Gidravlikaning o’rganish sohasi va tarixi suyuqliklarning modellari haqida


Oqimchali harakatlar haqida tushunchalar, oqim chizig’i, oqim naychasi va oqimcha. Suyuqlik oqimlari



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə9/176
tarix24.12.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#190939
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   176
4.2. Oqimchali harakatlar haqida tushunchalar, oqim chizig’i, oqim naychasi va oqimcha. Suyuqlik oqimlari

Suyuqlik harakat qilayotgan fazoda suyuqlikning biron zarrachasining harakatini kuzatsak, uning vaqt o’tishi bilan fazoda oldinma keyin olgan holatlarini 1,2,3,... (4.1-rasm) nuqtalar bilan ifodalash mumkin va harakatdagi zarracha har xil tezlik va bosimlarga ega bo’ladi. Shu nuqtalarni o’zaro tutashtirsak, suyuqlik zarrachasining traektoriyasi hosil bo’ladi. Endi suyuqlik zarrachasining tezligini kuzatamiz. Zarrachaning A nuqtadagi, vektori ua ni qurilayotgan vaqt uchun ko’ramiz. Shu vektorning davomida kichik dl1 masofadagi V nuqtaga tegishli tezlik vektori uV ni quramiz. Hosil bo’lgan yangi vektorning davomida kichik dl2 masofadagi S nuqtada shu nuqtaga tegishli zarracha tezligining vektor uc ni quramiz. u vektorining davomida dl3 masofadagi D nuqtada shu nuqtaga tegishli zarracha tezligining uD vektorini quramiz va x.k. Natijada AVSDE (4.1.-rasm, b) sinik chiziqni hosil qilamiz. Agar dl1 ,dl2 ,dl3 larni cheksiz kichraytirib borib, nolga intiltirsak, AVSDE o’rnida biror egri chiziqni olamiz. Bu egri chiziq oqim chizig’i deb ataladi.



4.1-rasm. Oqim chizig’i 4.2-rasm. Oqim naychasi, elementar


sxemasi. oqimcha va oqim.

Demak, suyuqlik harakatlanayotgan fazoda olingan va berilgan vaqtda har bir nuqtasida unga o’tkazilgan urunma shu nuqtaga tegishli tezlik vektori yo’nalishiga mos keluvchi egri chiziq oqim chizig’i deb ataladi. Beqaror harakat vaqtida tezlik va uning yo’nalishi vaqt davomida o’zgarib turgani uchun troektoriya bilan oqim chizig’i bir xil bo’lmaydi. Barqaror harakat vaqtida esa tezlik vektorining nuqtalaridagi holati vaqt o’tishi bilan o’zgarmaganligi uchun traektoriya bilan oqim chizig’i ustma-ust tushadi.


Oqim naychasi va elementar oqimcha. Endi, suyuqlik harakatlanayotgan sohada biror D nuqta olib, shu nuqta atrofida kichik cheksiz dl kontur olamiz va shu konturning har nuqtasidan oqim chizig’i o’tkazamiz. U holda oqim chiziqlari birlashtirgan (naycha) soha oqim naychasi deyiladi (4.2-rasm, a). Oqim naychasi ichida oqayotgan suyuqlik oqimi elementar oqimcha deb ataladi.



Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin