Juda kichik miqdordagi kuchlar ta’sirida o’z shaklini o’zgartiruvchi fizik jismlar suyuqliklar deb ataladi. Ular qattiq jismlardan o’z zarrachalarining juda harakatchanligi bilan ajralib turadi va oquvchan-lik hususiyatiga ega bo’ladi. Shuning uchun ular qaysi idishga quyilsa, o’shaning shaklini oladi.
Gidravlikada suyuqliklar ikki gruppaga: tomchilanuvchi (kapelьnie) suyuqliklarga va gazsimon suyuqliklarga ajraladi. Suyuqlik deganda tom-chilanuvchi suyuqlikni tushunishga odatlanilgan bo’lib, ular suv, spirt, neftь, simob, turli moylar va tabiatda hamda texnikada uchrab turuvchi boshqa har xil suyuqliklardir. Tomchilanuvchi suyuqliklar bir qancha xususiyatlarga ega:
hajmi bosim ta’sirida juda kam o’zgaradi va siqilishga qarshiligi juda katta;
harorat o’zgarishi bilan hajmi oz miqdorda o’zgaradi;
cho’zuvchi kuchlarga deyarli qarshilik ko’rsatmaydi;
sirtida molekulalararo o’zaro qovushoqlik kuchi yuzaga keladi va u sirt taranglik kuchini vujudga keltiradi.
Tomchilanuvchi suyuqliklarning boshqa xususiyatlari to’g’risida keyinchalik yana to’xtalib o’tamiz.
Gazlar tomchilanuvchi suyuqliklardagiga nisbatan ham tezroq harakatlanuvchi zarrachalardan tashkil topgan bo’lib, ular bosim va tem-peratura ta’sirida o’z hajmini tez o’zgartiradi. Ularda cho’zuvchi kuchga qarshilik va qovushoqlik kuchi tomchilanuvchi suyuqliklarga nisbatan juda ham kam. Gazlar bilan gaz dinamikasi, termodinamika va aero-dinamika fanlari shug’ullanadi.
Gidravlika kursi asosan tomchilanuvchi suyuqliklar bilan shug’ul-lanadi. Shuning uchun uni bundan buyon to’g’ridan – to’g’ri suyuqlik deb atayveramiz.
Suyuqliklar tutash jismlar qatoriga kiradi va muvozanat hamda ha-rakat hollarida doimo qattiq jismlar (suyuqlik solingan idish tubi va devorlari, Quvur va kanallarning devorlari va boshqalar) bilan chega-ralangan bo’ladi. Suyuqliklar gazlar (havo) bilan ham ma’lum chegara bo’yicha ajralishi mumkin. Bu chegara erkin sirt (svobodnaya poverxnostь) deb ataladi.
Suyuqliklar siljituvchi kuchlarga sezilarli darajada qarshilik ko’rsatadi va bu qarshilik ichki kuchlar sifatida namoyon bo’ladi. Ularni aniqlash suyuqliklar harakatini tekshirishda muhim ahamiyatga egadir.