55. Vodorod yodidning vodorod xloridga nisbatan zichligi necha marta katta?
A) 2,5 B) 2,7 C) 3 D) 3,5
56.Elementning vodorodli uchuvchan birikmasining xlorga nisbatan zichligi 0,45 ga teng. shu elementni aniqlang.
A) azot B) kislorod C) fosfor D) oltingugurt
57. Oltinchi guruh elementi oltingugurt ftor bilan hosil qilgan birikmasida o‘zining eng yuqori valentligini namoyon qiladi. shu gazning vodorodga nisbatan zichligi qanday bo‘ladi?
A) 35 B)54 C) 26 D)73
58. Vodorod va uglerod atomlaridan tashkil topgan moddaning ammiakka nisbatan zichligi 1,65. Gazning formulasini aniqlang.
A) C5H10 B) C2H4 C) C2H6 D) C4H8 59. Kislorod – ozon aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 16,4 ga teng. Aralashmadagi kislorodning hajmiy ulushini hisoblang (%).
A) 95 B) 93 C) 97 D) 89
60. Ma’lum sharoitda 8 l SO2 va SO3 gazlari aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 35 ga teng. Dastlabki aralashmadagi SO2 va SO3 larning hajmlari qanday bo‘lgan?
A) 5 l SO2 va 3 l SO3B) 4 l SO2 va 4 l SO3 C) 1 l SO2 va 7 l SO3 D) 2 l SO2 va 6 l SO3
61. Teng hajmdagi geliy va kislorod aralashmasining havoga nisbatan zichligini aniqlang.
A) 0,62 B) 0,31 C) 0,93 D) 1,24
62. Gazlar aralashmasining 25 % i metan va 75 % i havo bo‘lsa, aralashmaning azotga nisbatan zichligini toping?
A) 0,92 B) 3,84 C) 0,58 D) 0,93
63. Vodorodga nisbatan zichligi 14,5 bo‘lgan azot va kisloroddan iborat gazlar aralashmasidagi har bir moddaning foiz tarkibini toping.
A) 75va25 B)25 va75
C) 60 va 40 D)50 va 50
64. Vodorodga nisbatan zichligi 35 ga teng bo‘lgan SO2 va SO3 gazlari aralashmasining 8 l hajmini yondirish uchun qancha hajm (l, n.sh. da) havo sarflanadi? [φ(o2)=0,20 ]
A) 15,5 B) 14,5 C) 12,5 D) 2,5