Geteroxroniya
Geteroxroniya (getero... va yun. chronos — vaqt) — hayvonlar va oʻsimliklar
naslida organlar
shakllana boshlashi vaqti va tezligining ajdodlariga nisbatan oʻzgarishi. G. organ
shakllanishining ancha erta boshlanishi va rivojlanishining tezlashuvi (akseleratsiya) yoki
organning keyinroq shakllanishi va rivojlanishining sekinlashuvi (retardatsiya) orqali namoyon
boʻlishi mumkin. G. organ funksiyasining boshlanishi boʻlganligi uchun ontogenez davridagi
muhit sharoitiga bogʻliqboʻladi. G. organizmlarning oʻzgarib turadigan sharoitga moslashuvi
sifatida turlarning tarixiy taraqqiyoti (filogenez)aa muhim ahamiyatga ega. G. terminini biol.ga
nemis biologi E. Gekkel biogenetik qonunning vaqtinchalik buzilishini ifodalash maqsadida
kiritgan. G. tur hosil boʻlishida yashash sharoiti taʼsirida hayvonlar va oʻsimliklar tuzilishini
oʻzgartiradigan asosiy jarayon sifatida qaraladi. Sut emizuvchilar tili muskullarining ancha
rivojlanishi va shu tufayli yangi tugʻilgan bolasining emish harakatlariga layoqatli boʻlishi G.ga
misol boʻla oladi.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Geterox
roniya&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Adabiyotlar
Soʻnggi tahrir 7 yillar avval CoderSIBot tomonidan amalga oshirildi
Vikipediya
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Geteroxroniya&oldid=166899
2
" dan olindi