bu tashkilot 1964 yilning 30 dekabrida tashkil topgan bo‘lib, unga BMTning barcha a’zo mamlakatlari va boshqa davlatlar ham kiradi. Vazifasi: xalqaro savdoning rivojlanishiga xomiylik qilish, uning huquqiy asoslarini ishlab chiqish, xalqaro savdo, shuningdek, xalqaro savdo bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishdan iboratdir.
Jahon banki
1944 yilda Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan bir vaqtda tuzilgan birinchi davlatlararo investitsiya institutidir, o‘z faoliyatini 1946 yil 25 iyunda boshlagan.
Jahon bozori
moddiylashtirilgan va moddiylashtirilmagan ko‘rinishidagi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol bosqichlarni o‘z ichiga oluvchi xalqaro iqtisodiy munosabatlar sub’ektlarining (milliy va hududiy iqtisodiyotlar, xalqaro tashkilotlar va korporatsiyalarning) o‘zaro iqtisodiy ta’sirlashish global muhitidir.
jahon tovar bozorlaridagi sotish sharti, ushbu bozorlardagi talab, taklif, narxlar darajasi, ularning o‘zgarish tendensiyalari.
Jahon bahosi
talab va taklif egri chiziqlari ta’sirini hisobga olgan holda milliy narx ko‘rsatkichlari ta’sirida xalkaro savdo markazlarida hosil bo‘ladigan baho me’yorlari.