Global, mintaqaviy, mahalliy miqyosdagi ekologik muammolar



Yüklə 13,31 Kb.
səhifə1/4
tarix27.12.2023
ölçüsü13,31 Kb.
#199785
  1   2   3   4
15-mavzu.Ekologik fan,ta\'lim tarbiya.R


Ekologiya kafedrasi 15 – Mavzu: Ekologik fan, ta’lim va tarbiya.

REJA:

  • 1.Hozirgi davrda inson bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari.
  • 2. Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy chora-tadbirlari.
  • 3.O’simlik va hayvonlarning o’zaro munosabatlari
  • 4.Ekologik ta’lim tarbiya va ekologik siyosat.

Biosferaning inson hayoti zarur bo‘lagn barcha komponentlariga nihoyatda xushyorlik bilan qarasa va hozirgi bosqichda insonning ularga bo‘lgan ta’siri qanday darajada namoyon bo‘layotganigini e’tiborga olib ish ko‘rish nihoyatda dolzarb masaladir. Biosferadagi tabiiy resurslar deyilganda qazilma boyliklar, iqlim, suv, tuproq, o‘simlik, hayvonlar, kosmik va atom resurslarini tushinmoq zarur. Bu resurslar 2 guruhga bo‘linadi: qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan resurslar.
Qayta tiklanadigan resurslarga inson iste’moli natijasida mutlaqo tugab ketmaydigan va har yili(yoki bir necha yildan keyin) qayta tiklanib turadigan resurslar,tuproq,o‘simlik va hayvonlar dunyosining beradigan mahsulotlari kiradi. Inson tomonidan tuproq, o‘simlik va hayvonlardan oqilona foydalanilsa, ulardan ko‘proq foyda olish mumkin.
Qayta tiklanadigan resurslar bilan birga hech qachon tugamaydigan tabiiy resurslar ham mavjud. Ularga iqlim va suv resurslari kiradi.
Ulardan qancha foydalanilsada miqdori tugamaydi, lekin sifati yomonlashishi mumkin.
Qayta tiklanmaydigan resurslarga yer osti boyliklari (temir rudasi,oltin,neft,gaz,ko‘mir va boshqalar) kiradi. Ulardan foydalanish natijasida zahirasi kamayib boradi va qachonlardir tugab qoladi. Lekin ular endi qayta tiklanmaydi. Ulardan tejamkorlik bilan foydalanish talab etiladi. Tirik organizmlar shuningdek insonning tabiat bilan munosabatlari va ular o‘rtasidagi zararli oqibatlar haqida ko‘rib o‘tamiz
Masalan havoning tarkibidagi kislorod deyarli barcha organizmning yashashi zarur bo‘lgan element hisoblanadi. Oziqasiz inson 5 hafta, suvsiz 5 kun, kislorodsiz 5 minut yashashi mumkin. Olimlarning fikricha, O 42 ning yarmidan ko‘pi quruqlikdagi o‘simliklar, qolgani esa suvdagi o’simliklar tomonidan ajratib chiqariladi. Keyingi 500 yil ichida inson ta’sirida Yer yuzidagi o‘rmonlarning 2/3 qismi qirib tashlandi.Oxirgi 100 yil ichida 40% ga yaqin o‘rmonzorlar yo‘q qilindi.
Agarda o‘rmonlarni kesish shu tarzda davom etsa,40-50 yildan so‘ng tropik o‘rmonlarning Yer yuzida butunlay qolmasligi aniq. 150 yildan so‘ng sayyorada 0 muvozanatning buzilishi xavfi seziladi,uning miqdori kritik nuqtaga yetib borishi mumkin. Dunyo bo‘yicha 700 mln dona avtomashinalar bo‘lib, ularning soni yiliga sayyoraning aholi soni o‘sishiga nisbatan 5 marta o‘sib bormoqda. Yer yuzidagi har 100 litr suvning 97 litri sho‘r suv, qolgan 3 litri chuchukdir.

Yüklə 13,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin