8.3.Suyuqlikning silindr naychadan oqishi.
Idish devoridagi teshikka o’rnatilgan kalta quvurlar naychalar deb ataladi. Odatda, naychalardan sarfni ko’paytirish yoki ixcham oqimchalar olish uchun foydalaniladi. Ko’p hollarda idish devori qalin bo’lib, u parma bilan teshilganda naycha shaklida teshik paydo bo’ladi.
Naychalardan oqayotgan suyuqlikni hisoblashda yuqorida keltirilgan tezlik va sarf formulalaridan foydalanamiz, lekin ε, , m koeffitsiyentlarning qiymati boshqacha bo’ladi.
Silindrik naychalardan suyuqlik oqayotganda kirishda u devordan ajraladi va torayadi. Bu hodisa xuddi yupqa devordagi teshikdan oqish holidagi kabi bo’ladi, lekin bu torayish to’xtab, toraygan oqimcha bilan naycha devori orasida uyurmali harakat vujudga kelganligi sababli kengayish boshlanadi va oqim naychaning butun kesimini egallab olguncha davom etadi. Natijada oqimcha naychaning ko’ndalang kesimiga teng kesimda chiqib ketadi. Bu hodisa naychaning uzunligi l uning diametridan 3-4 marta katta bo’lganda to’liq amalga oshadi (8.2-rasm, a)
Bu holda oqimcha diametri naycha diametriga teng bo’lgani uchun siqilish koeffitsiyenti ε=1, binobarin, m= bo’ladi.
Agar naycha ln = (3÷4)Dn dan kalta bo’lsa, u holda toraygan oqimcha naycha kesimigacha kengayib ulgurmaydi va oqim teshikdan oqayotgan suyuqlik kabi bo’ladi (8.2-rasm, b). Naycha uzunligining uning diametriga nisbati va Reynolьds soni tezlik hamda sarf koeffitsiyentlariga ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sir tajribalarda ko’p tekshirilgan bo’lib, , m, va larning o’rtacha qiymatlari silindrik naychalar uchun quyidagicha bo’ladi.
= m = 0,80 = 0,55
8.2-rasm. Naychadan oqish
Yupqa devordagi teshikdan oqish holi bilan solishtirish natijasi shuni ko’rsatadiki, silindrik naychalardan oqishda oqimchaning siqilishi bo’lmagan uchun sarf ortadi, lekin qarshilik katta bo’lgani uchun tezlik kamroq bo’ladi. Ba’zi hollarda ichki silindrik naychalar qo’llanib, ular idish devoridagi teshikka ichkari tomonidan kavsharlangan juda kichik Quvur ko’rinishida bo’ladi.
Bunday naychalarda oqimcha kirishdagi torayishdan keyin ln › 2,5Dn ga teng uzunlikda to’liq kengayadi (8.3-rasm). Bu holda ham ε =1 bo’lib, m = = 0,70 bo’ladi, ln < 1,5D da esa oqim to’liq kengayishda ulgurmaydi, natijada sarf kamayib ketadi.
.
8.3-rasm. Ichki silindrik naycha
Dostları ilə paylaş: |