, ularni yasash, togri burchakli uchburchaklar, ularning burchaklari va tomonlari orasidagi munosabat yordamida trigonometrik funksiyalar kiritiladi. Songra tekislikda Dekart koordinatalari kiritilib, uning yordamida kesma ortasining koordinatalari,togri chiziq tenglamasi, togri chiziqning koordinata tekisligida joylanishi,togri chiziq bilan aylananing kesishish shartlari kiritiladi.
Shakllarni almashtirish bolimida harakat tushunchasi kiritilib, uning xossalari va turlari beriladi.Harakat natijasida har qanday shakl ozida teng shaklga almashishi korsatiladi. Bunga oid parallel kochirish, simmetrik almashtirish, burish haqida malumot beriladi. Bu tushunchalar yordamida tekislikda vektor tushunshasi kiritiladi. Kopburchaklarning hosil qilinishi, ularning turlari,shakllarning yuzi va ularni hisoblash formulalari beriladi. Stereometriya bolimida stereometriya aksiomalari, togri chiziq va tekislikning parallelligi, perpendikulyarligi, Dekart koordinalar sistemasi va unda vektorlar,kopyoqlar, aylanma jismlar haqida malumotlar beriladi.
Dostları ilə paylaş: |