Globalashuv sharoitida ishchi kuchi bozori va migratsiya muomolari Mundarija Kirish


-2021 yillarda Mehnat bozorida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar



Yüklə 275,78 Kb.
səhifə8/12
tarix27.12.2023
ölçüsü275,78 Kb.
#198845
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Globalashuv sharoitida ishchi kuchi bozori va migratsiya muomolari Muhlisaxon119



2.3 2016-2021 yillarda Mehnat bozorida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar


Aholining munosib va rasmiy ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining 2021-2030 yillarda aholi bandligiga ko‘maklashish strategiyasi” ishlab chiqildi. Ushbu strategiyani amalga oshirish natijasida erishiladigan maqsadli ko‘rsatkich va indikatorlar 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar samarali va munosib ish bilan bandlikni oshirish asosida barqaror va umumqamrovli iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladi.O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning tub maqsadi – bu inson farovonligi, uning munosib turmush darajasini ta’minlash hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida davlat tomonidan aholining samarali ish bilan band bo‘lishiga barcha shart-sharoitlarni yaratib berishi, shu jumladan, tadbirkorlar uchun qulay biznes yuritish muhiti, investitsiya, soliq siyosati, shaffoflik, sud-huquq tizimining adolatli bo‘lishi kabi omillarga bog‘liq. Chunki mamlakatmizda yaratilayotgan ish o‘rinlarining 90 foizi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri keladi va aynan iqtisodiyotning taraqqiyoti kichik va o‘rta biznesning rivojlanishi bilan bog‘liq Mamlakatimizda boshlangan tub islohotlarning asosini 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tashkil etadi va unda aholining ish bilan bandligi masalasi alohida o‘rin tutadi. O‘zbekistonda demografik holatning keskinligi, aholi sonining yuqori sur’atlarda o‘sishi va har yili 500 mingdan ortiq yoshlarning mehnat bozoriga kirib kelishi aholining barqaror ish bilan bandligi masalasini o‘ta dolzarb qilib qolmoqda. O‘zbekistonda 2021 yil 1 yanvar holatiga mehnat resurslari 19,1 mln. kishi, iqtisodiy faol aholi 14,8 mln. kishi, jami ish bilan bandlar 13,2 mln. kishi, shundan iqtisodiyotning rasmiy sektorida 5,7 mln. kishi (43,3%), iqtisodiyotning norasmiy sektorida 5,6 mln. kishi (42,8%), ishga joylashtirishga muhtoj shaxslar 1,6 mln. kishi (10,5%) va chet elda ishlash uchun ketganlar 1,8 mln. kishini tashkil qildi.
O‘tgan 5 yil ichida mehnat sohasida ham aksariyat jarayonlarni raqamlashtirish, mehnat statistikasini Xalqaro mehnat tashkiloti standartlariga moslash, uning real ko‘rsatkichlarini ta’minlash, ish bilan bandlikning yangi shakllarini rivojlantirish va keng foydalanish, shaffoflikni ta’minlash va mumkin qadar aholiga barcha xizmatlarni elektron platformalar orqali qulay va tezkor amalga oshirishga erishildi.
«Aholi bandligi to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahriri 2020 yilda qabul qilindi va u to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilish kuchiga ega Qonun bo‘ldi. Unda davlatning bandlik sohasidagi asosiy tamoyillari aks etib, hozirgi zamon mehnat huquq normalariga asoslangan. Jumladan, mehnat bozorini tartibga solishning yangi vositalari xususan, tadbirkorlikni rag‘batlantirish, o‘zini o‘zi band qilish, ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish, malakasini oshirish, ish stajini hisobga olish, ishsizlik nafaqasini to‘lash, ishga joylashtirish bo‘yicha agentliklar, respublikadan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyati amalga oshirayotgan fuqarolar va boshqa muhim yo‘nalishlardagi masalalar qamrab olindi.
Shuningdek, Mehnat kodeksi ham ilg‘or mamlakatlar tajribasi asosida qayta ishlandi va turli muhokamalardan o‘tib, 2021 yilda qabul qilinishi belgilangan. Unda mehnat munosabatlarini tartibga solishning zamonaviy usullari, ish beruvchi va yollangan xodim o‘rtasida, ijtimoiy sherikchilik, yakka tartibdagi mehnat munosabatlar va boshqa masalalar o‘z yechimini topgan. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi passiv choralardan (ishsizlik nafaqalarini to‘lash) faol bandlik siyosatiga o‘tmoqda (ayniqsa, yoshlar, ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar) va ishsizlarni kasbga, tadbirkorlikka o‘qitish, mikrokreditlar va subsidiyalar ajratish orqali ularning ish bilan bandligiga ko‘mak berishni keng yo‘lga qo‘ydi.
Ilk bor mamlakatimizda norasmiy mehnat bilan bandlik va yashirin iqtisodiyot muammolari ochiq muhokama qila boshlandi va davlatimiz tomonidan uning ko‘lamini kamaytirish bo‘yicha keng chora-tadbirlar qabul qilindi. Aholining norasmiy mehnat bilan bandligi hatto eng rivojlangan mamlakatlarda ham mavjud bo‘lib, u nafaqat salbiy balki ba’zi muhim ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarni bajaradi.
Birinchidan, iqtisodiyotning rasmiy sektorida ish topa olmagan inson resurslarini ish bilan va natijada daromad olishlarini ta’minlab, ishsizlikni kamaytiradi (nochor qolganlar uchun haqiqiy ijtimoiy himoya vositasi), qashshoqlikni oldini oladi hamda o‘z daromadlarini rasmiy sektorda sarflab, ichki talabni oshishi va YaIMning o‘sishiga turtki bo‘ladi. Ikkinchidan, norasmiylik ko‘p hollarda biznes boshlashning bir usuli sifatida rasmiy sektorga o‘tishga qadam hisoblanadi. Norasmiy mehnat bilan bandlik butun dunyoda keng tus olgan hodisa bo‘lib, uning ko‘lamini kamaytirish davlatning bu sohada tizimli kompleks siyosat olib borishini talab qiladi. Xalqaro mehnat tashkilotining hisobotiga ko‘ra, dunyoda 10 ta ishchidan 6 ta (ish bilan bandlarning 61%) va 5 ta korxonadan 4 tasi yashirin iqtisodiyotda norasmiy faoliyat yuritadi.
Norasmiy mehnat bilan bandlikning yuqori darajasi mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun turli xavflarga sabab bo‘lishi tufayli uni iqtisodiy xavfsizlik tizimi mezonlariga kiritish muhimligi ilmiy asoslandi. Uning yuqori darajasi mamlakat taraqqiyoti, ijtimoiy ziddiyat, teng raqobat muhiti, tengsizlik, tabaqalanishning kuchayishi, aholining rasmiy ijtimoiy tizimida to‘liq qamrab olinmasligi, jamiyatda huquq tartibotiga amal qilmaslik, moliyaviy yo‘qotishlar va boshqa ijtimoiy–iqtisodiy oqibatlarga olib keladi (2-rasm).
Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6098-son “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni, 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-son va 2020 yil 11 avgustdagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4804-son qarorlari yashirin iqtisodiyot va norasmiy bandlik darajasini kamaytirishga qaratilgan.
2–rasm. Norasmiy mehnat bilan bandlikning ijtimoiy–iqtisodiy oqibatlari

Ushbu hujjatlar yashirin iqtisodiyot va norasmiy mehnat bilan bandlik faoliyatiga ma’muriy usullar, taqiqlash orqali bartaraf etishga emas, balki uning qonun doirasida iqtisodiy jihatdan afzal bo‘lgan institutsional muhit va sharoitlarni yaratish orqali shaffof faoliyat yuritishini nazarda tutadi.
Yangi texnologiyalar elektron ro‘yxatga olish, integratsiyalashgan va avtomatlashgan holda xizmat ko‘rsatish sifatida inson omili, uning ishtirokini imkon darajada kamaytirib, iqtisodiy birliklarning transaksion xarajatlarini kamaytirishga, iqtisodiy faoliyatni rasmiylashtirish imkonini beradi.
Raqamli iqtisodiyot yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, kasbiy malaka va bilimlarning moslashuvchan, izchil va uzluksiz rivojlanishini talab qiladi hamda aholining ish bilan bandligini, xususan mehnat munosabatlarini raqamli elektron platformalar yordamida ro‘yxatga olish va qulay rasmiylashtirish imkoniyatlarini yaratmoqda. Raqamli iqtisodiyotning jamiyat hayotiga keng kirib kelishi barcha sohalarda mehnat faoliyatida internetdan foydalanish “haqiqiy” va “virtual” dunyo bilan uzviy bog‘lanish sharoitida bo‘lishni taqozo etmoqda. O‘zbekistonda iqtisodiyotni raqamlashtirishning mehnat bozoriga ta’sirini 2020 yilda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy etilishida ko‘rish mumkin. Ushbu elektron axborot tizimida idora va tashkilotlarda band bo‘lganlar, shaxsga oid, vakant ish joylari, to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘plangan.


Yüklə 275,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin