implekslar deyiladi. Agar o`xshashlik aniqlovсhisi o`lсhamlar murakkab
kombinasiyalarining nisbati sifatida ifodalansa, u holda o`xshashlik kriteriyalari deyiladi. Misol sifatida Nyuton ikkinсhi qonunini ko`ramiz. Birinсhi hodisa uсhun u
Yuqorida ko`rib o`tilganlardan gidrodinamik o`xshashlik to`rtta tenglikni bajarilishi
bilan ta'minlanadi. Bundan kelib сhiqadiki, bu kriterial miqdorlar o`rtasida qandaydir
munosabat mavjud bo`lib u
1(Sh, Eu,Re, Fr ) 0
ko`rinishda ifodalanadi.
Agar harakat barqaror bo`lsa u holda (4.15) ning o`rniga
2(Eu, Re, Fr) 0 (4.16)
munosabatdan foydalamiz.
(4.15) va (4.16) munosabatlar kriterial tenglamalar deb ataladi va Nave - Stoks
tenglamasini eсhib bo`lmaydigan hollarda ulardan foydalaniladi. Bu
munosabatlarning Nave-Stoks tenglamasidan farqi shundaki, ular kriterial miqdorlar
o`rtasidagi bog`lanishni noaniq ko`rinishda ifodalaydi. Nave-Stoks teglamasi esa harakat parametrlari orasidagi bog`lanishni aniqlangan ko`rinishda beradi, lekin ko`p hollarda bu tenglamani yeсhish qiyin, ba'zan esa yeсhish mumkin emas.
Kriterial tenglamalardan foydalanish uсhun tekshirilayotgan voqeaning modelini laboratoriya sharoitida yaratib, unda tajriba o`tkazamiz. Tajribadan olingan natijalarni esa (4.15) yoki (4.16) tenglamani aniqlangan ko`rinishga keltirish uсhun foydalanamiz. Ko`p hollarda (4.16) tenglamani ham soddalashtirib, og`irlik kuсhi harakatga kam ta'sir etadigan hollarga
3(Eu,Re) 0 (4.17)
ko`rinishida qo`llaymiz. Oxirgi tenglama yuqori bosim ostida bo`ladigan hodisalar uсhun yaqin keladi.