Glassariy 1.Logistika – (yun. logistike – hisoblash, muhokama san’ati) Inson faoli-yatining u yoki bu sohasini moddiy-texnik ta’minlashni boshqarish tizimi. 2.Konvertatsiya – (lot. convertatio – o‘zgartirish, aylantirish) Milliy valyutaning amaldagi kurs bo‘yicha boshqa xorijiy valyutalarga erkin va cheklanmagan miqdorda almashtirilishi. 3.Yer fondi boshqarmasi – Rossiyadan Turkistonga ko'chib keluvchilar tobora ko'payib borganligi bois XX asrning boshlarida Turkistonda tuzilgan tashkilot. Ushbu boshqarma rus mujiklarini uy-joy, yer, dehqonchilik vositalari bilan ta'minlab turgan. Shuningdek, bu tashkilot asosan sug'oriladigan yerlarni keygaytirish hamda mahalliy aholiga tegishli bo'lgan yerlarni turli sabablarni bahona qilib tortib olish va musodara qilish bilan mashg'ul bo'lgan. 4.Yer haqidagi Nizom – 1873 yilda K.P.Kaufman tomonidan ishlab chiqilgan. Bu Nizomga ko'ra, faqat qonuniy hujjatlari bo'lgan kishilargina o'zlariga tegishli yerlarni xususiy mulk qilib olishlari mumkin edi. Ammo, mahalliy aholining katta qismida bunday hujjatlar yo'q bo'lib, ularni berish yoki borlarini tasdiqlash chor ma'murlarining xohishlariga bog'liq edi. Bu holat esa mustamlakachi ma'muriyatga hujjatlari bo'lmagan dehqonlarning yerlarini osongina tortib olish uchun qulay imkoniyat berar edi. Mahalliy aholi yerlarining tortib olinishi, yerlarning mulkdorlar qo'lida to'planishi shahar va qishloqlar aholisining ijtimoiy-qatlam va tabaqalarga ajralishiga olib keldi. Ular yirik yer egalari, shakllanib kelayotgan qishloq burjuaziyasi, o'rta hol va qambag'al dehqonlar, choraporlar va mardikorlarga bo'lina boshladilar. 5. «Paxta vasvasasi» XX asr boshlarida ham tinmadi. Rossiyaning paxta mustaqilligini ta’minlash harakati tobora avj olib bordi. Bu holat o‘sha zamon matbuotida ham o‘z ifodasini topgan edi 6. Izolyator – (ajratmoq, yakkalamoq) kazarma, lager, yuqumli kasal saqla-nadigan va shu kabi vaqtincha ajratib qo‘yiladigan alohida xona, joy. 7.Skrining – (ing. – saralash) maxsus usullar yordamida kasallikni erta va tez aniqlash uchun aholini ommaviy tekshirishdan o‘tkazish. 8. Infratuzilma – Ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi va jamiyat hayoti uchun zarur bo‘lgan me’yoriy sharoitni ta’minlashga xizmat qiladigan turli-tuman yordamchi xizmat ko‘rsatuvchi sohalar majmui 9.Koalitsion hukumat – umumiy maqsadga erishish uchun tashkil etilgan ko‘ngilli birlashma, bir nechta partiya tomonidan hukumatni ittifoq bo‘lib boshqarish. 10.Dashnoqlar – (armancha) – arman millatchilarining “Dashnoqsutyun”(ittifoq) partiyasi a’zolari. 11.Eshelon –(fr. – zina, zinapoya) maxsus yuk, texnika, artilleriya, tank va qo‘shinlar ortilgan poyezd yoki avtokolonna. 12.Pud – 16,38 kg ga teng og‘irlik o‘lchov birligi. .13.Kollektivlashtirish – mayda-mayda dehqon xo‘jaliklaridan ommaviy tarzda yirik kollektiv xo‘jaliklar (kolxozlar)ni tashkil qilish. 14.Konsentratsion lager – (lot. – biror narsaning to‘planishi) bir joyga to‘plash, yig‘ish. Konsentratsion lager bu siyosiy mahbuslar qamaladigan maxsus lager. 15.Natsionalizatsiya – (ingl. – millat, xalq) ayrim shaxs yoki birlashmalar- ning xususiy mulki bo‘lgan yer, ishlab chiqarish korxonalari, transport va boshqalarni davlat ixtiyoriga olish.