Global iqtisodiy rivojlanish



Yüklə 70,31 Kb.
səhifə2/2
tarix14.12.2023
ölçüsü70,31 Kb.
#179680
1   2
Iqtisodiy rivojlanish strategiyasi — копия

Eksport


Yanvar-oktabr oylarida mamlakatning eksportyorlari soni 6 586 tani tashkil etib, ular tomonidan 12,5 mlrd AQSh dollari (oltindan tashqari) qiymatidagi (2021 yilning mos davriga nisbatan 123,3% ga ko‘paydi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.
Eksport tarkibida tovarlar ulushi 78,8% ни tashkil etib, ular sanoat tovarlari (23,9%), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (8,2%) va kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (7,1%) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
O‘tgan 10 oy davomida xizmatlar sohasi, sanoat tovarlari va oltin eng ko‘p eksport qilingan.
Eksportning eng katta hajmi 2022 yil fevral oyida qayd etilib, 2,7 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. 2021 yilning shu oyiga nisbatan 1,9 mlrd AQSh dollariga ko‘paydi. 2022 yil oktabr oyida eksport hajmi 1,4 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi va 2021 yilning shu davriga nisbatan 33,4 foizga kamaydi.

O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi tarkibi ochiqlandi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli ma’lumot bilan chiqdi.


Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport 15,5 mlrd AQSh dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, import 22,4 mlrd AQSh dollariga teng bo‘ldi.

Eksport tarkibi quyidagicha:



  • sanoat mahsulotlari – 4 mlrd;

  • xizmatlar – 2,3 mlrd;

  • oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar – 1,2 mlrd;

  • kimyoviy mahsulotlar – 1 mlrd;

  • mineral yoqilg‘ilar va moylash mahsulotlari – 821 mln;

  • turli tayyor mahsulotlar – 708 mln;

  • mashina va asbob-uskunalar – 617 mln;

  • nooziq-ovqat mahsulotlari – 475 mln. 

Import tarkibi:

  • mashina va transport asbob-uskunalari – 7,4 mlrd;

  • sanoat mahsulotlari – 4,2 mlrd;

  • kimyoviy mahsulotlar – 3,3 mlrd;

  • oziq-ovqat mahsulotlari – 2,2 mlrd;

  • xizmatlar – 1,5 mlrd;

  • turli tayyor mahsulotlar – 1,2 mlrd;

  • mineral yoqilg‘ilar va moylash mahsulotlari –1,1 mlrd;

  • nooziq-ovqat mahsulotlari – 1,1 mlrd.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib boradi. Respublikaning zamonaviy tashiq siyosiy kursi dunyoda va mintaqada shiddat bilan o‘zgarayotgan vaziyat, hamda mamlakatning ichidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarga asoslanib shakllanadi.


O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining bosh maqsadi – davlat mustaqilligi va suverenitetini, xalqaro maydondagi o‘rni va rolini mustahkamlash, yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, respublikaning tashqi iqtisodiy manfaatlarini faol tarzda ilgari surish. 
Respublika harbiy-siyosiy bloklarga qo'shilmaslik kursiga sodiq bo'lib, o'z hududida xorijiy harbiy bazalar va ob'ektlarni joylashtirishga, shuningdek, mamlakat harbiy xizmatchilarining chet eldagi tinchlikparvarlik amaliyotlarida yoki harbiy mojarolarda ishtirok etishiga yo'l qo'ymaydi. O'zbekiston barcha qarama-qarshiliklar va nizolarni faqat tinch siyosiy yo'llar bilan hal qilish tarafdori.
O'zbekiston davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish, inson huquqlarini hurmat qilish va himoya qilish va xalqaro huquqning boshqa umume'tirof etilgan tamoyilllari va normalari; xavfsizlikning bo'linmasligi, ochiqlik va pragmatizm, qo'shni mamlakatlar bilan har tomonlama yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini rivojlantirish, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash kabi asosiy tamoyillarga tayangan holda tinchlik, taraqqiyot va farovonlik yo'lida barcha sheriklar bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor/.
Tashqi siyosiy faoliyatning asosiy va birinchi darajali vazifalaridan biri bu 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirishdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun tashqi siyosat idorasi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan:
- mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni hamda jamiyat va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun mumkin qadar qulay tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish;
- Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot hududiga aylantirish;
- jahonning yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik qilishning mutanosib, ko‘p qirrali tizimini shakllantirish;
- O‘zbekistonning mintaqa va jahon siyosatidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro tashabbuslarini ilgari surish;
- mahalliy mahsulotlarning eksport hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish borasida ko‘maklashish;
- milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni jalb etishda faol ko‘mak berish;
- mamlakatimizga turistlarni jalb qilish hamda turistik infratuzilmani rivojlantirish borasida amaliy yordam ko‘rsatish;
- transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishda hamda xalqaro transport kommunikatsiyalari va logistik infratuzilmalarni rivojlanishiga ko‘maklashish;
- xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari huquq va manfaatlarining har tomonlama himoya qilinishini ta’minlash;
- xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash.
Tashqi siyosatimizning bosh ustuvor yo‘nalishi Markaziy Osiyo mintaqasidir. O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi siyosati mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga, mintaqaviy xavfsizlikning muhim muammolarini hal etishga, shu jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni hal qilishga ko‘maklashishga qaratilgan. O‘zbekiston mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaning transport va tranzit infratuzilmasini rivojlantirish, Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolarining suv-energetika resurslaridan oqilona va kompleks foydalanish hamda mintaqaning ekologik barqarorligini ta’minlash, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonini yakuniga yetkazish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston mintaqa davlatlari bilan do‘stona va ahil qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashdan, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishdan, parlamentlar, chegara hududlari, jamoat tashkilotlari va oddiy fuqarolar o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirishdan manfaatdor.
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan aloqalarni kengaytirishni, mazkur mamlakatdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarda faol ishtirok etishni davom ettiradi. O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston iqtisodiyotini qayta tiklanishiga, uning transport, ishlab chiqarish, energetik va ijtimoiy infratuzilmalarini rivojlantirishga ko‘mak berishda davom etadi. Barqaror va ravnaq topayotgan Afg‘oniston Markaziy Osiyodagi mintaqaviy xavfsizlikning kafolatidir.
MDH malakatlari bilan hamkorlik ham O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Mazkur davlatlar bilan respublikamiz tarixan shakllangan siyosiy, iqtisodiy, transport-kommunikatsion va boshqa aloqalarga ega. O‘zbekiston Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan tenglik, o‘zaro foydalilik, bir-birining manfaatlarini hurmat qilish va e’tiborga olish tamoyillari asosida ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini qurishni davom etadi.
O‘zbekiston Rossiya bilan 2004-yil 16-iyunda imzolangan Strategik hamkorlik, 2005-yil 14-noyabrdagi Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomalar hamda 2012-yil 4-iyunda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida Strategik hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida do‘stona munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash va tadrijiy rivojlantirish ikki mamlakat manfaatlariga to‘liq mos keladi hamda mintaqadagi tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ikki tomonlama munosabatlarning eng muhim vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 4-5-aprelda Rossiyaga davlat tashrifi hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.V.Putinning 2018 yil 18-19 oktyabrda O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirilishini ta’minlashdan iboratdir. 
O‘zbekiston Respublikasi global muammolarni hal etishda muhim rol o‘ynaydigan, yaqin mintaqaviy qo‘shni Xitoy bilan strategik hamkorlikni kuchaytirish tarafdori. Xitoy bilan munosabatlarni rivojlantirish 2012-yil 6-iyundagi Strategik hamkorlikni o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya, 2013-yil 9-sentyabrdagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiyasi hamda 2017 yil 12 maydagi Har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish to'g'risida qo'shma bayonotga asoslangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2019-yil 24-27 aprelda «Bir makon, bir yo‘l» Ikkinchi xalqaro forum doirasida ilgari surgan tashabbus va takliflarni to'liq va o'z vaqtida amalga oshirish ikki mamlakat manfaatlariga mos keladi.
O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri, Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan 2002-yil 12-mart oyida imzolangan O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida Strategik sherikchilik va hamkorlikning asoslari to‘g‘risidagi deklaratsiyasi asnosida o‘zaro manfaatli va konstruktiv hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishdan iboratdir. O‘zbekiston AQSh bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlash va xalq turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan modernizatsiya jarayoni va islohotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitiaviy-texnologik va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor. Ikki tomonlama hamkorlikning muhim yo‘nalishlari Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, transmilliy tahdid va xatarlarga qarshi kurashga ko‘maklashishdan iboratdir.
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevropa davlatlari bilan har taraflama manfaatli hamkorlikka muhim ahamiyat beradi. Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlikni asosiy sohalari savdo-sotiqni rivojlantirish, investitiya va moliya, zamonaviy texnologiyalar transferi, ilm-fan, texnika, ta’lim, ekologiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat va mintaqaviy xavfsizlik kabilar hisoblanadi. O‘zbekiston asosiy e’tiborini Yevropaning ilg‘or davlatlari, xususan Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Italiya, Ispaniya, Latviya va boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada yuqori darajaga chiqarishga alohida e’tibor beradi.
Respublikamiz ko‘p asrlik umumiy tarix, yagona til va din, umumiy qadriyatlar va o‘xshash urf-odatlarga ega bo‘lgan Turkiya davlati bilan do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan siyosatni izchil davom ettiradi. Mamlakatimiz Turkiya bilan har taraflama manfaatli hamkorlikni, jumladan savdo-sotiq, investitsiya va turizm kabi sohalarda rivojlantiradi.
Osiyo-Tinch okeani hududi mamlakatlari, xususan Koreya Respublikasi va Yaponiya bilan hamkorlik O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi. O‘zbekiston ushbu davlatlar bilan investitsiya, savdo-sotiq, yuqori texnologiyalar, madaniy-gumanitar sohalaridagi keng qamrovli hamkorlikni davom ettiradi.
O‘zbekiston Janubiy-Sharqiy Osiyodagi mamlakatlar – Malayziya, Indoneziya, Singapur, Vetnam kabi davlatlar bilan hamkorligini rivojlantiradi.
O‘zbekiston Janubiy Osiyo mamlakatlari, xususan Hindiston va Pokiston bilan savdo-sotiq, transport-kommunikatsiya, turizm kabi sohalarda har taraflama va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishni qo‘llab quvvatlaydi.
O‘zbekiston musulmon dunyosi davlatlari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni iqtisodiyot, transport kommunikatsiyasi, moliya, investitsiya va sayyohlik sohalarida, shu jumladan Islom hamkorlik tashkiloti va Islom taraqqiyot banki doirasida faol rivojlantirish va mustahkamlashdan manfaatdor.
O‘zbekiston BMT ishida faol ishtirok etishni davom ettiradi, hamda uni xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga, tezkor globallashuv jarayonida davlatlarning barqaror rivojlanishida ko‘maklashishga mas’ul bo‘lgan yagona universal tashkilot sifatida ko‘radi.
Mamlakatimiz Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotlati bilan ushbu tuzilmalarning mexanizmlaridan zamonaviy muammolar va tahdidlarga qarshi kurashishda, ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda samarali foydalanish maqsadida o‘zaro sherikchilikni yanada rivojlantiradi.
O‘zbekiston xalqaro moliya institutlari bilan, shu jumladan, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va Yevropa investitsiya banklari bilan energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, uy-joy qurilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni faollashtirish uchun barcha sa’y-harakatlarni olib boradi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi dunyoning 130 dan ortiq davlatlari bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan. Toshkentda 44 ta chet el elchixonalari, 1 ta bosh konsullik, 8 ta faxriy konsullar, 17 ta xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, 13 ta xorijiy xalqaro hukumatlararo va hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, 1 ta diplomatik maqomga ega savdo vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Xorijiy mamlakatlarda va xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining 55 ta diplomatik va konsullik vakolatxonalari mavjud. O‘zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo‘lib, mamlakatimiz turli xil ko‘p tomonlama hamkorlik tuzilmalari bilan o‘zaro sherikchilik aloqalarini rivojlantiradi.
Joriy yilning 31-may kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tashabbusi bilan “O‘zbekistonning yangi, pragmatik va faol tashqi siyosati” mavzusida xalqaro davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Tashqi ishlar vazirligining Xalqaro munosabatlar bo‘yicha axborot-tahliliy markazi va Markaziy Osiyo xalqaro instituti ekspert-siyosatchilari hamda xalqaro tadqiqotchilar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan Harakatlar strategiyasi doirasida O‘zbekistonning xalqaro munosabatlarning teng huquqli subekti sifatidagi o‘rni va rolini oshirish, xalqaro nufuzini mustahkamlash, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, mamlakatning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, Tashqi ishlar vazirligi va diplomatik vakolatxonalar faoliyatini tubdan isloh qilish, xorijdagi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish tizimi samaradorligini oshirish hamda xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish sohalarida so‘nggi to‘rt yarim yil davomida bir qator muhim va samarali islohotlar amalga oshirilgani ta'kidlab o‘tildi.
Jumladan, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bo‘lim boshlig‘i Farrux Hakimov o‘z chiqishida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan ochiq va amaliy siyosati natijasida erishilgan yutuqlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
— So‘nggi yillarda O‘zbekistonning yangi, pragmatik va faol tashqi siyosati natijasida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida mintaqaviy hamkorlik jadallashib, savdo-iqtisodiy aloqalari yaxshilandi. Xususan, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro savdo aylanmasi 2019-yilda 5,2 milliard AQSh dollariga chiqdi, 2020-yilda esa global pandemiyaga qaramay, bu ko‘rsatkich 5 milliard AQSh dollarinii tashkil etdi.
O‘zbekiston rahbariyati mintaqaviy hamkorlikka sodiqligini global pandemiyaning dastlabki davridanoq yana bir bor namoyish etdi va Markaziy Osiyoda COVID-19 ga qarshi birgalikda kurashish tashabbusini ilgari surdi. Xususan, mintaqa davlatlari o‘rtasida pandemiya oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan tajriba almashish va insonparvarlik yordamlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, tadbirda ekspertlar tomonidan so‘nggi yillarda eksportni rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 72 foizga o‘sib, 2016 yildagi 24,2 milliard AQSh dollaridan 2019 yilda 41,8 milliard dollarga yetgani qayd etib o‘tildi.
– Bugungi kunda O‘zbekiston dunyoning 193 mamlakati bilan savdo aloqalarini olib bormoqda. Bunda tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi Xitoy (18,1%), Rossiya Federatsiyasi (15,7%), Qozog‘iston (8,0%), Koreya Respublikasi (6,5%), Turkiya (6,0%), Germaniya ( 2,3%) va Qirg‘iziston (2,0%) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda, – deya ta'kidladi xalqaro davra suhbatida so‘z olgan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi yetkachi ilmiy xodimi Hasan Majidov.
Barchamizga ma'lumki, COVID-19 pandemiyasi barcha darajadagi davlatlar iqtisodiyoti uchun sinovli davr bo‘ldi. Xususan, pandemiya sabab yuzaga kelgan iqtisodiy pasayish O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasiga ham ta'sir ko‘rsatdi. Ushbu davrda tashqi savdo hajmi 13 foizga kamayib, 41,8 milliard dollardan 36,3 milliard dollarga tushdi, eksport va import esa bir xil darajada kamaydi. Mintaqalar bo‘yicha MDH mamlakatlari bilan savdo hajmining sezilarli pasayishi kuzatildi. Aynan eksport 34 foizga, import esa atigi 6 foizga kamaygan.
Shu bilan birga, davra suhbatida iqtisodchi tadqiqotchilar tomonidan O‘zbekiston ulkan eksport salohiyatiga ega mamlakat ekani ta'kidlandi. Jumladan, O‘zbekistonning barcha mahsulotlarini eksport qilish uchun eng katta potentsialga ega bozorlar Xitoy, Rossiya Federatsiyasi va Turkiya hisoblanadi. Bugungi kunda Xitoyga 674,1 million, Rossiyaga 605 million, Turkiyaga 457 million va Qozog‘istonga 372 million dollarli qo‘shimcha eksportni amalga oshirish imkoniyati mavjud.
Shuningdek, qizg‘in bahs va munozaralar tarzida o‘tgan davra suhbati davomida ishtirokchilar tomonidan “Markaziy Osiyo mintaqaviy tartibini shakllantirishda — O‘zbekistonning roli”, “O‘zbekistonning dunyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish”, “O‘zbekistonning mintaqaviy siyosati, mintaqaviy xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta'minlash” hamda “O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi” kabi mavzulardagi ma'ruzalar muhokama qilinib, tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tadbir yakunida tashqi siyosat yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan tadqiqotchi mutaxassislar bilan bu kabi tadbirlarni doimiy ravishda o‘tkazib borilishini yo‘lga qo‘yish hamda to‘plangan tajribalarni amaliyotga keng joriy etishga kelishib olindi.


Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida 6 iyul kuni “O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva, tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov, Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov, Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Adham Bekmurodov, BMTning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy koordinatori Roli Astxana so‘zga chiqdi.
– Jamiyatimizda Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat tamoyili shakllanmoqda, – dedi T.Norboyeva. – Tabiiyki, hayotning o‘zi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va huquqiy munosabatlarni yangidan tartibga solishni taqozo etmoqda. Bularning bari mamlakatimizda konstitutsiyaviy islohot amalga oshirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Qolaversa, bugungi global va mintaqaviy vaziyatdan kelib chiqib, ichki hamda tashqi xavf-xatar, inqiroz ta’siriga munosib javob qaytarish, zamonaviy chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashish zarur. Shu ma’noda har qanday jamiyatda konstitutsiyaviy huquqiy asosni takomillashtirish har qachongidan ham muhim.
V.Norov bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatning milliy manfaatlarini samarali ilgari surish, zamonaviy xalqaro muammolarga yechim topish imkonini beruvchi ochiq, izchil va chuqur o‘ylangan tashqi siyosat amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.
Darhaqiqat, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilangan aniq va muddatli maqsadlarga erishildi. Mamlakatimizning mintaqaviy va xalqaro maydondagi o‘rni, nufuzini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlar izchil amalga oshirib kelinmoqda.
Taraqqiyot strategiyasi amalga oshirilishi natijasida respublikamizning qo‘shni mamlakatlar, jahonning yetakchi davlatlari va xalqaro institutlari bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.
bugungi tub o‘zgarishlar davrida Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasida o‘z ifodasini topgan tashqi siyosatning yangi, yanada muhim va dolzarb maqsad, vazifalarini belgilab berdi.
Hozir jahonda ro‘y berayotgan, geosiyosiy keskinlik kuchayishi bilan tavsiflanayotgan global o‘zgarishlarning salbiy ta’siri qo‘shni va boshqa mintaqalar, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlariga ham sezilmoqda. Bundan tashqari koronavirus pandemiyasi va ushbu kasallikning yangi shtammlari sabab davom etayotgan pandemiya to‘siqlari va cheklovlari xalqaro hamkorlikka doir barcha sohalar, birinchi navbatda, iqtisodiy va logistik aloqalarni rivojlantirishga qarshilik ko‘rsatmoqda.
Hozirgi sharoitda tashqi siyosiy faoliyat geografiyasini yanada kengaytirish, xorijiy sheriklar, eng avvalo, qo‘shni davlatlar bilan turli darajadagi, ustuvor yo‘nalishlardagi hamkorlikni faollashtirish, mintaqa va jahonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni tizimli monitoring qilish, yuzaga kelayotgan tahdidlarga o‘z vaqtida va har tomonlama javob berish zarurligi ma’qullandi.
Anjuman doirasida mamlakatimiz tashqi siyosat idorasi rahbari ommaviy axborot vositalari vakillarining qator savollariga ham javob berdi.
Shundan so‘ng davra suhbati tarmoq sessiyalari ko‘rinishida davom etdi. Ishtirokchilar yurtimizda Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining dolzarb, ustuvor yo‘nalishlari hamda zamonaviy xavf va tahdidlarni hisobga olgan holda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasini, erishilayotgan yutuqlarni e’tirof etdilar.
Tashqi siyosatda Yangi O‘zbekistonning ijobiy xalqaro imijini ilgari surish, mamlakatning jahon hamjamiyatidagi yetakchi o‘rni, yuksak obro‘-e’tiborini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar, tashabbuslar ko‘rib chiqildi.
Vazirlik, idoralar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, ekspert-tahliliy guruhlar vakillarining tashqi siyosat hamda tashqi iqtisodiy faoliyatning turli yo‘nalishlariga oid ma’ruzalari tinglandi.


Yüklə 70,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin