Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondoshuv. Reja


Ontogenez psixologiyasi fanining rivojlanish tarixi



Yüklə 278,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix03.05.2023
ölçüsü278,93 Kb.
#106958
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
BAHRONOV SHAHZOD

1.2. Ontogenez psixologiyasi fanining rivojlanish tarixi. 
"Ontogenez" atamasi ilk bor 1866 yil nemis olimi Эrnst Genrix Gekkel tomonidan filogenizdan farqli 
o‘laroq - turning эvolyusion rivojlanishi bilan tanishtirildi. 
XIX asrning II yarmida эksperimaental psixologiyasining rivojlanishi bilan bola psixikasining ayrim 
2
 
З.Нишонова
 


jihatlarini (diqqat, xotira, tafakkur, nutq, iroda) o‘rganila boshladi. 
Shuningdek, chet эl psixologlari ham ayrim psixik jarayonlar bo‘yicha ilmiy tekshirishlar olib bordilar. 
Jumladan, bolalarning idroki bo‘yicha Verner, Kans, xotira bo‘yicha Э, Meyman, V. Shtern, tafakkur bo‘yicha 
Bine, Byuller, nutq-muloqot bo‘yicha Э.Bern, Mak-Karti va boshqalar ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari amalga 
oshirdilar. 
Shuningdek fan taraqqiyotiga o‘zining salmoqli xissasini qo‘shgan olimlardan biri P.P.Blonskiydir (1884-
1941). U o‘zining “Psixologiya ocherki” “Xotira va tafakkur” “Maktab o‘quvchilarining tafakkurini rivojlanishi” 
kabi asarlarida psixologik hodisalarni tushuntirib bermagan bo‘lsa ham, ammo ularni shakllanishiga pedagogik 
jihatdan yo‘l topib berdi. U bilim, ko‘nikma va malakalarning shakllanishi, kichik, o‘rta va katta maktab 
o‘quvchilarining assotsiatsiyalar doirasi, bolalar tafakkurida tushunchalarning paydo bo‘lishi, xotira va 
tafakkurlarni o‘quv faoliyatida rivojlanishi masalalarini ishlab chiqdi. 
Bola psixikasini o‘rganishda oliy nerv faoliyatini bilish ahamiyatli эdi. Shunga binoan 1920 yili Sank-
Peterburgda psixiatr va nevrolog V.M. Bexterov (1857-1927) boshchiligida “Miya” instituti tashkil qilindi. Unda 
bolalarni tug‘ilgan kunidan boshlab 3 yilgacha bo‘lgan vaqt mobaynida miya tuzilishidagi o‘zgarishlar o‘rganildi. 
Olingan ma’lumotlar psixologlar tomonidan bolaning psixik taraqqiyotini o‘rganishga tadbiq qilindi. 
1980 yillardan boshlab psixologiyaning nazariy rivojlanishini tarixiy - madaniy jihatini, uning (ildizini) 
asosini, ya’ni bolani dunyoga kelishi, uning biologik tipning oxiri эkanligini, sifat o‘zgarishlari jihatidan эsa 
ijtimoiylikka aylanishini yoritib berdilar. L.S.Vigotskiy bolaning psixik rivojlanishida tashqi-muhitning rolini va 
bolani muhit bilan эffektiv munosabatini, ta’lim bilan rivojlanishining o‘zaro munosabatlari, murakkab psixik 
funksiyalar ta’lim jarayonida shakllanishini, aktual taraqqiyot bosqichida mustaqil faoliyatni yaqin taraqqiyot 
bosqichi asosida bo‘linishini, psixik taraqqiyot qarama-qarshilik, ziddiyatlaridan iborat эkanligini ko‘rsatib 
berdilar. U kishilar o‘zining psixologik faoliyatida mehnatdan foydalanishi, turli belgilar orqali narsalarning 
nomlarini anglab olishi, belgilar bilan nomlar, atamalar orasidagi munosabatlarni paydo bo‘lishi yuksak psixik 
funksiyalarni rivojlanishiga olib keladi, deb ko‘rsatadi. Uningcha “Har qanday yuksak psixik funksiyalar o‘zini 
rivojlanishida tashqi ta’sirlar orqali rivojlanadi, chunki u ijtimoiy funksiyani boshlang‘ich ko‘rinishidir”. 
Vigotskiy buni bola nutqining rivojlanishida asosiy mexanizmdir deydi. Demak, oliy psixik funksiyalar insonning 
ijtimoiy munosabatlarida paydo bo‘lishini yoritib beradi. 
Psixik rivojlanishda ong va faoliyatning birligi muammosi S.L.Rubinshteyn tomonidan, psixik 
taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuch va sabablar, bolalarning yetakchi faoliyatlari va ularni taraqqiyotga ta’siri 
A.N.Leontevning ilmiy tekshirishlarida o‘z aksini topdi. 
XX asrning o‘rtalariga kelib mazkur soha dunyo miqyosida keng tarmoqlarda rivojlandi. Hozirgi kunda 
psixik taraqqiyot muammolari chet эllik psixologlar va jumladan O‘zbekiston psixolog olimlari tomonidan ham 
ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Odam psixikasining ontogenezida biologik va ijtimoiy sharoitning roli 
(A.N. Leontev), ta’lim tarbiya va rivojlanishning o‘zaro munosabati (D.N. Bogayavlenskiy, L.V. Zankov, N.A. 
Menchinskaya), tashqi (materiya) va ichki (aqliy) ta’sirlarning o‘zaro munosabati, bola faoliyatining mazmuni 
va uning shakllanishi (A.V.Zaporojes, A.N.Menchinskaya); bola idrokiga faoliyat sharoitining ta’siri (B.G. 
Ananev, A.V. Zaporojes, A.N. Leontev, A.R Luriya, D.B. Эlkonin, V.V. Davidov); эsda saqlash jarayonlari (L.V. 
Zankov, A.A. Smirnov, P.I. Zinchenko) tekshirila boshlandi va ko‘plab ilmiy - uslubiy maqolalar chop эtildi. 
Bolalar faoliyati turlariga xos xususiyatlar (o‘yin - D.B. Эlkonin, Slavina, o‘qish - B.G. Ananev, A.N. 
Leontev, L.I. Bojovich, mehnat - A.A. Smirnov, Guryanov va uning bolani psixologik tomondan rivojlanishiga 
ta’siri, qobiliyatlarning rivojlanishi (N.S. Leytes) o‘ziga ongli munosabatda bo‘lish (B.G. Ananev) masalalari 
atroflicha o‘rganildi. 
G‘arbiy Yevropa va AQShda shaxsning individual xususiyatlari va psixik jarayonlarning shakllanishiga 
yo‘nalgan ilmiy izlanishlar davom эtmoqda. Jumladan, ontogenez psixologiyasining rivojlanishida 
Shveysariyalik psixolog J.Piajening roli kattadir. U bolalarning aqliy tomondan rivojlanishi, ko‘nikma va 
malakalarni ta’lim jarayonidagi roli masalasini, amerkalik psixolog Dj.Bruner, Anno Frakl bolalarda 
tafakkurning rivojlanishi, Fransiyada A.Vallon, R.Zazzo, Angliyada B.Saymon, O.Konnor va boshqalar 
bolalarning psixik taraqqiyotini ilmiy jihatdan asoslab berishga harakat qildilar. 
Hozirgi kunda bizda ham ko‘pchilik olimlar bolaning psixik taraqqiyoti muammolarini, unga ta’sir 
эtuvchi faktorlarni, ta’lim jarayonini faollashtirish, qobiliyatlarini shakllantirish muammolarini nazariy jihatdan 
ishlab chiqdilar. Jumladan, P.I.Ivanov psixologiya fanining umumiy maslalari, ta’limning psixologik asoslari, 
turli yosh davrlarda psixik jarayon va xususiyatlarnining rivojlanishi muammolarini (“Umumiy psixologiya”, 
“Ta’limning psixologik asoslari”), M.G.Davletshin o‘quvchilarda texnik qiziqishlar, qobiliyatlarini shakllanishi, 
yoshlar mehnat ta’limi va kasbga yo‘naltirish, kadrlar tayyorlash samaradorligi oshirish yosh va pedagogik 
psixologiya, qobiliyat psixologiyasiga oid “Qobiliyatlarni rivojlanishi”, “Texnik qiziqishlar”, “Qiziqish va 
ta’lim”, Э.G‘oziev ta’lim jarayonida o‘quvchilar tafakkurining rivojlanishi, ularning aqliy taraqqiyoti, o‘quv 


faoliyatini boshqarish, komil inson tarbiyasining psixologik muammolariga oid, R.I.Sunnatova bolalarning aqliy 
faoliyat muammosiga oid B.R. Qodirov yoshlarning individual xususiyatlari, ularning faoliyatga yo‘nalishlari, 
layoqat va birlamchi qobiliyatlarning shakllanishi, iqtidorli o‘quvchilarning xususiyatlarini, kasb tanlashga oid 
ko‘plab ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar, shuningdek, M.Vohidov “Bolalar psixologiyasi”, Э.G‘oziev “Ontogenez 
psixologiyasi”, “Tafakkur psixologiyasi”, “Xotira psixologiyasi”, “Shaxs psixologiyasi”, B.Qodirov “Qobiliyat 
va iqtidor”, G‘.Shoumarov “Oila psixologiyasi” Z.Nishonova “Rivojlanish psixologiyasi” va boshqa shu kabi 
ko‘plab darslik va qo‘llanmalar yaratdilar. 
Ontogenez organizmning individual rivojlanishi, u kelib chiqqan paytdan to umrining oxirigacha davom 
эtadigan ketma-ket morfologik, fiziologik va biokimyoviy o‘zgarishlar majmuidir. Mazkur psixologiya fanining 
sohasi alohida predmet sifatida XIX asrning boshlarida vujudga kelgan, lekin dastlabki ildizi qadimgi yunon 
madaniyatiga borib taqaladi. Uning predmeti va qonuniyatlari to‘g‘risida jahon psixologiyasi olamida turli 
qarashlar nazariyalar mavjud. Ularning juda keng tarqalganlari biogenetik (V. Shtern), sotsiogenetik (K. Levin), 
bixevioristik (Э. Torndayk), psixoanalitik (Z. Freyd) nazariyalaridir. Shuningdek, ilmiy metodlarga asoslanib 
tadqiqotlar olib borgan olimlar ham juda ko‘p. Ular to‘g‘risida keyingi sahifalarda batafsil to‘xtalgan. 
Darvoqe yosh avlodning ta’lim va tarbiya bilan bog‘liq psixologik muammolari yirik olimlar, faylasuf va 
yozuvchilarini ham muntazam jalb эtib kelgan. Dastlabki pedagogik-psixologik mazmundagi asarlar XVII-XVIII 
asrlar diniy axloqiy ta’limotlar zamirida yoritilgandir. Rossiyada psixologik tadqiqot namunalari Sharq va g‘arb 
madaniyati ta’sirida inson ruhiyati bilan bog‘lik turli asarlarda shakllanib kelgan. V.N.Tatishev, A.N.Radishev, 
N.I.Novikov va boshqalarning asarlaridagi dastlabki qarashlari ham psixik taraqqiyotniig o‘ziga xos 
xususiyatlari, psixik rivojlanishdagi tafovutlar bilan yo‘g‘rilgandir. Rus tarixchisi V.N.Tatishevning “Fanlar va 
bilim yurtlarining foydasi to‘g‘risida suhbat” kitobida fanlarning tasnifi, bilimlarning ahamiyati, til va nutqning 
mavqei, yosh davrlarining xususiyatlari bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan. A.N.Radishev birinchilar qatori bola psixik 
taraqqiyotini tabiiy-ilmiy yo‘sinda asoslab berishga urindi. Uning “Peterburgdan Moskvaga sayohat” kitobi bu 
borada pedagogik-psixologik asarlar sirasidan munosib o‘rin эgallaydi. Yozuvchining fikricha, inson tashqi 
muhit haqidagi taassurotlarini sezgilar orqali idrok эtadi, shu yo‘sinda uning tafakkuri, ulg‘ayib shakllanadi. N.I. 
Novikov bashariyat farovonligini ko‘zlab, yoshlar va bolalar o‘rtasida foydali bilimlarni keng targ‘ibot эtish 
uchun ularni o‘ziga xos yo‘sinda tarbiyalamoq zarur deb aytadi. Uning asarlarida insonning kamoloti uchun 
tafakkur, xotira, axloq, his-tuyg‘u va taqlidchanlik alohida ahamiyatga эga эkanligi ta’kidlanadi. 
Rossiyada N.F.Kapterev, N.A.Sikorskiy, AP.Nechaev, A.F.Lazurskiy, P.F.Lesgaft, I.M.Sechenov, 
I.P.Pavlov, P.P.Blonskiy singari olimlar bu borada o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar. Ta’kidlash joizki, 
ayniqsa, L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, AR.Luriya, A.N Leontev, M.Ya.Basovlar tomonidan yaratilgan yangi 
ilmiy nazariyalar, chunonchi, psixikaning madaniy-tarixiy rivojlanish va taraqqiyotning o‘zaro munosabat 
nazariyasi, psixik taraqqiyotda faoliyatning mavqei singari ilmiy-nazariy qarashlari hozirgi kun ontogenez 
psixologiyasi fanining tayanch tushunchalaridandir. O‘tgan asrning o‘rtalarida vujudga kelgan turli nazariyalar 
va qarashlar (D.N.Bogoyavlenskiy, N.A.Menchinskaya, P.Ya.Galperin, Z.I.Kalmikova, N.F.Talizina, 
D.B.Эlkonin V.V.Davidov, L.V.Zankov, L.N.Landa, A.A.Lyublinskaya, N.V.Kuzmina va boshqalar) nafaqat 
pedagogik tajribani, balki psixologiya fanining bu tarmog‘ini ilmiy-amaliy boyitishga asos bo‘ldi. Ayniqsa, 
so‘nggi yillarda o‘quv materialini o‘zlashtirishning mexanizmlari (S.L.Rubinshteyn, N.Kabanova-Meller, 
L.B.Itelson); xotira haqida (P.I.Zinchenko, A.A.Smirnov, V.Ya.Lyaudis); tafakkur (N.F.Shemyakin, 
A.M.Matyushkin); idrok (Yu.B.Gippenreyter); bolalarda nutqning rivojlanishi (M.I.Lisina, A.A.Venger); 
shaxsning rivojlanishi (B.G.Ananev, L.I.Bojovich, V.S.Muxina); muloqot va nutq(V.A.Artemov, A.A.Leontev, 
V.A.Kan-Kalik); psixik rivojlanishning davrlari (P.P.Blonskiy, A.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, D.B.Эlkonin, 
B.G.Ananev, A.V.Petrovskiy); o‘quvchilariing aqliy faoliyati va iste’dod muammolari (A.ABodalev, N.S.Leytes, 
N.D.Levitov, V.A.Kruteskiy) ga bag‘ishlangan qator ilmiy tadqiqotlar bu fanning yanada rivojlanishiga 
o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqda. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida g‘arbiy Yevropa 
mamlakatlari va AQShda inson psixologik xususiyatlari bilan bog‘liq tajribalarga asoslangan ilmiy nazariya va 
yo‘nalishlar vujudga keldi. Odam psixik tabiatini turlicha talqin qilinishiga qaramay, bu nazariyalar ma’lum 
darajada ontogenez psixologiyasi psixologiyaning rivojlanishiga turtki bo‘ldilar. Bu borada Э.Meyerman, S.Xoll, 
K.Byuler, Э.Klapared, Э.Dyurkgeym, P.Jane, J.Piaje, A,Vallon, Dj.Bruner va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarini 
э’tirof эtish mumkin. Olmon psixologi Э.Meyerman bolaning maktab davrida uning ruhi va tanasida kechayottan 
o‘zgarishlarni to‘liq bilmay turib, unga buyruq yoki tazyiq o‘tkazib bo‘lmaydi, deb ta’kidlaydi. Amerikalik 
psixolog S.Xoll har qanday bola o‘zining individual taraqqiyotida filogenezni ontogenezda takrorlaydi, shu bois 
bolalarga ibtidoiy instinktlarni og‘riqsiz, yengil kechishi uchun qulay imkoniyatlar yaratib berish zarur deb 
aytadi. S.Xoll o‘z tajribalari asosida boy ashyoviy dalillar to‘plab, bola haqida psixologik, fiziologik hamda 
pedagogik bilimlarning kompleks dasturini yaratish g‘oyasini olg‘a suradi. 
Filogenez – (yunoncha, phyle- qabila, genesis- kelib chikish, paydo bo‘lish)- muayyan tirik mavjudot 


turining yerda hayot boshlanganidan keyingi эvolyusion taraqqiyot jarayonidir. 
Shveysariyalik psixolog Э.Klapared “Bola psixologiyasi va эksperimental pedagogika” asarida qizikish, 
motiv, эhtiyojlarning metodologik asoslari, bolalar tafakkurining xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlari, 
o‘xshashlik va tafovutning bola ongida sodir эtilishi to‘g‘risida mulohaza yuritadi. Fransuz psixologi 
Э.Dyurkgeym, ulg‘ayish - kishilarning his-tuygularni o‘zlashtirishi эkanligini, shu bois, idrok qilingan 
tasavvurlar bolaning ruhiy faoliyatini ifodalashini, bolaning tajriba, an’ana, urf-odatlarni taqlid orqali эgallashini, 
biologiyada irsiyat qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, taqlid ham jamiyatda shunday o‘rin tutishini uqtiradi. Yana bir 
fransuz psixologi P.Janening fikriga ko‘ra, inson psixikasi ijtimoiy munosabatlarga bog‘liq, zotan jamiyat va 
tabiat o‘rtasidaga turli aloqalar tizimining shakllanishi, insonning ulg‘ayishini belgilaydi. U aloqa sifatida hatti-
harakatni tushunadi, bu эsa kishining atrof-muhitga shaxsiy munosabatidan boshqa narsa эmas, albatta. 
P.Janening ta’kidlashicha, эng qimmatli, ahamiyatli, ijtimoiy harakat hamkorligidagi faoliyatda o‘z ifodasini 
topadi, shaxslararo tashqi munosabatlar rivojlanishning muhim tamoyili hisoblanadi. Amerikalik psixolog 
Dj.Bruner shaxsning tarkib topishi bilan ta’lim o‘rtasida o‘zaro aloqa mavjudligini ta’kidlab, insonning kamolot 
sari intilishi bilim olish samaradorligini oshirsa, o‘qitishning takomillashuvi uning ijtimoiylashuvini 
jadallashtiradi, deb uqtiradi. Shuningdek, J. Piaje, Э.Torndayk, Dj.Uotson, F.Galton, A.Bine, A.Anastazi, 
T.Simonlar ham bola psixik taraqqiyotida ta’limning mavqeini, ularning aqliy xususiyatlarini, dasturli ta’lim, 
ko‘nikma va malakalarning ahamiyatini, mashqlarning o‘rnini ilmiy-amaliy asoslab berishda muhim o‘rin 
эgallaydilar. Bu ta’limotlar hozirgi kunda ham o‘zining ahamiyatini saqlab qolmoqda
3


Yüklə 278,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin