Misollar.
1-misol
A idishning (suv bilan to’ldirilgan) yon devoriga p’ezometrik B nay o’rnatilgan. Agar R bosim taьsirida naydagi suv h=1.5 m balandlikka ko’tarilgan bo’lsa, idishdagi suyuqlikning erkin yuzasining mutloq (absolyut) bosimini aniqlang.
Yechilishi:
Idishdagi suyuqlikning erkin yuzasi bosimi p’ezometrni a kesishishidagi bosimga tenglanadi va gidrostatikani asosiy tenglamasi bo’yicha aniqlanadi:
p=p0+γh
Bu yerdan erkin yuza bosimi atmosfera bosimiga tengliginihisobga olganda, ya’ni P0=patm=1kg/m2, suvning solishtirma og’irligi u=1000 kg/m3, h=1.5, m=150 sm bo’lganda idishdagi suyuqlikning erkin yuzasidagi absolyut bosimni topamiz:
p=1+0.001 .150=1.15 ata (kg/ sm2 )
Javob: P=1.15 atm (kg/ sm2 )
2-misol
Kerosinni bir joydan ikkinchi joyga nasos yordamida ko’chirganda gorizontal quvurdagi 1-2 kesishuvga differensial simob manometri nayi biriktirilgan. Agar manometrning ikkala tirsagi sathining farqi h=20 sm, kerosin solishtirma og’irligi γ1=0.00083kg/sm3, simob solishtirma og’irligi γsm =0.0136kg/sm3 bo’lganda ko’rsatilgan kesishishlardagi bosim farqini aniqlang.
Yechilishi:
Differensial manometrlar idishdagi bosimni emas, bir idishdagi suyuqlikni ikki nuktasini yoki ikki xil idishdagi bosim farqini o’lchashda ishlatiladi. A va B idishga berkitilgan differensial manometr yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan.Bu yerda chap tirsakdagi simob yuzasi sathi P bosimi uchun:
p=pa+γ1h1=pb+γ1h2+γsm .h ni olamiz.
pa-pb=γ1(h2-h1)+ γsmh
yoki h2-h1=-h
pa-pb=(γsm-γ1)h
Shunday qilib, bosim ayirmasi differensial manometrni ikki tirsagidagi sath ayirmasi bilan aniqlanadi. qidirilayotgan bosim ayirmasi
p1-p2=(γsm-γ1)h=(0.0136-0.00083).20=0.255atm ( )
Dostları ilə paylaş: |