Globalashuv sharoitida ishchi kuchi bozori va migratsiya muomolari Mundarija Kirish



Yüklə 275,78 Kb.
səhifə10/12
tarix27.12.2023
ölçüsü275,78 Kb.
#198845
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Globalashuv sharoitida ishchi kuchi bozori va migratsiya muomolari Muhlisaxon119

Iqtisodiy tahlil
XXI asrda iqtisodiy taraqqiyot uchun inson kapitali muhim omil bo‘lib, uni rivojlantirish, oliy va professional ta’limning sifatini oshirish har qanday mamlakat oldida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi. Barcha yetakchi, ilg‘or davlatlar tajribasi faqat inson kapitalini to‘laqonli rivojlantirish orqali iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkinligini ko‘rsatmoqda. Shu sababli, 2020 yilda mehnat bozorini yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislar bilan ta’minlash, professional standartlar, tarmoq malakalar ramkalari va malaka talablarining ishlab chiqilishi hamda yangilab borilishi, malaka va bilimlarni baholash milliy tizimining xalqaro miqyosda tan olinishini ta’minlash maqsadida Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq va hududiy kengashlar tashkil etildi.
Aholini kasb-hunarga o‘qitish va qayta tayyorlashning uch bosqichli tizimi:
1) band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi hududiy «Ishga marhamat» monomarkazlari;
2) mamlakatning barcha hududlarida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufida tuman va shahar kasb-hunarga o‘qitish markazlari;
3) mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari tashkil etildi.
Mehnat bozori, bandlik, demografiya, mehnat migratsiyasi, malaka tizimi va kasbiy standartlarni takomillashtirish va mehnatni muhofaza qilish yo‘nalishlarida ilmiy-amaliy ishlar, tadqiqotlarni amalga oshirish hamda erishilgan ilmiy natijalarni amaliyotga keng joriy etish va sohada ilmiy salohiyatni oshirish maqsadida, Respublika bandlik va mehnat muhofazasi ilmiy markazi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti etib qayta tashkil etildi. Jahondagi globallashuv, mamlakatlarning o‘zaro integratsiyalashuvi mehnat bozorida ishchi kuchining erkin harakatlanishi va ularning o‘z mehnat potensialidan samarali foydalanish imkoniyatini yaratdi. 2000 yildan boshlab, O‘zbekistondan chet elga mehnat faoliyati yuritish uchun chiqish doimiy xususiyatga aylandi va bu jarayonga ancha vaqt yetarli e’tibor qaratilmadi. Mamlakatimizda ishchi kuchining profitsiti mehnat bozoridagi vaziyatniyumshatish, iqtisodiy rivojlanishning dastlabki davrida tashqi mehnat migratsiyasining muhim ahamiyatga ega ekanligi va ushbu jarayonlarni tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyulda “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada PQ-3839-son va 2020 yil 15 sentyabrda takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4829-son qarorlari qabul qilindi. Natijada, xorijda ishlayotgan mamlakatmiz fuqarolariga nisbatan munosabat tubdan o‘zgardi, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi. 2020 yilda COVID-19 pandemiyasiga qaramay, mehnat migrantlari tomonidan O‘zbekistonga 6 mlrd. AQSh dollardan ortiq pul jo‘natmalari o‘tkazildi va shundan 4,3 mlrd. AQSh dollar Rossiya Federatsiyasi hissasiga to‘g‘ri keldi. Bundan tashqari mehnat migrantlari Qozog‘iston Respublikasi, Turkiya Respublikasi, Koreya Respublikasi va Yevropa mamlakatlarida mehnat faoliyatlarini amalga oshirib, ularni mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun potensial investor, malakali mutaxassis, yangi ish joylari yaratuvchi tadbirkor sifatida qabul qilish lozim. So‘rovlarga ko‘ra, mehnat migrantlarining 20 foizi chet elga ishga ketish sababi deb, o‘z biznesini ochishga, tadbirkorlik uchun dastlabki sarmoyani jamg‘arish deb ma’lum qilgan. O‘zbekiston 2020 yilda WorldSkills International – xalqaro notijorat assotsiatsiyasiga a’zo bo‘ldi va bu standartlari asosida ishchi kasblarni ommalashtirish va kasb malakalarini baholash, kasbga tayyorlash hamda jahon mehnat bozoriga malakali, professional standartlarni olgan raqobatbardosh ishchi kuchini eksport qilish imkoniyatini va tashqi mehnat migratsiyasidan keladigan Rossiyadan tushumni ikki baravardan ko‘proq bo‘lishi (10 mlrd. AQSh dollari) imkonini beradi. Inson resurslarining mamlakat ichida samarali mehnat mobilligini ta’minlash aholini ish bilan bandligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda mamlakatimizda viloyatlararo ichki mehnat migratsiyasining ko‘lami iqtisodiy faol aholining 14,1 foizini 2 mln. kishi, (viloyat ichida esa 6,6 foizini (969 ming kishini) tashkil etib, ularni rasmiy bandligi, ijtimoiy himoyasini ta’minlash va qo‘llab-quvvatlashning tashkiliy- ma’muriy mexanizmlarini yaratishni talab qiladi. Aholining munosib va rasmiy ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining 2021-2030 yillarda aholi bandligiga ko‘maklashish strategiyasi” ishlab chiqildi. Ushbu strategiyani amalga oshirish natijasida erishiladigan maqsadli ko‘rsatkich va indikatorlar 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar samarali va munosib ish bilan bandlikni oshirish asosida barqaror va umumqamrovli iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladi.


Yüklə 275,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin