Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondoshuv. Reja



Yüklə 278,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix03.05.2023
ölçüsü278,93 Kb.
#106958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
BAHRONOV SHAHZOD

4. Nemis olimi V. Shtern tomonidan 1915 yilda yozilgan “Olti yoshgacha bo‘lgan davr psixologiyasi”. 
V. Shternning bolalar psixologiyasi sohasidagi tadqiqotlari tahlili natijasida uning XIX asr oxiri-XX asr 
boshlaridagi ilk va yetakchi psixologlardan biri эkanligiga guvoh bo‘ldik. U tug‘ilgandan olti yilgacha bola 
rivojlanishi muammolarini jiddiy o‘rgangan. Bola rivojlanishining to‘liq nazariyasini taklif qilib, bola 
rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, omillarini tahlil qilib ushbu holatlar orqali bola shaxsining ruhiy 
jarayonlari va rivojlanishini tug‘ilgandan olti yilgacha o‘rganib chiqdi. Shtern bu yoshdagi bolalar uchun tadqiqot 
usullarining metodologiyasi va o‘ziga xos xususiyatlarini puxta va har tomonlama ko‘rib chiqdi va tadqiqotning 
ishonchliligi uchun barcha zarur sharoitlarni maksimal darajada oshirishga intildi. V. Shternning maktabgacha 
yoshdagi bolalar psixik jarayonlarining rivojlanish qoliplarini tadqiq qilishi zamonaviy bolalar psixologiyasining 
asoslarini yaratdi. 
Shtern bola rivojlanishining эng muhim modellarini: impermanensiya (beqaror), bolaning notekis 
rivojlanishi, rivojlanish davrlarining sezgirligi, spontanlik va boshqalarni aniqlagan. Bu qonuniyatlar ontogenez 
psixologiyasi uchun doimiy ahamiyat kasb эtadi. V. Shtern bola rivojlanishini bolaning yetakchi faoliyat turiga 
asoslangan davrlashtirish masalasiga ham to‘xtalgan. 
V. Shtern maktabgacha yoshdagi bolalarning xotirasi, idroki, nutqi, tafakkuri, hissiy-irodaviy sohasini 
o‘rganishga salmoqli hissa qo‘shgan bo‘lib, u bu jarayonlarni shartli ravishda shaxsiy pozitsiyasidan kelib ko‘rib 
chiqqan. 
V. Shtern ilk bolalak va maktabgacha yoshdagi bolalarda sensorli ta’limni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishning 
ahamiyatini hamda tabiatga bolalarning ijobiy munosabatlarini o‘yg‘otish mumkinligini aniqlash uchun ruxsat 
maktabgacha yoshdagi bolalar idroki tekshirilganda, real voqeylikni ifoda эtuvchi tasvir bolalar idrokining 


rivojlantirishda madaniy-tarixiy omil rolini o‘tashini alohida ta’kidlab o‘tgan. Har qanday o‘quv jarayonida jonli 
tabiat rasmlarining xususiyatlarini alohida ta’kidlab, maktab ta’limida asosan zamonaviy usullar tanlab olinishi 
shart эkanligiga alohida urg‘u berib o‘tadi. 

Yüklə 278,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin