Globallashuv davrida til va adabiyot ta’lim taraqqiyoti Norbekov G‘olib Mashrab o’gli



Yüklə 77,5 Kb.
səhifə2/4
tarix01.05.2022
ölçüsü77,5 Kb.
#56781
1   2   3   4
Globallashuv

Kalit so’zlar: Adabitotning nazariy asoslari ,umuminsoniy konsepsiya, interfaol yondashuvlar, usul va uslub, badiiy detal, yozuvchi dunyoqarashi, “Klaster”, “FSMU texnologiyasi”, Insert usuli, “Qanday” organizatori va boshqalar.

O‘zbek adabiyotini darslarida o‘quvchining kitobxonlik darajasi, o‘qilgan asarni tushunishning chuqurligi aniqlanadi. O‘zbekcha nutqning rivojlanish darajasi belgilanadi. O‘zbek adabiyoti darslarida adabiy asarlarni o‘rganishdan maqsad o‘zbekning ruhiyatini anglatish orqali o‘quvchining ma’naviy dunyosini boyitishdan iboratdir. Buning uchun o‘quvchi o‘zga adabiyotning nazariy asoslari bilan ma’lum darajada tanish bo‘lishi talab etiladi. Qolaversa, nazariy tushunchalarni bilgan o‘quvchi badiiy hodisani tahlil qilganda, asar haqida gapirganda fikrini asosli ifodalay oladi. Zero, “Uzluksiz adabiy ta’lim konsepsiyasida quyidagicha ta’kidlanadi: “Ayni vaqtda o‘smirga ezgu ma’naviyat fazilatlari, go‘zal insoniy amallar bevosita ko‘rsatlilsa va tarbiyalanuvchiga majburan tiqishtirilmay, ruhiyatiga tabiiy ravishda, zo‘rliksiz singdirilsa, bola ma’naviyatining ajralmas sifatiga aylanadi. O‘zaro muomala, munosabat deb atalmish qiyin bir mexanizmning amalga oshirilishi o‘sha munosabatlarning ijobiy yoki salbiyligiga bog‘liq”[1.10-b]. Ayni vaqtda badiiy asar o‘rganish adabiy-nazariy tushunchalarni o‘zlashtirish uchun emas, balki adabiy-nazariy tushunchalarni o‘rganish badiiy asarlarni to‘laroq anglash uchun kerakligi hamisha diqqat markazida bo‘lishi lozim. Shu o‘rinda fikrimizni dalillash uchun maqolamiz mavzusini “ Maktab darslaridagi O‘tkir Hoshimov asarlarini interfaol metodlar yordamida o’qitish” deb belgiladik va bugungi ta’lim tizmidagi erishilgan yutuqlardan kelib chiqqan holda “milliy dastur” talablarini hisobga olib o’qitishning zamonaviy usullari bo’yicha yondashdik.

Ta’lim jarayonida O‘tkir Hoshimov hayoti va ijodini o‘rgatib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda adib asarlaridan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Bu asarlarni o‘qigan o‘quvchida tabiiy ravishda onaga, vatanga, yor-u do‘stga nisbatan chiksiz mehr-muhabbat, urush, jaholat kabi salbiy illatlarga nisbatan nafrat tuyg‘usi shakillanadi. Demak, bemalol aytish joizki, ta’lim jarayonida O‘tkir Hoshimov ijodini o‘rgatish, komil inson tarbiyasida tayanch nuqta vazifasini bajara oladi. Bunday asarlarni topish, ularni maktab, akademik litsey o‘quv dasturiga kiritish har jihatdan foydalidir. Shu o‘rinda bir savol tug‘ilishi mumkin. Xo‘sh, ularni o‘quvchiga yetkazish, asarning mazmun-mohiyatiga ularni oshno qilish uchun nima qilish kerak? Shu o‘rinda professor B.To‘xlievning quyidagi fikrlariga e’tibor qaratishni joiz topdik. B.To‘xliev shunday deydi: “Adabiyot o‘qitish uchun maxsus fan kerakmi? Jamiyatda shunga ehtiyoj bormi? Ta’lim bosqichlarida adabiyot fanini yaxshi o‘rganish va o‘rgatish uchun adabiyot muallimlari qayg‘urishi kerakmi yoki adabiyotshunoslarmi, pedagoglarmi yoki ruhshunos-psixologlarmi? Albatta, bunday savollarning keti uzilmaydi. Ular necha marotaba berilgan edi, bugun ham berilmoqda. Ularni ertaga berilmay qolishi amri-mahol” [2. 3-b]. usullarni qo‘llash ham yuqori samara beradi.

Umumta’lim maktablarining beshinchi sinflari uchun mo‘ljallangan dastur va darsligida O‘tkir Hoshimov hayoti va ijodini o‘rganish quyidagicha ifoda etilgan: 1) O‘. Hoshimovning hayoti va ijodi. “Dunyoning ishlari” qissasi. “Alla”, “Gilam paypoq”,hikoyalari (1 soat); 2) “Iltijo”, “Qarz” hikoyalarini o‘qish, tahlil qilish (1soat) 3) “Oq marmar, qora marmar” hikoyasi. Hikoyalar tahlili (1 soat) 4) Nazorat ishi. Tassurot yozish: “Ona-buyuk inson”, “Mening onam hammadan yaxshi”. Jami 4 soat ajratilgan [3. 3-b]

O‘tkir Hoshimov hayoti hamda uning “Dunyoning ishlari” qissasidan olingan “Alla”, “Haqqush”, “Qarz”, “Gilam paypoq”, “Iltijo” “Oq marmar, qora marmar” hikoyalarini o‘rganish uchun ajratilgan 4 soatni quyidagicha taqsimlash mumkin:

1-soat. O‘tkir Hoshimov hayoti va ijodi haqida ma’lumot berish. Bunda o‘quvchilarga adibning hayot yo‘li, yozgan asarlari hamda yozuvchi hayoti va ijodini muhim jihatlarini yoritishda adibga zamondosh bo‘lgan munaqiblarning adib haqida aytgan fikrlarini keltirish mumkin.

2-soat.“Dunyoning ishlari” haqida ma’lumot. Shu qissaga kiruvchi.“Alla”, “Gilam paypoq” hikoyasi tahlili. Dars uchun ajratilgan bu soatda o‘quvchilarga .“Dunyoning ishlari” qissasi haqida ma’lumot berish. Ya’ni qachon yaratilgan, asar muallifining hamda boshqa adiblarning asar haqida yozgan fikrlari bilan o‘quvchilarni tanishtirish. Asar yozuvchi nigohida qanchalik katta mazmun anglatishini o‘quvchilarga tushuntirish. “Gilam paypoq” hikoyasi tahleli orqali esa, hikoyadagi bola hamda, adibning bolalik chog‘laridagi xotiralarini taqqoslab, umumiy o‘xshash jihatlarini aniqlash. Hikoyani o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilarni asar va unda ilgari surilgan umuminsoniy g‘oyalar haqidagi fikrlarni bildirishga davit etish orqali, ularda mustaqil fikrni shakllantirish.

3-soatda “Oq marmar, qora marmar”, “Haqqush”, “Qarz”, “Iltijo” hikoyalari tahlili. Bu dars moboynida, hikoyalarni sodda va tushinarli tilda tahlil qilishdir. Tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar faolligini birinchi darajaga chiqarish, hikoyalarda tarannum etilgan onalar obraziga bola etiborini tortib, ulardagi onalarni farqli va o‘xshash jihatlarini aniqlash. Chiqqan natijalar haqida, bahs-munozaralar tashkil qilish.

4-soatda.“Dunyoning ishlari” qissasiga kiruvchi barcha hikoyalar xususida umumiy suhbat uyushtirish.

Har qanday asarni o’qitishda uni yaratgan ijodkor hayoti va ijodiga albatta to’xtalib o’tish kerak, chunki bu orqali ijodkor bilan o’quvchini tanishtirish bilan birga yozuvchi mudaosi maqsadlari va orzu-armonlari to’g’risida ham ma’lumotga ega bo’lib boradi. Bunda o‘quvchilarga adibning hayot yo‘li, yozgan asarlari hamda yozuvchi hayoti va ijodini muhim jihatlarini yoritishda adibga zamondosh bo‘lgan munaqiblarning adib haqida aytgan fikrlarini keltirish mumkin. Bunda “Klaster” usuldan foydalanish maqul.

O‘. Hoshimovning yaratgan asarlari

Romanlar

Qissalari

Hikoyalari

Drammalari

?

?

?

?

?

?

?

?

?

?

?

?

Toshiriqlarni berishda o’quvchilarni yoshi va o’quvchilarning bilim darajasini ham hisobga olish zarur. Aks holda darsda kutilgan natijaga erishib bo’lmaydi. Quyi sinflarda, masalan, beshinchi va oltinchi sinflarda “FSMU texnologiyasi” usulini qo’llash mumkin bu usul o’quvchini ko’proq mustaqil fikrlashga, munozara qilishga undaydi. Lekin kamchilik jihatlaridan biri o’qituvchi tomonidan dars tizgini qo’yib yuborilsa, shovqin va tortishuvlarga olib kelishi mumkin.


Yüklə 77,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin