Gimnastik mashqlar texnikasini o’rgatish, takomillashtirish va o’qitish uslubiyati
O’rgatishning didaktik tamoyillari Gimnastikada o’quv jarayonini tashkil etishda o’rgatishning didaktik tamoyillari asosiy faoliyat qoilanmasi hisoblanadi.
Onglilik va faollik tamoyili. Gimnastika mashqlari sportchilarning jismoniy, harakat va irodaviy xislatlariga katta talablar qo’yadi. Yangi mashqlarni o’zlashtirish jarayonidagi onglilik va faollik tamoyili talabalardan, eng avvalo, harakatni tushunib o’rganishni, qo’yilgan vazifaga qiziqib va ijodiy yondashishni tarbiyalashni talab etadi.
O’qish jarayonida harakat ko’nikmalarini ongli o’rganib olishlari uchun shug’ullanuvchilarga quyidagilarni o’rgatish darkor:
- o’z faoliyatining natijalarini baholash;
- turli (og’zaki, chizma, yozma holda takrorlash) usullardan foydalanib harakat texnikasini tasvirlash;
- yangi harakatni o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan turli qiyinchiliklarni yengish;
- kundalik daftar tutish va mashqlarni o’zlashtirish rejalarini tuzish;
- o’qituvchiga mashg’ulotni tashkil etishda va o’rtoqlariga harakatni o’rganishda yordam berish.
Ko’rgazmali bo’lish tamoyili. O’rgatish ko’rgazmali bo’lishiga erishish uchun murabbiy quyidagi bir qancha vosita va usullardan foydalanadi:
- harakatning mukammal ijrosini namoyish qilish, kino va fotomateriallarni, rasmlar, jadvallar va namunaviy modellarni ko’rsatish;
- ayrim harakat topshiriqlari texnikasining detallarini og’zaki tasvirlab berish va boshqa harakatlar bilan taqqoslash;
- qo’shimcha vositalar ishlatish (fazadagi namunalar, harakatlarga ovoz bilan jo’r bo’lib turish, sekin ko’tarib yuborish va qo’l tekkizib qo’yish);
- trenajor qurilmalarda, odam gavdasi namunalarida va hokazolarda o’rganilayotgan mashq yoki uning elcmentlari texnikasini ko’rsatib berish;
- alohida holatlarni to’xtatib ko’rsatish, taqlid qilish, murabbiy yordamida bajartirish va boshqa osonlashtirilgan harakatlar natijasida harakatni alohida, e’tibor bilan his etishni hosil qilish.
Osonlik tamoyillari shug’ullanuvchilarga, ularni kuchiga mos keladigan vazifalar berilishini talab qiladi. Aks holda talabalar mashg’ulotlarga qiziqmay qo’ladilar. Biroq osonlik tamoyili sportchilarni qiyinchiliklarni yengishga o’rgatish zaruratini mutlaq inkor etmaydi.
O’qituvchi talabalarning nimaga qodirligini, ularning aniq bir mashqlarni o’zlashtirish imkoniyatlarini uzluksiz chuqur o’rganib borishi kerak. Masalan, yakkacho’pda katta aylanishni bajarish uchun talabada bir qancha boshqa mashqlarni bajara olishi, qo’lida yetarlicha kuch bo’lishi, dadillik va qat’iyatlilik singari ko’p jismoniy sifatlar hosil qilingan bo’lishi zarurligini bilishi lozim. Talabada shunday xislatlarning mavjudligi ana shu mashq u uchun oson ekanligini ko’rsatadigan omchov bo’ladi.
Osonlik tamoyili didaktikaning ma’lumdan noma’lumga, osondan qiyinga, soddadan murakkabga qoidalari bilan chambarchas bogiiq.
Doimiylik tamoyillari quyidagilarni:
- harakat jarayonini o’rganishda muayyan izchillik bo’lishini;
- turli harakat vazifalarini hal qilish qobiliyatini rivojlantirish uchun harakat texnikasini muntazam ravishda takomillashtirib borish va yangi mashqlar o’rganishni;
- talabalarning mehnatsevarligi va faolligini so’ndirmislik maqsadida o’rgatish jarayonida ish bilan dam olishni almashtirib turishni nazarda tutadi.