Germaniya tarixiy maktablarining uziga xos xususiyatlari
Taniqli ingliz iqtisodchi olim Mark Blaug XIX asrning 60-yillarida Yevropa qit'asida klassik
iqtisodiy maktabga muqobil nazariy maktablarning shakllanishini ta'minlaydigan
haqiqiy
intellektual inqiroz sezilmasdan turib, yagona tarixiy maktabgina uzining
muqobil modelini taklif
qilganini alohida ta'kidlaydi. Haqiqatan ham, tarixiy maktab nazariyotchilari
XIX asr Germaniyasi
taraqqiyotiga va ilm-fan rivojiga salmoqli hissa qushdilar. «Tarixiy usul» jozibasi keyingi avlod
iqtisodchilari tomonidan Yangi tarixiy maktabning yaratilishiga sabab buldi.