«Geraldika» fanining 2018-2019 o’quv yili uchun mo’ljallangan s illabusi



Yüklə 297,62 Kb.
səhifə4/8
tarix07.01.2024
ölçüsü297,62 Kb.
#204840
1   2   3   4   5   6   7   8
portal.guldu.uz-Гералъдика

2.1.4. Nazariy geraldika (6 soat).
Geraldik ranglar, metallar, sirlar (finiftlar). Gerbning asosiy tarkibiy qismlari: gerb qalqoni, dubulg’a, nashlemnik, burlet, toj, mantiya, qalqon tutuvchi (shitoderjatel), shior, asos. Geraldik qalqon shakllari, qalqonning bo’linishi. Geraldik ranglar va metallar. Geraldik shakllar. Gerblardagi hayvon tasvirlari. Geraldik manbalarni tegishliligini, ishlangan joyi, saralashda geraldikaning ahamiyati. Yozma manbalarni o’rganishda gerb tasvirlariga qarab, ularning mualliflarini va boshqa ma’lumotlarni aniqlashtirishda geraldikaning ahamiyati va o’rni.
[A1, A2, A3, A4, A5, Q1, Q2, Q3, Q4].
2.1.5. Gerblarning turlari (4 soat)
Gerblarning mansubliligiga ko’ra turlari. Shaxsiy gerblar. Ritsarlarning shaxsiy gerblari. Zodagonlarning gerblari. Urug’ gerblari. Ruhoniylarning gerblari. Ayollar gerblarining o’ziga xos xususiyatlari. Davlat gerblarining paydo bo’lishi. Shahar gerblari. Korporativ gerblar – tsexlar, harbiy ordenlar, konfessiyalar, universitetlar gerblari.
[A1, A2, A3, A4, A5, Q1, Q2, Q3, Q4].
2.1.6. O’zbek davlatchiligi tarixida ramziy belgilar (4 soat)
O’rta Osiyo tarixini o’rganishda tasviriy belgilarning ahamiyati va o’rni. O’rta Osiyoda eng qadimgi ramziy belgilarning vujudga kelishi. O’rta asrlardagi ramziy belgilarning o’ziga xos xususiyatlari. Yangi davrdagi ramziy belgilar va gerblar. Mustaqil O’zbekistonning ramzlari.
[A1, A2, A3, A4, A5, Q3, Q4, Q14, Q15, Q16].
2.1.7. Bugungi kundagi dunyo gerblari (4 soat)
Gerblar – davlatchilik tarixini o’rganishda muhim manba. Davlat gerbining ahamiyati. Davlat gerbiga qo’yiladigan talablar. Bugungi kundagi dunyo davlatlarining gerblari va ularning o’ziga xos xususiyatlari.
[A1, A2, A3, A4, A5, Q1, Q2, Q3, Q4].
2.1.8. Sfragistika fani va uning tarixiy bosqichlari (4 soat)
Sfragistika fanining maqsad va vazifalari. Hujjatlarning aslini tasdiqlashda qadimgi sharqda ilk muhrlarning paydo bo’lishi. Ilk muhrlar va ularning turlari. O’rta asrlarda g’arbiy Evropa, Rossiya, Vizantiyada muhrlar, maxsus tasmalarda osiladigan va xozirgi kungacha foydalanib kelayotgan bosma muhrlar. Yangi davrning zamonaviy muhrlari. Matritsalar va muhr tasviri. Zodagonlar va amaldorlarning muhrlari. Davlat va mahkamalarning muhrlari. Qo’lyozma manbalarda muhrlar. Sfragistikaning muhrlarni o’rganish orqali, hujjatlarning aslini aniqlashdagi o’rni. Sfragistikaning fan sifatida shakllanishi. 19 asrda sfragistikaning rivojlanishi. Davlat apparatining har qanday islohotlarini xronologik turkumlash orqali qadim davlat institutlari shakllanishi va sfragistika. 19-20 asrlarda sfragistikaning yangi tushunchalari, vazifalari va manbalari. Sfragistika va onomastika. Sfragistikaning boshqa tarixiy yordamchi fanlar bilan bog’liqligi. Muhrlarning turlari va rivojlanish bosqichlari va ularni qo’llash shart-sharoitlari. Davlat va davlat organlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar va davlatning shakllanish bosqichlarida sfragistikaning ahamiyati. Xozirgi kunda sfragistika.
[A1, A2, A3, A4, A5, Q3, Q4].

Yüklə 297,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin