Global tarmoqlar (WAN) va ularning qurilish usullari. WAN tarmog’ida qo’llaniladigan asosiy qurilmalar. Reja 1. Kompyuter tarmoqlari va uning turlari, kompyuter tarmoqlarining apparat va dasturiy ta’minoti.
2. Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati.
3. Axborotni uzatish va qabul qilish.
4. Intеrnеt tarmog’i vazifasi va undan foydalanish maqsadlari.
6. Intеrnеtda axborot qidiruv tizimlari.
Tayanch iboralar: Kompyuter tarmog’i, local, mintaqaviy, global, Wi-Fi, Wi-MAX, server, klient, giperbog’lanish, domen, WWW, FTP, IP texnologiya, telefoniya, TV, elektron pochta.
1. Kompyuter tarmoqlari va uning turlari, kompyuter tarmoqlarining apparat va dasturiy ta’minoti. Kompyuterlar orasida ma'lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda echish uchun komyuterlarni bir-biri bilan bog'lash ehtiyoji paydo bo'ladi. Kompyuterlarni bir-biri bilan bog'lashda ikki xil usuldan foydalaniladi:
1. Kabel yordamida bog'lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, o'ralgan juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata yordamida bog'lanadi.
2. Simsiz bog'lanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar yordamida, ya'ni radio to'lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnologiyalari yordamida bog'lanadi. Bir-biri bilan bog'langan kompyuterlarning bunday majmuasi kompyuter tarmog'ini tashkil etadi.
2. Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati.
Tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma'lumot almashishni ta'minlaydigan aloqa kanallari bilan o'zaro bog'langan majmui. Kompyuterlararo ma'lumotlarni almashishni ta'minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi.
Lokal, mintaqaviy va global kompyuter tarmoqlari. Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish mumkin, masalan:
Lokal tarmoq - bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi kompyuterlarni o'zaro bog'lagan tarmoq.
Mintaqaviy tarmoqlar – mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida kompyuterlarini va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali o'zaro bog'lagan tarmoqlar.
Global tarmoqlar - o'ziga butun dunyo Kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun'iy yo'ldosh) aloqalari tarmog'i orqali bog'lagan yirik tarmoq.