Global iqtisodiy rivojlanish


Transmilliy korporatsiyalarning mintaqaviy va tarmoq tarkibi, holati va rivojlanish tendensiyalari



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə123/176
tarix27.12.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#199883
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   176
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (3)

9.5. Transmilliy korporatsiyalarning mintaqaviy va tarmoq tarkibi, holati va rivojlanish tendensiyalari
Taniqli iqtisodchilarning jahondagi TMKlar bo‘yicha tahliliga ko‘ra, bugungi kunda TMKlar reytingida Amerika korporatsiyalari yetakchilik qilmoqdalar, yapon korporatsiyalari ikkinchi o‘rinda, undan keyin Xitoy va Buyuk Britaniya, ulardan keyin esa Fransiya, Germaniya, Kanada, Braziliya, Janubiy Koreya, Italiya va Hind korporatsiyalari turadi176.
Sektorlar bo‘yicha bunday korporatsiyalarning ishlab chiqarish sanoatida yetakchi ulushni saqlab qolgan holda, xizmat ko‘rsatish sohasida ham o‘z ulushini oshirib borish tendensiyasi kuzatilmoqda.
So‘nggi yillarda TMKlar filiallari jahon bozorida alohida o‘ringa ega bo‘la boshladi, UNCTAD ma’lumotlariga ko‘ra, jahon savdosining 33% i va jahon yalpi mahsulotining 10 %i ular hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bundan tashqari TMKlar jahon miqyosida ilmiy tadqiqotlar rivojlanishida tobora muhim rol o‘ynay boshlaydi, barcha patentlar va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mablag‘larning 80 %i ular hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.
9.5-jadvalda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra TMKlarning eng katta guruhi bank-moliya sektorida jamlangan. U asosan AQSh va Xitoydagi korporatsiyalardan iborat bo‘lib, hozirgi kunda TMKlarning moliyaviy sektorda faoliyat olib boruvchi alohida guruhi ko‘p millatli banklar (TMB) deb yuritiladi.
TMKlarning ikkinchi eng yirik guruhi neft-gaz qazib olish va qayta ishlash sohasiga tegishli bo‘lib, unda ham yetakchi o‘rinlarni AQSh va Xitoy korporatsiyalari egallab turibdi. Bu guruhga Rossiya vakillari hisoblangan “Gazprom”, “Rosneft”, “Sberbank” va boshqa TMKlar ham kiradi.
TMKlarning uchinchi guruhi farmatsevtika ishlab chiqarishi va biotexnologiyaga qaratilgan. Ushbu guruhga Fransiya va Shveysariya korporatsiyalari kirib, bu guruh 22 ta ko‘p millatli korporatsiyadan iborat.
Xalqaro amaliyot va tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, “TMKlarning tarmoqlararo bo‘linish” tendensiyalari jahon iqtisodiyoti tizimining tashkil topishidagi o‘zgarishlar bilan yuzaga keladi. Empirik tarzda real sektor bilan bog‘liq TMKlar turli inqirozlar ta’sirida yanada moslashuvchan bo‘ladi. Real sektorda TMKlar tarkibining o‘zgarishi faqat uzoq muddatli davrda yuzaga kelishi mumkin.

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin