Gidravlikaning qisqacha tarixi. Suv inson hayotida doimo katta rolь o’ynab kelgan. Inson paydo bo’libdiki, daryo va ko’llardan uzatish tarmoqlari sifatida, qadimda esa suvni har xil maqsadlar uchun ishlatishgan.
Bir necha ming yil avval O’rta Osiyo, Xitoy, Misr, Vavilon, Rim va Gretsiyada ancha katta bo’lgan gidrotexnik inshootlar qurishgan. Shu paytlarda katta-katta kemalar, ko’priklar qurishgan. Ularni qoldiqlari shu kungacha yetib kelgan.
Ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishi bilan dalalarni suv bilan sun’iy sug’orish ishlari kengaya bordi, suv ta’minoti hamda suvdan energiya manbalari sifatida foydalanila bordi. O’rta Osiyoda ming yillar oldin qurilgan injenerlik inshootlari shu kungacha yetib kelgan.
Masalan: Ashxoboddagi va Shohruddagi sug’orish inshootlari shular jumlasidandir.
Bizgacha yetib kelgan, gidravlikaga aloqador ilmiy ishlardan birinchisi Arximedning "Suzib yuruvchi jismlar haqida" asaridir. Suyuqlik qonunlarining ochilishi eramizning XVI - XVII asrlaridan boshlandi. Bularga Leonardo da Vinchining suyuqliklarning o’zandagi va Quvurdagi harakati, jismlarning suzib yurishi va boshqalarga bog’liq ishlari, S.Stivenning idish tubiga va devorlariga ta’sir qiluvchi bosim kuchi, G.Galileyning jismlarning suyuqlikdagi harakati va muvozanati haqidagi ishlari, Ye.Torichellining suyuqliklarning kichik teshikdan oqib ketishi, B.Paskalning bosimning suyuqlik orqali uzatilishi to’g’risidagi, I.Nьyutonning suyuqliklardagi ichki qarshiliklar qonuni boshqa ishlar kiradi. Keyinchalik suyuqliklarning muvozanat va harakat qonunlari ikki yo’nalish bo’yicha taraqqiy qila boshladi. Bulardan biri tajribalarga asoslangan gidravlika bo’lsa, ikkinchisi nazariy mexanikaning mustaqil bo’limi sifatida taraqqiy qila boshlagan nazariy gidromexanika edi.
Nazariy gidromexanika aniq matematikaga asoslangan bo’lib, suyuqlik qonunlarini differentsial tenglamalar bilan ifodalash va ularni yechishga asoslanadi. Bu nazariy bilimlarning taraqqiy qilishiga XVII-XVIII asrlarda yashagan buyuk matematik mexanik olimlar L.Eyler, D.Bernulli, M.Lomonosov, Lagranjlarning ilmiy asarlari asos bo’ldi.
XVIII-XIX asrlarda SHezi, Darsh, Bussinesk, Veysbax va boshqa olimlarning ishlari hozirgi zamonda gidravlika deb ataluvchi amaliy fanning asosi bo’ldi.
Gidravlikanning taraqqiyotida rus olimlarining ham muhim hissasi bor. Ulardan Bernulli, L.Eyler, Rossiyada yashab ijod etganlar. N.P.Petrovning gidrodinamik sirpanish nazariyasi, N.E.Jukovskiyning gidromexanikadagi muhim ishlari va Quvurlardagi zarba nazariyasi, V.G.Shuxovning neft quvurlarini hisoblash bo’yicha ishlari, A.N.Krilovning kemalar nazariyasi, N.N.Pavlovskiyning suyuqliklarning filtratsiya nazariyasi, L.S. Leybenzonning yer osti gidromexanikasi va boshqa ishlari dunyo faniga qo’shgan buyuk hissa bo’lib hisoblanadi.
Hozirgi zamon sanoati va texnikasida o’zbek olimi X.A.Raxmatulin asos solgan ko’p fazali muhitlar gidromexanikasi muhim ahamiyatga ega.