Global pandemiya boshlanishi bilan raqamli texnologiyalarning roli sezilarli darajada o‘sdi, bu esa raqamli transformatsiyaning, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston uchun muhimligini ko‘rsatdi



Yüklə 41,28 Kb.
səhifə1/2
tarix18.06.2023
ölçüsü41,28 Kb.
#132215
  1   2
BOB


Global pandemiya boshlanishi bilan raqamli texnologiyalarning roli sezilarli darajada o‘sdi, bu esa raqamli transformatsiyaning, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston uchun muhimligini ko‘rsatdi.
Raqamli transformatsiya jamiyatni yanada modernizatsiya qilish va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish salohiyatiga ega. Shu nuqtai nazardan, amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, Yangi O‘zbekistonning kelgusi besh yilga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi doirasida barcha asosiy sohalarni raqamlashtirish hamda mamlakatda haqiqiy axborot jamiyatini barpo etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston 2000-yillarning boshlaridanoq axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni rivojlantirish va raqamlashtirishga ustuvor ahamiyat bera boshladi. Jumladan, “2013-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi”, “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” hamda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” va “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonningn Taraqqiyot strategiyasi”da milliy iqtisodiyot, sanoat va umuman jamiyatda raqamli transformatsiyani amalga oshirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan.
Raqamli iqtisodiyotda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalar raqamli texnologiyalarni qoʻllash asosida amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Tarmoq va hudud rahbarlari raqamlashtirishsiz natija, rivojlanish boʻlmasligini tushunib yetishi shart. Barcha darajadagi rahbarlar buni oʻziga kundalik vazifa sifatida belgilab, raqamlashtirish sohasini alifbosidan boshlab chuqur oʻrganishi kerak” [1]. Raqamli iqtisodiyotning global dunyoda muhimlik darajasi oshib bormoqda. Raqamlashtirish jarayonlari iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlariga oʻz ta’sirini koʻrsatmoqda. Ayniqsa, tarmoq va sohalardagi qisqartirishda, hamda mehnat unumdorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Raqamli iqtisodiyot va iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonlaridagi muammolarni boʻyicha iqtisodchi olimlar va mutaxassislar tomonidan oʻzlarining tadqiqotlarida va xalqaro konfrensiyalarda fikr va mulohazalarini keltirib oʻtishgan. Ular tomonidan raqamli iqtisodiyotning kirib kelish jarayonlari, mamlakat iqtisodiyotida tutgan oʻrni va uning iqtisodiy-ijtimoiy ta’sirini oʻz davrlaridagi mavjud holat boʻyicha koʻrsatib oʻtishgan.
Raqamli iqtisodiyot tushunchasi birinchi boʻlib, 1994-yilda Tapskottning "Raqamli iqtisodiyot: tarmoqli razvedka asrida va’da va xavf-xatar" nomli asarida keltirilgan bo’lib, Tapskottning fikricha, raqamli iqtisodiyotni kompaniya nazariyasiga asoslangan holda, biznesning yangi ommaviy axborot vositalariga oʻtishiga oid bir qator farazlarni shakllantirgan. Raqamli iqtisodiyot bilimlarni boshqarish, raqamli aloqa, vertualizatsiya, internet orqali integratsiya, vositachilardan qochish, sohalarni yaqinlashtirish, innovatsiya, iste’molchiga indivudal xizmat, tezkor javob, globalizatsiya, raqamli boʻlinish kabi xususiyatlarga ega [2].
N.Leynning esa “Raqamli iqtisodiyot” tushunchasiga quydagicha ta’rif beradi. Internetda hisoblash va kommunikatsiya texnologiyalarining yaqinlashuvi va natijada elektron tijorat va keng tashkiliy oʻzgarishlarni ragʻbatlantiradigan axborot va texnologiyalar oqimi [3].
1995-yilda N.Negroponte ham "raqamli iqtisodiyot" tushunchasi izohlab o’tadi. Unga koʻra, raqamli iqtisodiyot - atomlar harakatidan bitlarning harakatiga oʻzgarishi [4].
S.Baller, S.Datta, B.Lanvinlar o’zlarining ilmiy maqolasida raqamli iqtisodiyotni keng doirada ta’sirini baholashgan. Unga koʻra raqamli iqtisodiyot asosida rivojlanish iqtisodiy-ijtimoiy va huquqiy jarayonlarda oʻziga xos xususiyatlari talab qilishi, milliy innovatsion tizimlar va dunyoda raqamli texnologiyalarni rivojlantirishning toʻsiqlari va istiqbollarini aniqlangan [5].
T.L.Mezenburg tomonidan berilgan ta’rifga ko’ra raqamli iqtisodiyotga mavjud raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali dasturiy tarmoqlarning ahamiyatining oʻsishi, qoʻshilgan qiymatning ortishi, dasturiy va raqamli iqtisodiyotdagi ishchi kuchi miqdorinig har xil darajasi, internet tijorati, elektron biznes strukturasini amalga oshirish imkonini beradi [6].
Bukht va Heekslar esa o’zlarining ilmiy izlanishlarida empirik tahlillarga asoslangan holda quydagi fikrni ta’kidlashgan: Iqtisodiyotni raqamlashtirish yoki raqamlashtirish transformatsiyasi jarayoni deyarli barcha tarmoq va sohalarni qamrab olgan holda, ish unumdorligi va mehnat samaradorligini keskin oshirishga, koʻrsatilayotgan xizmat turlari sifatini yaxshilashga, ular tannarxini keskin kamaytirishga, jahon bozorini keng miqyosda qamrovini amalga oshirishga imkoniyat yaratadi [7].
Asanovning aytishicha raqamli iqtisodiyot elektron mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish va ularni elektron tijorat orqali tarqatish asosida: "elektron mahsulotlarga ixtisoslashgan biznes ishlab chiqarish jarayonlarini, pul oʻtkazmalarini amalga oshiradi, shuningdek internet texnologiyalaridan foydalangan holda mijozlar bilan ishlash va ularni boshqarish bilan shugʻullanadi [8].
B.N.Panshinning ta’kidlashicha, raqamli iqtisodiyot tarmoq xizmatlariga asoslanadi Shu bilan birga, u raqamli iqtisodiyot elementlarini ajratib koʻrsatish mumkin boʻlgan sohalarni nazarda tutadi: Iqtisodiyotning raqamli segmentini kengaytirishning asosiy sababi – bu rivojlangan mamlakatlarda mamlakat yalpi ichki mahsulotining 70 foizidan ortigʻini tashkil etuvchi tranzaksiya sektorining oʻsishi. Ushbu sektor quyidagilarni oʻz ichiga oladi: davlat boshqaruvi, konsalting va axborot xizmatlari, moliya, ulgurji va chakana savdo, shuningdek turli xil kommunal, shaxsiy va ijtimoiy xizmatlar [9].
Raqamli texnologiyalar tufayli muayyan imkoniyatlarga ega boʻlgan iqtisodiy faoliyat turlarining soni koʻpayotgani va iqtisodiy ahamiyati ortib borayotganini inobatga olish zarur [10,11].
S.S Gulyamov raqamli iqtisodiyot oʻzaro bogʻliq boʻlgan ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining zanjiridan iborat boʻlib, uning ajralmas elementi zanjirlararo (insonlararo, mashinalararo, bulutlar orqali, data markazlararo) raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan ma’lumot almashinishdir. Bundan tashqari raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda bilimlarga va dasturchi kadrlar tayyorlashga etiborni qaratish maqsadga muvofiq [12].
N.M.Maxmudovning ta’kidlashicha, globallashuv sharoitida istalgan mamlakatning iqtisodiy ta’-minlash va jahon maydonida raqobatbardoshligini oshirishda koʻp jihatdan raqamli iqtisodiyotning samarali modellari bor. Raqamli iqtisodiyot xoʻjalik faoliyatini yuritish boʻlib, bunda ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishdagi asosiy omil raqamlar koʻrinshidagi ma’lumotlar boʻlib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni etkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq echimlar tadbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar koʻrsatish, elektron toʻlovlar amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bogʻlangan faoliyatdir [13].
Aynan Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun raqamli iqtisodiyotni shakllantirishda asosiy imkoniyat inson resurslarini rivojlantirishdir [14].
B.Y.Xodiyev Oʻzbekiston raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi cheksiz imkoniyatlar ochadi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun toʻsiqning asosiy sababi AKT infratuzilmasi hisoblanadi [15].
Dunyo mamlakatlari boʻyicha bir toifadagi iqtisodchi olimlar raqamli iqtisodiyotni tor doirada koʻrib, faqat AKT sektorida yaratilgan mahsulot va xizmatlarnigina hisoblaydigan boʻlsalar, ikkinchi toifadagilari, ularga nisbatan raqamli iqtisodiyotni iqtisodiyotning AKT sektori bilan bir qatorda tarmoq va sohalaridagi yaratilgan mahsulot va xizmatlarni raqamli texnologiyalar tomonidan qoʻshilgan qiymatini ham inobatga olish kerak deb hisoblaydilar.
Raqamli iqtisodiyotning hozirda butun jahon boʻylab oʻrganilishi va ilmiy tadqiqotlar olib borilishining sabablaridan biri, raqamli texnologiyalarning ortib, foydalanish qamrovi kengayishidadir. Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va undagi qator muammolarni bartaraf etishda raqamli iqtisodiyot yechim boʻladi. Iqtisodiyotni raqamli transformatsiylashuvi, avvalambor uning tarkibidagi barcha soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish natijasida mehnat unumdorligini oshirish, qarorlar qabul qilishga asoslangan kompleks jarayonlarni qamrab oladi. Buning asosida raqamli iqtisodiyotning qamrov sohalari ham kengayib boradi.


Yüklə 41,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin