Gey-Lyussakning hajmiy nisbatlar qonuni


Normal sharoitda 1 l azotning va 1 l ammiakning massasini (g) toping. A) 1,25; 0,76 B)1,25; 1,78 C) 2,25; 2,778 D) 1; 1 44



Yüklə 63,67 Kb.
səhifə5/10
tarix14.03.2023
ölçüsü63,67 Kb.
#87814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Gaz qonunlari

43. Normal sharoitda 1 l azotning va 1 l ammiakning massasini (g) toping.
A) 1,25; 0,76 B)1,25; 1,78

C) 2,25; 2,778 D) 1; 1


44. Hajmlari teng bo‘lgan vodorod, azot va uglerod (IV) oksid aralashmasining o‘rtacha nisbiy molekulyar massasini aniqlang.
A) 20,2 B) 22,4 C) 24,7 D) 26,5


45. Tarozining chap pallasiga xlor to‘ldirilgan hajmi 1 l li idish qo‘yilgan, o‘ng pallaga xuddi shunday idishga vodorod to‘ldirib qo‘yilgan. Tarozini muvozanatga keltirish uchun qaysi pallaga qancha tosh qo‘yish kerak?
A) o‘ng pallaga 3,08 g
B) chap pallaga 3,08
C) hech qaysi pallaga tosh qo‘yish kerak emas
D) o‘ng palllaga 1,54 g


46. 10 % vodorod, 10 % kislorod va azotdan iborat 40 l gazlar aralashmasi portlatildi. Portlashdan keyingi oddiy moddalar aralashmasining hajmi (l) (n.sh. da) va tarkibini (%) aniqlang.
A) 34; 94,1-N2; 5.9-O2;
B) 36; 94,4-N2; 5,6-O2;
C) 38; 84,0-N2; 16,0-O2;
D) 37; 93,4-N2; 6,6-O2;


47. 14 litr vodorod va uglerod (II) oksid aralashmasini yondirish uchun qancha hajm (l) (n.sh. da) kislorod reaksiyaga kirishadi?
A) 7 B) 9 C) 14 D) 21 E) 28


48. Massasi 5,5 gr bo‘lgan gazning havoga nisbatan zichligi 1,52 bo‘lsa, uning hajmini toping.
A) 4,0 B) 4,5 C) 5,5 D) 2,8


49. Oltingugurt bug‘ining havoga nisbatan zichligi 8,83 ga teng. Oltingugurt molekulasi nechta atomdan iborat?
A) 1 B) 2 C) 4 D) 8


50. Teng hajmdagi geliy bilan kislorod aralashmasining havoga nisbatan zichligini toping.
A) 0,31 B) 0,62 C) 0,93 D) 1,24


51. Azot va kislorod aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 15,5 ga teng. shu aralashmadagi moddalarning massa ulushlarini aniqlang.
A) 0,60 N2 va 0,40 O2 B) 0,50 N2 va 0,50 O2
C) 0,25 N2 va 0,75 O2 D) 0,75 N2 va 0,25 O2


52. Hajmiy ulushlari teng bo‘lgan azot, karbonat angidrid gazlari aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi nechaga teng?
A) 14 B) 16 C) 18 D) 20


53. Vodorodga nisbatan zichligi 7 bo‘lgan vodorod – kislorod aralashmasida vodorodning hajmiy ulushi necha foizga teng?
A) 60 B) 50 C) 40 D) 30


54. Hajm bo‘yicha 50 % azot va 50 % kisloroddan tashkil topgan gazlar aralashmasining vodorodga nisvatan zichligini aniqlang.
A) 14 B) 14,5 C) 15 D) 15,5



Yüklə 63,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin