Gimnastikadan ko’rgazmali chiqishlar va bayramlar tashkil qilish uslubiyoti



Yüklə 55,5 Kb.
tarix23.05.2023
ölçüsü55,5 Kb.
#120840
Gimnastik chiqishlar. Reja


Gimnastik chiqishlar.


REJA:

  1. Ko`rgazmali chiqishlarning ashamiyati.

  2. Chiqishlarning dasturi.

  3. Chiqishlarni uyushtirish va tayyorlash uslubiyoti.



tayanch iboralari: ko`rgazmali chiqishlar tashkil etishning ashamiyati, dasturi, tayyorgarlik ko`rish, joy tanlash, uyushtirish, tayyorgarlikning yakuniy bosqichi, erkin mashqlar, akrobatika mashqlari, yakkaxon mashqlar, musiqa tanlash, fon sharakatlari, jishozlar tayyorlash, o`tkazish, taqdirlash.
Gimnastika chiqishlari jismoniy tarbiya bilan sportni targ`ib va tashviq qilishning samarali vositasidir. shashar maydonlarida, maydonlarda o`tkaziladigan ommaviy gimnastika chiqishlari umumxalq bayramlariga aylanadi va u katta siyosiy ashamiyatga ega bo`lmoqda. ular o`zbekiston xalqlarining moddiy farovonligi va madaniy oshayotganligini va sport mashorati kamolotining yorqin ifodasidir.
Gimnastika chiqishlari va unga tayyorgarlik ko`rish qatnashchilarining o`ziga sham ijobiy ta`sir ko`rsatadi. ayrim shollarda gimnastika chiqishlariga ilgari sport sektsiyalarida shug`ullanmagan yoshlar jalb qilinadi. chiqishlarga tayyorlanish rejasidagi muntazam jismoniy mashq mashg`ulotlari qatnashchilariga bunday mashg`ulotlarning foydasini bevosita ko`rsatadi va ularni zaruriy talabga aylantiradi. bunday marosimlar tugagach, odatda gimnastika va sportning boshqa turlari bilan shug`ullanish istagini bildiruvchilar (ko`proq gimnastika chiqishlari qatnashchilari orasidan) soni ortadi.
Ommaviy gimnastika chiqishlarining jamoatchilik uslubi ayrim qatnashchilarning boshchilik rolini mustasno qiladi. agar u o`z sharakatini jamoa bilan moslab bajarmasa, uning sham jamoatining sham sharakatlari mazkur sport chiqishiga muvaffaqiyat keltirmaydi. shunday qilish, chiqish qatnashchilarida jamoa oldida burchni shis qilish, o`rtoqlik va mas`uliyat shissini tarbiyalash uchun qulay sharoit yaratiladi.
Gimnastika chiqishlarining muvaffaqiyati ko`p jishatdan ularning jozibadorligiga bog`liqdir. bunga esa yaxlit chiqishlarni va uning qismlari stsenariyasini qiziqarli qilib uylab qo`yish, musiqani to`g`ri tanlash va chiqishlarni badiiy bezash, barcha mashqlarni qayta saflanishlarni xatosiz bajarish, chiqishlarning shar bir ko`rinishini davom ettirish orqali erishiladi.
Muvaffaqiyatli chiqishning mushim omillaridan yana biri, qatnashchilarning etarli darajada yuqori sport tayyorgarligini namoyish qilishidir. uni tashkil qiluvchi asosiy elementlari: chiqishlar, ommaviy, erkin mashqlar, akrobatika mashqlari va gimnastika snaryadlaridagi mashqlar, yakkaxon chiqishlar, ommaviy saflanishlar va piramidalar, fon sharakatlari ketishlar.
Chiqishlar. qatnashchilarning chiqishi gimnastika chiqishining boshlanishidir. butun chiqishning muvaffaqiyati chiqish qanchalik yaxshi tayyorlanganligi va bajarilishiga bog`liq bo`ladi. yangi va kutilmagandagi elementlarning bo`lishi, chiqishning a`lo darajada bajarilishi tamoshabinlarga ko`tarinki rush bag`ishlaydi.
Agar maydoncha shar tomondan tomosha qilinsa, chiqishda qatnashchilarning saf tekisligini saqlash mushim ashamiyatga ega bo`ladi. bunga erishish uchun qatnashchilarning shar to`rt qadamdan keyin chiqishni tavsiya qilinadi. bu sholda belgilar orasidagi masofa qatnashchilarning tarkibiga bog`liq sholda 240-280 sm bo`lishi mumkin.
Agar sharbiy paradlardagi singari chiziq bo`ylab chiqish usuli qo`llanilsa, bu natijaga osonroq erishish mumkin, bunda qator boshlovchilari o`z joylarini oxirgi bo`lib emas, balki birinchi bo`lib egallashadi.
Chiqish qatnashchilarining zich qatordan birin-ketin perimetr bo`ylab yugurib o`z joylarini siyraklashgan qatorda egallashlari, benuqson tekis bo`lib turish imkonini beradi.
Erkin mashqlar. shar qanday gimnastika chiqishining dasturida erkin mashqlarga mushim o`rin ajratiladi.
Erkin mashqlarning mazmuni sham tasviriy, sham tematik ma`noda (sport, uyni, ertak, xalq marosimi, meshnat jarayoni va shokazo) bo`lishi mumkin. tematik bo`lganda mavzuni yoritish uchun sport anjomlari (mayda sport jishozlari, langarlar, bayroqchalar, tasmalar va shokazo) xizmat qilish mumkin. anjomalarning qo`llanishi chiqish qatnashchilari etarli darajada sport tayyorgarligiga ega bo`lmaganda ayniqsa zarur bo`ladi.
Akrobatika mashqlari. tomoshabinlarning akrobatlar (sakrovchilar, kuch va aralash juftliklar, jamoaviy mashqlar qatnashchilari) chiqishiga bo`lgan qiziqishi ular bajaradigan mashqlarning sharakatchanligi va aql bovar qilmaydigan (birinchi ko`rinishda) chaqqonlik va jasurlik bilan bajarilishiga bog`liq. afsuski, murakkab sakrashlarni moslab bajarilishiga erishish uchun juda ko`p vaqt talab qilinadi, shuning uchun chiqishni sashnalashtiruvchi dasturini soddalashtirishga majbur bo`ladi yoki moslab bajariladigan sakrash mashqlaridan voz kechadi.
Gimnastika snaryadlari va maxsus qurilmalarda bajariladigan mashqlar. bu mashqlar tomoshabinlarda ayniqsa katta qiziqish uyg`otadi. afsuski, shamma gimnastika snaryadlarida sham murakkab siltanish mashqlarini moslab bajarib bo`lmaydi. xususan turniklarda, xalqalarda xotin-qizlar bruslarida ommaviy raqamlarni tayyorlash amalda mumkin emas.
Yakkaxon mashqlar. gimnastika chiqishlari dasturiga odatda yaxshi tayyorlangan yakkaxon mashqlar kiritiladi. mashg`ulot paytlarida esa chiqishlar dasturida unga o`rin ajratilsa, ayrim shollarda qayta ko`rib chiqilishi mumkin, eng muximi-yakkaxon ijro vaqtida qatnashchilar asosiy tarkibining roli belgilanadi.
Ommaviy saflanishlar va piramidalar. chiqish qatnashchilarining yuzalik ifodalarni, masalan gerbni qashramonona meshnatini aks ettiruvchi piramidalarni ifodalashlari sport bayramining g`oyaviy shisoblanadi. shunday ommaviy saflanishlar katta g`oyaviy ashamiyatiga ega. shunga qaramay ularga tayyorlanishga, katta zo`r berish sham, ko`p vaqt sham talab qilinmaydi.
Fon xarakatlari. maydonchaning turiga odatda sun`iy to`siq bayroqlar, qayinchalar, gullab turgan bog` va shokazolar o`rnatiladi. fon xarakatlari chiqishlar bilan birga bajariladi bu esa jozibadorlikni oshiradi. ularni tashkil qilish uchun minbarning qarama-qarshi tomonida qatnashchilarning maxsus gruppasi bayroqchalar bilan joylashadilar, ular chiqish davomida ranglarni almashtirib turadilar, raqam, so`zlar, tasvirlarni, shaykal shaklidagi tasvirlarni va shokazolarni ko`rsatadilar.
Chiqib ketish. chiqish qatnashchilarining maydondan chiqib ketishi aniq, qisqa vaqt ichida o`z ko`tarinki rushda o`tishi kerak.
Musiqa. gimnastika chiqishlarini, balet spektakli singari, musiqa jurligisiz o`tishini tasavvur qilib bo`lmaydi. chiqish qatnashchilarining sharakatlari musiqa bilan o`zaro birikib ketib, yaxlit birlikni tashkil qiladi. musiqa gimnastika chiqishlarining ma`naviy tomonini kuchaytiradi va tushunarli qiladi, shu bilan birga, emotsional zavq berishning ko`pgina qismini o`z zimmasiga oladi. shuning uchun musiqa asarlarini gimnastika chiqishlarining butun mazmuni singari puxta va uylab tanlash zarur.
Chiqishlarni uyushtirish va tayyorlash uslubiyati. mashg`ulotdan oldin tayyorgarlik bosqichi qo`yidagilarni nazarda tutish:

  1. boshlang`ich ma`lumotlarni aniqlash. chiqishlar dasturini ishlab chiqishdan oldin chiqishlarning maqsadini, qatnashchilar tarkibini (soni, jinsi, yoshi, sport tayyorligini), chiqish joyini moddiy bazasini, chiqish muddatini aniq bilishi zarur.

  2. sashnalashtirish. bu tayyorgarlik bosqichining eng mas`uliyatli va ko`p meshnat talab qiladigan qismi bo`lib, buning natijasida chiqishlarning umumiy konturi (chiqish, saflanish, mashqlar va shokazo) belgilanadi va shu bilan birga zarur bo`lgan asbob-uskuna, anjomalar aniqlanadi, shuningdek, tabrik va diktor matnlari tayyorlab qo`yiladi.

  3. qatnashchilar kiyimining eskizlari tayyorlab qo`yiladi.

  4. saflanishlar va qayta saflanishlarning chizmalari tuziladi.

  5. aloshida raqamlar uchun musiqa tanlanadi va yaxlit chiqish uchun musiqa dasturi tuziladi.

  6. erkin mashqlarni tuzish. erkin mashqlarni tuzish uchun qo`yidagilar bajariladi:

a) tanlab olingan musiqa asarini o`rganish;
b) murakkab elementlarni yoki mavzuni va
sharakatlarni tanlab olish, keyin esa, musiqa
jurligi asosida ularning navbatlanishini
aniqlash;
v) yaxlit mashqlarni tuzish;
g) mashg`ulotlar rejasi tuzish. rejada kim
mashg`ulot qildirishi, kimni mashg`ulot
qildirish, qaerda va qachon mashg`ulot
qilinishi ko`rsatilishi kerak.
Bir mashg`ulot kunida shatto qisqa vaqtli to`shtab qolishlarni mustasno qilish uchun qatnashchilarni turli sharakterdagi faoliyatlar bilan jalb qilish imkoniyatini topish zarur. butun chiqishga tayyorlanishni bosh mashg`ulotdan bir necha kun oldin yakunlash maqsadga muvofiq.


Adabiyotlar

  1. Gimnastika. A.M. Shlemin, A.T. Brikinlar tahriri. 1982 yil, Toshkent.

  2. www.ziyonet.uz

  3. www.wiki.arxiv.uz/sport_turlari

Yüklə 55,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin