Jizzax qo‘zg‘oloni



Yüklə 1,51 Mb.
tarix02.01.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#42796
jizzax qo‘zg‘oloni DOSTONI ppt

Mavzu: jizzax qo‘zg‘oloni DOSTONI REJA: 1. Qo’zg’olonning boshlanishi 2.Qo’zg’olonga erkaklarning safarbar qilinishi 3. Qo’zg’olonning bostirilishi

Jizzax qo‘zg‘oloni DOSTONI Qo’zg’olonning boshlanishi


Rossiya imperiyasining 1916-yildagi mardikorlikka olish to‘g‘risidagi farmoni Turkiston o‘lkasining barcha hududlariga yoyilib, unga qarshi chiqishlar mahalliy aholining milliy-ozodlik harakatlariga aylanib ketdi.

Aholining 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan erkaklari front ortidagi ishlarga safarbar qilinishi butun o‘lkadagi kabi Jizzaxda ham jabr-zulm, adolatsizliklardan tobora keskinlashib borayotgan norozilik chiqishlari xalq qo‘zg‘oloniga aylanishiga olib keldi.

Jizzax aholisi, asosan, don mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanib, ularning yerlari imperiyaning markaziy hududlaridan ko‘chirib keltiril-ganlarga berib yuborilishi, soliqlarning ko‘payib borishi ularning ahvoli yomonlashishiga olib keldi.

Qo’zg’olonning bostirilishi


Bu vaqtda mustamlakachi hukumat tomonidan qo‘z g‘olonni bostirish va uning ishtirokchilarini jazolash chora-tadbirlari ishlab chiqildi.

Qo’zg’olonchilardan 3 ming kishi kishi hibsga olindi. Ularning boshliqlari o‘lim jazosiga, qolganlari qamoq va surgunga hukm qilindi. Jizzaxga 26–27-iyulda yana qo‘shimcha jazo otryadlari yetib kelib, jazoni yanada kuchaytirdi.


Mardikorlikka olinadiganlarning tuzilgan ro‘yxatiga muvofiq Samarqand viloyatining Jizzax uyezdidan 11 ming kishi belgilandi.


1916-yil 3-iyulda farmon e’lon qilinishi bilan xalq orasida norozilik boshlanib ketdi.

5-iyulda dastlabki g‘alayonlar boshlandi. Bunda aholi farmonning bekor qilinishini, ro‘yxat tuzishni to‘xtatishni talab qiladi.


Jizzax qo‘zg‘oloniga Nazirxo‘ja eshon va Abdurahmon jevachilar rahbarlik qilganlar.

Abdurahmon jevachi

Jizzax aholisi mardikorlikka qarshi ommaviy qo‘zg‘olon ko‘tarish maqsadida boshqa shaharlarga, jumladan, Toshkent, Samarqand va ko‘plab atrofdagi qishloqlarga o‘z vakillarini yubordilar.

14-iyulda Abdurahmon jevachi o‘z uyida turli joylardan yuborilgan vakillar bilan yig‘ilish o‘tkazdi va unda Jizzaxdan 12 chaqirim uzoqlikda joylashgan Kuyaboshi degan joyda to‘planib, barcha birgalikda harakat qilishga kelishildi.

Jizzaxdagi bu voqealardan xabar topgan podsho hukumati polkovnik Ivanov boshchiligida harbiy kuchlarni u yerga yubordi. 18-iyul kuni Turkistonda harbiy holat e’lon qilindi.

Jizzaxga polkovnik Ivanov boshchiligida 13 ta rota soldat, 2 ta artilleriya qismi, kazak otryadlari, jami ikki yarim ming kishilik harbiy kuchlar yuborildi.


Ular Jizzax shahrini to‘p va pulemyotlardan o‘qqa tutdilar.

Mustamlakachilar qo‘shini dastlab Jizzaxni, keyin Zominni egallab, so‘ng Sangzorga yurish qiladi.

Jizzaxga 26–27-iyulda yana qo‘shimcha jazo otryadlari yetib kelib, jazoni yanada kuchaytirdi

Qo’zg’olonchilardan 3 ming kishi kishi hibsga olindi. Ularning boshliqlari o‘lim jazosiga, qolganlari qamoq va surgunga hukm qilindi.

Mahalliy aholining qo‘zg‘olonda ishtirok etganligi, qo‘zg‘olonchilarga xayrixoh bo‘lganligi va ularni tutishda podsho hukumatiga yordam bermaganligi uchun o‘z uylaridan cho‘lga haydab yuborildi.


Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin