10. M.Porter konsepsiyasiga ko‘ra, mamlakatning raqobat jihatdan ustunliklari “milliy romb”ni tashkil etuvchi qanday unsurdan iborat? A) 1. Omillar bilan ta’minlanganlik.2. Talab parametrlari. 3. O‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldiruvchi tarmoqlar. 4. Firmalar strategiyasi tarkibi va raqobatchilik muhiti.
B) 1. Milliy iqtisodiy xavfsizlik. 2. Talab parametrlari. 3. O‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldiruvchi tarmoqlar. 4. Biznesning rivojlanish darajasi.
C) 1. Pul-kredit siyosati. 2. Innovatsion salohiyat. 3. O‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldiruvchi tarmoqlar. 4. Firmalar strategiyasi tarkibi va raqobatchilik muhiti.
D) 1. Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik .2. Talab parametrlari. 3. Moliya bozorining rivojlanganligi. 4. Firmalar strategiyasi tarkibi va raqobatchilik muhiti.
ATAMALAR LUG`ATI
Antiglobalizm
globallashuv jarayonlarning hozirgi kunda namoyon bo‘layotgan ba’zi salbiy jihatlariga qarshi yo‘naltirilgan siyosiy harakat.
“ATTAC” (Association for the Taxation of Financial Transactions for the Aid of Citizens)
ikki va undan ortiq davlatlarning bir-biriga va uchinchi mamlakatlarga nisbatan soddalashtirilgan tarif siyosatini qo‘llashi.
Valyuta
ma’lum bir davlatning qonun bilan o‘rnatilgan pul vositasi (milliy valyuta), bir yoki bir necha yetakchi mamlakatlar valyutasi ko‘rinishidagi jahon rezerv pullari, XVF va Yevropa valyuta tizimi a’zolari tomonidan ko‘p tomonlama hisob-kitoblarda foydalaniladigan xalqaro valyuta birliklari.
GATT
Savdo va tariflar bo‘yicha bosh bitim — tashqi savdo operatsiyalarini o‘tkazishda belgilangan tamoyillarga amal qilishga rozi bo‘lgan mamlakatlarni birlashtiruvchi savdo va tarif masalalari bo‘yicha xalqaro akt.