QUYOSHDAN YERGA KELADIGAN NURLAR Bizning mamlakatimizda uzoq vaqt davomida tabiatdan foydalanish bepul bo‘lgan. Korxonalar yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan foydalanishgan, atrof muhitni ifloslantirganlar va buning uchun hech qanday to‘lov to‘lamaganlar. Faqatgina atrof muhitning juda kuchli ifloslanishi kuzatilgan ayrim hollarda korxonalar jarima to‘lash bilan cheklanganlar. Tabiatdan xo‘jasizlarcha foydalanish ekologik inqiroz vaziyatlari vujudga kelishining asosiy sababi hisoblanadi.
Tabiiy resurslarni qidirish, qazib olish va atrof- muhitni muhofaza qilish xarajatlari davlatning zimmasida bo‘lgan. Lekin hozirgacha bu xarajatlar tabiiy muhitga yetkazilgan zarardan ancha kam va farq chuqurlashib bormoqda.
Tabiiy resurslardan foydalanish, atrof-muhitni ifloslaganligi, chiqindilarni joylashtirgani va boshqa ta’sir turlari uchun to‘lovlarni joriy qilish iqtisodiy-ekologik muammolarni hal qilishning samarali yo‘li hisoblanadi.
Ekologik tarbiya-axloqiy tarbiyaning ajralmas qismidir. Kishilarda ekologik ong va tafakkurni ekologik dunyoqarashini xosil qilish tabiatni dialektik tushunishiga yordam beradi. Hamma bosqichlarda ekologik ta’lim va tarbiyani talab etilgan darajada amalga oshirish uchun bu vazifaning muximligini va ma’suliyatini yaxshi bilgan yoshlarning tarbiyalash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ekologik muammolardan biri Tabiatga foyda keltiradigan, uning holatini yaxshilaydigan faoliyati uchun korxonalar, muassasalar tashkilotlar va alohida shaxslarga turli imtiyozlar beriladi.
«Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy tartiboti:
- tabiiy resurslardan maxsus foydalanganlik uchun, atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik (shu jumladan chiqindilarni joylashtirganlik) va atrof tabiiy muhitga boshqacha tarzda zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun to‘lov undirishni;
- Kam chiqitli va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etilganida, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni qayta tiklashda samara beruvchi faoliyat amalga oshirilganida korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga soliq, kredit imtiyozlari va o‘zga imtiyozlar berishni;
- Ekologiya nuqtai nazaridan xavfli texnologiyalarni qo‘llaganlik va o‘zga faoliyatni amalga oshirganlik uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga nisbatan maxsus soliqlar joriy etishni;
Xozirgi davrdagi fan texnika taraqqiyoti har xil ijtimoiy amalga oshirilib ko’p jixatdag barcha mamlakatlar uchun umumiydir. Atrof-muxitni muxofaza qilish ilmiy asoslangan ekologik siyosatni ishlab chiqish muammolarini hal etishga umuminsoniy yondoshuvini talab etadi. Ekologik siyosat deganda davlatlarning jamiyat tizimiladi o’zaro munosabatlarini taritbga solishga eng qulay samarali amalga oshirishga yo’naltirilgan faoliyat tushuniladi.