2.2.11. Veksillografiya (4soat) Veksillografiya va geraldikaning o’zaro bog’liqligi. Bayroqlarning paydo bo’lishi. Bayroqlarning turlari. Davlat bayroqlarining ahamiyati. Dunyo davlatlarining bayroqlari
[A1, A2, A3, A4, A5, Q3].
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talabalarning ma’ruza, seminar mashg’ulotlariga tayyorlanib kelishi va o’tilgan materiallarni mustaqil o’zlashtirishlari uchun kafedra o’qituvchilari tomonidan ma’ruza matnlari ishlab chiqilgan, har bir talabaga ushbu materiallardan foydalanish tavsiya etaladi.
Talabaning fanni mustaqil tarzda qanday o’zlashtirganligi joriy, oraliq va yakuniy nazoratda o’z aksini topadi. Shu sababli reyting tizimida mustaqil ishlarga alohida ball ajratilmaydi, ular JN, ON va YaN lar tarkibiga kiritilgan.
Mustaqil uchun fan bo’yicha jami 32 soat ajratilgan.
Ushbu soatlar taxminan quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rish – 10 soat.
kollokviumga tayyorgarlik ko’rish, mutaqil ishlar yuzasidan hisobotni tayyorlash – 12 soat.
Amaliy mashg’ulotlarda nazariy bilimlar mavzuga oid savol va topshiriqlarni bajarish orqali mustahkamlanadi. Geraldika fanini chuqur o’zlashtirish uchun talaba fanning har bir bo’limini mustaqil o’rganishi va berilgan topshiriqlarni bajarish orqali mustahkamlashi zarur.
Qoldirilgan darslarni topshirish uchun talaba dars materialini tayyorlab kelishi va o’qituvchining og’zaki suhbatidan o’tishi zarur. Qoldirilgan ON va YaN lar belgilangan tartib bo’yicha topshiriladi.
Mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi (Ma’ruza, amaliy mashg’ulot va mustaqil ishlar )
Ishchi o’quv dasturining mustaqil ta’limga oid bo’lim va mavzulari