ONTOGENEZ PSIXOLOGIYASIGA YANGICHA YONDOSHUV.
Reja:
1.1. Ontogenez psixologiyasi fanining umumiy asoslari.
1.2. Ontogenez psixologiyasi fanining rivojlanish tarixi.
1.3. Ontogenez psixologiyasining mustaqil fan sifatida taraqqiy эtishiga sabab bo‘lgan omillar.
1.4. Ontogenez psixologiyasi fanining prinsiplari.
Mavzu yuzasidan tayanch iboralar:
Ontogenez, filogenez, psixik taraqqiyot, yosh davrlari, ontogenez psixologiyasi, amaliy vazifalar, maxsus
tarmoqlar, ta’lim-tarbiya, xulq-atvor, psixologik portret,
rivojlanish, tavsifiy funksiya, tushuntirish funksiyasi,
predikativ funksiya, korreksion funksiya.
1.1. Ontogenez psixologiyasi fanining umumiy asoslari.
Inson tug‘ilishining ilk kunlaridanoq tashqi muhitdan: odamlardan, narsalardan, voqealardan va hayotiy
vaziyatlardan keladigan katta hajmdagi axborotlarni qamrab olish jarayoni ma’lumotlarni
sekin astalik bilan
o‘zlashtirishdan boshlanadi. Inson jismoniy rivojlana boshlashi bilan bir qatorda uning psixikasi va shaxsi ham
shakllanadi. Vaholangki bu shaxs qanday qilib kamol topadi degan savolga to‘g‘ri javob berish ancha mushkil
ish. Ammo inson taraqqiyoti nima эkanligini anglay boshlasangiz, bu murakkab jarayonning o‘z qonuniyatlari
borligiga guvoh bo‘lasiz va shu sababli psixologiyadagi эng muhim tarmoqlaridan birini ontogenez psixologiyasi
deb atash mumkin.
Ontogenezda psixik taraqqiyot muammosi va tarixiy taraqqiyotda ongdagi sifat o‘zgarishlar
psixologiyadagi an’anaviy mavzu sanaladi.
Barcha psixologlar uchun umumiy bo‘lgan holat ontogenezda psixika, ong, shaxsning shakllanishini
jamiyat tomonidan faol, maqsadli ta’sirlanish sharoitida ro‘y beradigan ijtimoiy jarayonlar sifatida tushunishdir.
Ontogenez - (yunoncha,. ontos-mavjud, jon, zot; genezis- tug‘ilishi,
kelib chiqish, paydo bo‘lish) -
individning paydo bo‘lishidan, umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonidir.
Ontogenez psixologiyasi - inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari hamda shu
taraqqiyotning bosqichlari to‘g‘risidagi fandir.
Ontogenez psixologiyasi fanining mavzu bahsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o‘quvchilar, kattalar,
эrkaklar, ayollarning) (ontogenezda) tug‘ilganidan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini,
shaxsning shakllanishi hamda o‘zaro munosabati qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Ontogenez
psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol va hokazolar) rivojlanishining
o‘ziga
xos xususiyatlarini, uning har xil faoliyatini (o‘yin, o‘qish, mehnat kabilar), эr va ayolning jinsiy
tafovutlarini, shuningdek, inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqik qiladi. Inson psixikasining
rivojlanish davrlarini aniqlash, shu sohadagi ma’lumotlarni to‘plash ham mazkur psixologiyaning mavzu bahsiga
kiradi. Bolaning tug‘ilishidan to voyaga yetgunicha har
tomonlama rivojlanishi, jamiyatning teng huquqli a’zosi
bo‘lgunicha ulg‘ayishi va shaxsining tarkib topishi muammolarini, bularning psixologik mexanizmlarini aniqlash
va sharhlash ontogenez psixologiyasi sohasining muhim jihatidir. Bola jamiyatning a’zosi, mukammal shaxs
sifatida muayyan ijtimoiy muhitda kamol topar эkan, uning butun bilish jarayonlari, o‘ziga
xos xususiyatlari va
ruhiy holatlari, ongi rivojlanadi. Ana
shu rivojlanish natijasida uning
psixikasi, ongi go‘dakning dastlabki oddiy
aks
эttirish (in’ikos) tarzidagi sodda ongidai balog‘atga yetgan insonlarga xos tevarak-atrofni, borliqni, odamlarni
aniq, yaqqol, to‘la va
anglab aks эttirish darajasigacha taraqqiy эtadi. Inson zotining turli jihatlarini o‘rganish
bilan bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, gigiena, pedagogika, эtnografiya kabi
fanlar shug‘ullangani kabi uning kamol topishidagi qonuniyatlarni, sub’ekt psixikasini,
ongining mantiqiy
mexanizmlarini, umuman, odam zotining tug‘ilganidan to voyaga yetgunicha psixik rivojlanishini psixologiya
fanlari sistemasining alohida sohasi - bolalar psixologiyasi fani o‘rganadi va tadqiq qiladi (qarang Э.G‘oziev)
1
.
Bolaning psixik rivojlanishini kuzatgan psixologlar (L.S. Vigotskiy, P.P. Blonskiy, A. Vallon, J. Piaje va
boshqalar)ning aniqlashicha, mazkur kamol topishning o‘ziga xos xususiyatlarga asoslangan (senzitiv - qulay)
davrlari mavjud bo‘lib, ular individning o‘zi yashab turgan muhitda (oila, bog‘cha, maktab va xok) tutgan o‘rni,
bilish jarayonlari, o‘ziga xos xususiyatlari, holatlari, shaxsi va ongining o‘sishi darajasi bilan bevosita bog‘liqdir.
Tadqiqotchilarning uqtirishiga ko‘ra, tabiat va jamiyatning qonunlari singari
kamol topayotgan bola
shaxsi rivojlanishining ham o‘z qonunlari bor. Bu qonunlar psixologiya fanining maxsus tarmog‘i - bolalar
psixologiyasining predmetiga kiradi
. Ontogenez psixologiyasi sohasi inson psixikasini faqat miqdor jihatdan
эmas, balki sifat
jihatdan ham rivojlanishi, takomillashib borishi va o‘zgarishi haqidagi metodologik hamda
fenomenologik qoidaga amal qiladi. Umumiy psixologiya psixika va uning zohir bo‘lishi, rivojlanish