qonuniyatlari haqidagi fan bo‘lsa, ontogenez psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning (jinslarning)
psixik
taraqqiyoti, psixik xususiyatlari va bularning o‘ziga xos omillari, mezonlari hamda mexanizmlari haqidagi fandir.
Shuningdek, u muayyan yoshdagi insonlarning faqat o‘ziga xos xususiyatlarini ham o‘rganadi. Shuning uchun
ijtimoiy hayotda, ta’lim va tarbiyada, guruhlar hamda jamoalarda, ishlab chiqarishda, oilaviy munosabatlarda
ontogenez
psixologiyasi alohida o‘rin tutadi. Inson shaxsining tarkib topishi va bilish jarayonlarining rivojlanishi
muammosini shaxs psixikasining taraqqiyoti qonunlarini hisobga olmay oqilona hal qilib bo‘lmaydi. Shuning
uchun XXI asrga kelib “inson omili” masalasi dolzarb mavzuga aylandi.
Ontogenez psixologiyasining o‘rganish
predmeti o‘ziga xos yosh davrlari, bir davrdan keyingi davrga
o‘tish sabablari va ularning mexanizmlari, tendensiyalari,
bosqichlari, shuningdek, umumiy inson taraqqiyoti
jarayonida psixik rivojlanish jarayoni hisoblanadi. Bunga insonlarning individual va yosh xususiyatlari, psixik
jarayonlar va turli faoliyat turlarining rivojlanishi hattoki shaxs sifatlarining shakllanishini ham kiritish mumkin.
Ontogenez psixologiyasi fanining maqsadi - inson psixikasining
yosh jihatdan taraqqiyoti, psixik
jarayonlar hamda inson shaxsi xislatlarining ontogenezini o‘rganishdan iborat. Shuningdek shaxsning kamol
topishi qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik holat,
faoliyat va shart-
sharoitlarning o‘zaro ta’siri xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Qisqacha qilib aytganda turli yosh davrlari
psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishini hamda psixologik xususiyatlarini o‘rganadi.
Ontogenez psixologiyasi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
* Psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini hamda bosqichlarini tahlil эtish.
* Bir bosqichdan ikkinchisiga o‘tish sabablarini aniqlash.
* Yosh davrlarini tasniflash.
* Har bir davrning psixologik portretini yaratish.
* Rivojlanishning yetakchi omillarini o‘rganish.
Ushbu vazifalar bilan bog‘liq holda ontogenez psixologiyasining quyidagi funksiyalarini ajratish mumkin:
Tavsifiy funksiya-inson taraqqiyotining o‘ziga xos yosh davrlaridagi xususiyatlarini tashqi ko‘rinishlari
va ichki kechinmalari nuqtai nazaridan ta’riflaydi.
Tushuntirish funksiyasi-inson xulq-atvoridagi o‘zgarishlarning sabablari, omillari va shart-sharoitlarini,
shuningdek, ularning turli yosh davrlaridagi tajribalarini tushuntiradi va tushuntirishga yordam beradi.
Predikativ funksiya-har bir yosh bosqichida insonning xulq-atvori va tajribalaridagi muayyan
o‘zgarishlarni bashorat qiladi.
Korreksion funksiya-inson rivojlanishini boshqarish uchun optimal sharoit yaratadi.
Ontogenez psixologiyasi ana shu vazifalarni hal эtish bilan amaliy maqsadlarni ro‘yobga chiqaradi:
ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga yordam beradi, moddiy ne’matlar
ishlab chiqarishning
samaradorligini oshirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga, shaxslararo muloqotni to‘g‘ri
yo‘naltirishga, jamoada ijobiy psixologik muhit yaratishga, uzoq umr ko‘rish
sirlarini ochishga, oilaviy
munosabatlarni mustahkamlashga, ajralishlarning oldini olishga xizmat qiladi. Modomiki shunday эkan,
kamolotning turli davrlarini insonning yosh va jinsiy xususiyatlarini hisobga olmay turib,
yuqoridagi vazifalarni
hal qilib bo‘lmaydi.
Ontogenez psixologiyasi psixika va xulq-atvorda bir yosh davridan ikkinchisiga o‘tishda yuzaga
keladigan miqdoriy hamda sifatiy o‘zgarishlarni o‘rganadi. Odatda bu o‘zgarishlar hayotning muayyan
bosqichlarini, perinatal davrdan to bir qancha yillarni (keksalik davrigacha) qamrab oladi. Ushbu o‘zgarishlar
“doimiy ta’sir эtib turuvchi” omillar - biologik yetilish hamda inson organizmining psixofiziologik holati, uning
insonga xos bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar tizimida tutgan o‘rni, intellektual hamda shaxs rivojlanishida ularning
эrishgan darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Rivojlanish belgilaridan biri bo‘lgan yana bir turdagi o‘zgarishlar aniq bir ijtimoiy vaziyatning ta’siri bilan
bog‘liq bo‘lib, ularni situatsion (ya’ni vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan) o‘zgarishlar deb atash mumkin.
Bunday
o‘zgarishlar inson xulq- atvori va psixikasida tashkil эtilgan yoki maxsus tashkil эtilmagan ta’lim-tarbiya ta’sirida
vujudga keladi
2
. Z.Nishonova)
Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, ontogenez psixologiyasi har bir rivojlanish
bosqichining (ulg‘ayish) psixologik mazmunini va ularning dinamikasini ochib beradi. Bundan tashqari, har
qanday o‘zgarishlar dinamikasi va inson psixikasining rivojlanishiga ta’sir эtuvchi omillarni hisobga olgan holda
ko‘rib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: