Gibridlanish.
Kimyoviy bog’ hosil bo’lishida shakli va energiyasi bilan farq qiluvchi (s, p va d) atom orbitallarining bir–birini qoplab energiyasi va shakli bir xil bo’lgan yangi gibrid (chatishgan) orbitallar hosil qilishi gibridlanish deyiladi. Gibridlanish tushunchasi fanga 1931 – yilda L. Poling tomonidan kiritilgan. Uning quyidagi asosiy turlari mavjud:
Gibridlanish
|
Hosil bo’ladi
|
sp
|
1 ta s va 1 ta p orbitallarning qo’shilishidan hosil bo’lgan gibridlanish. Gibridlangan orbitallar soni 2 ta (1s + 1p = 2)
|
sp2
|
1 ta s va 2 ta p orbitallarning qo’shilishidan hosil bo’lgan gibridlanish. Gibridlangan orbitallar soni 3 ta (1s + 2p = 3)
|
sp3
|
1 ta s va 3 ta p orbitallarning qo’shilishidan hosil bo’lgan gibridlanish. Gibridlangan orbitallar soni 4 ta (1s + 3p = 4)
|
sp3d
|
1 ta s, 3 ta p va 1 ta d orbitallarning qo’shilishidan hosil bo’lgan gibridlanish. Gibridlangan orbitallar soni 5 ta (1s + 3p + 1d = 5)
|
sp3d2
|
1 ta s, 3 ta p va 2 ta d orbitallarning qo’shilishidan hosil bo’lgan gibridlanish. Gibridlangan orbitallar soni 6 ta (1s + 3p + 2d = 6)
|
sp2d
|
Bunday gibridlanish mavjud emas.
|
Atom orbitallarining gшbridlanishi.
Gibridlanish – shakli va energiyasi bilan farq qiluvchi (s va p) orbitallarining o’zaro qo’shilib energiyasi va ko’rinishlari bi xil bo’lgan yangi elektron orbitallarining hosil bo’lishi gibridlanish deyiladi.
Gibridlanishda – taqsimlanmagan juft elektronlar va sigma bog’lar qatnashadi.
Gibridlanishda s orbitaldan 1 ta, p orbitaldan 3 ta, d orbitaldan 5 ta gibrid orbitallar qatnashadi.