Jizzax davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi



Yüklə 3,81 Mb.
tarix16.12.2023
ölçüsü3,81 Mb.
#182802
NORMURODOVA O\'


JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA YO’NALISHI
220-20 GURUH TALABASI NORMURODOVA O’G’ILOYNING
BIOLOGIYA O’QITISH METODIKASI FANIDAN
TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
Uy ishi. Belgilash yoki tayinlash kerakmi? Bu savol. Bu atama ko'plab javoblarni beradi. Talabalar tabiiy ravishda uy vazifasi bilan shug'ullanishadi. Hech bir talaba "o'qituvchimga ko'proq uy vazifasi topshirsin" deb aytmaydi. Ko'pchilik o'quvchilar uy vazifasini bajarishadi va uni amalga oshirishdan qochish uchun biron bir imkoniyat yoki mumkin bo'lgan bahona topishadi.
O'qituvchilarning o'zi bu masalani hal qilishda. Ko'pgina o'qituvchilar o'zlarining asosiy ilmiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash uchun, shuningdek, o'quvchilarning javobgarligini o'rgatish uchun kunlik uy vazifasini bajarishadi.
Boshqa o'qituvchilar kunlik homiylik topshirishdan qochishadi. Ular buni tez-tez umidsizlikka olib boradigan va o'quvchilarni maktabga va butunlay o'rganishga sabab bo'lgan keraksiz ortiqcha deb bilishadi.
Ota-onalar ham uy vazifasini bajarish yoki qabul qilmasliklariga qarab bo'linadi. Uni qo'llab-quvvatlaydiganlar buni bolalarni tanqidiy ta'lim qobiliyatini mustahkamlash uchun imkoniyat deb biladilar. Ulardan nafratlanganlar bolaning vaqtini buzish deb hisoblashadi. Ular darsdan tashqari tadbirlardan, o'yin vaqtini, oilaviy vaqtni olib tashlashadi va keraksiz stressni qo'shib qo'yishini aytishmoqda.
Uy vazifalariga qo‘yiladigan didaktik va metodik talablar. Adabiyot darslarida o‘qituvchi o‘zidagi eng yaxshi fazilatlarni o‘quvchilarga o‘tkazadigan, ularbilan birgalikda o‘zligida ham tasavvur va ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantiradigan, dars jarayonidagi har qanday faoliyatda birgalikdaishtirok etadigan, mulohaza yuritishga, munosabat bildirishga yo‘naltiradigan katta yoshli do‘st. O‘qituvchilik faoliyati ifodali o‘qish,rasm chizish, musiqa tinglash, badiiy ijod singari tuyg‘u va axloq shakllantirish bilan bog‘liq ishlarni, bilim, texnika vositalari, har xilmetodik o‘yinlarni ham qamrab oladi. Bu ishlarning hech biri vaqt o‘tkazish yoki biror ishdan dam olish manbai bo‘lmasligi kerak.
Uy vazifalarini so‘rash jarayonida ham o‘qituvchilar o‘quvchinio‘ylashga undovchi, shaxsiy munosabat bildirishni talab qiluvchi qo‘shimcha savollarni qo‘llamas ekan, tarbiyalanuvchilar o‘zlarida tashabbuskorlik,onglilik, topqirlik kabi sifatlarni shakllantirishga imkon beruvchi,mustaqil tafakkurni namoyish etuvchi tajribaga ega bo‘lolmaydilar.Hamisha ham o‘quvchi uy vazifasi sifatida oldiga qo‘yilgan masalani ijobiy hal qilavermaydi.
u uning nafaqat imkoniyatlari, balki mazkurtopshiriqqa bo‘lgan qiziqishi bilan ham bog‘liq. Agar odamda bilishga ehtiyoj bo‘lsa, u hamma narsani qiziqish bilan o‘rganadi. Gap bilimolishning ichki ehtiyojgaaylanishida. Ehtiyoj insonda har qandayqobiliyat shakllanishining zaruriy sharti hisoblanadi. Ta’limda bilishga bo‘lgan ehtiyojni uyg‘otish o‘qituvchining vazifalaridan biridir.Ma’lumki, ta’lim jarayonida o‘quvchining ijodiy ishlashga, bilishga bo‘lgan ehtiyoji uning oldiga nisbatan murakkab savollar qo‘yilganda paydo bo‘ladi.
Qolaversa, uyga berilgan topshiriq o‘quvchini qiziqtiribqolganda, uni bajarishdan moddiy yoki ma’naviy manfaatdorlik anglashilgandagina sidqidildan, va albatta, ijobiy hal etiladi. CHunki har qanday manfaatdorlik odamni izlantiradi, hodisaning mohiyatini tushunishga va tushuntirishga undaydi. Bu insonga xos bo‘lgan tabiiyxususiyat.
Mavzu bo‘yichaaniq va zarur ma’lumotlarga ega bo‘lganda o‘quvchining muhokamaga bo‘lgan qiziqishi ortadi. Uy vazifasini bajarish jarayonida yuz bergan qiyinchiliklarni bartaraf qilish uning ehtiyojini qondiradi. O‘quvchi g‘alaba nashidasini tuyadi. Bu qoniqish hissi, topshiriqning bajarilishidan tuyilgan lazzat nafaqat o‘quvmaterialini o‘zlashtirishdagi bir tomonlamalikni hal etishga ko‘maklashadi, balki o‘quvchi bilimini boyitadi, unda shaxslik sifatlari shakllanishiga asos bo‘ladi.
Bunday faoliyatni tashkil etadigan uy ishlari o‘quvchida mustaqil umumlashmalar qilishni talab etadigan qiyin topshiriqlarni uddalash qobiliyatini tarbiyalaydi va har qanday hodisada sababni ko‘rishga va fikri, qarashlarini erkin bayon etishga, xulosalarini asoslashga o‘rgatadi.
Murakkab umumlashmalar qilishni talab qiladigan uy vazifasini olgan o‘quvchini o‘qituvchi aytilajak fikrlarning rejasini tuzib olishga, taqriz yoki xulosalarda, berilajak javobda muhimni nomuhimdan ajrata olishga o‘rgatishi kerak. Ba’zan o‘zlashtirilgan materialning muhim jihatlari qanday mezonlar asosida belgilanishini ham so‘rash mumkin. SHunda uy vazifasining samarasi kutilgandan ham ziyoda bo‘lishi tayin. Darslarga o‘ziga qattiq ishongan holda, har qanday vaziyatga tayyor tarzda kelgan o‘quvchida qat’iyat, o‘ziga ishonch hissi shakllanib boradi. Bular juda yoqimli tuyg‘ular. SHu tuyg‘ular uning bilim olishga bo‘lgan ehtiyojini kuchaytiradi.
Uy ishi sifatida o‘qituvchisi tomonidan o‘rganilgan mavzu mazmunidan muhim jihatlarni ajratish vazifasini olgan o‘quvchi uyda topshiriq bilan yuzma-yuz yolg‘iz qoladi. Yo‘nalish to‘g‘ri berilgan bo‘lsa, topshiriq ham to‘g‘ri bajariladi. Buning uchun o‘quvchi quyidagi ishlarni qiladi:
avval fikr predmetini aniqlaydi; o matnni muhim va ikkinchi darajali mantiqiy bo‘laklarga ajratadi; o kalit so‘z va tushunchalarni topadi;
matnning qisqa mohiyatini ifodalash uchun tayanch nuqtalarni belgilab oladi va
shularga asoslanib uning muhim jihatlarini ajratadi.
Fikrlarining kichik rejasini tuzadi. SHu rejaasosida qarashlarini og‘zaki yoki yozma ravishda bayon etishga tayyorlanadi. Bunday topshiriqni bergan o‘qituvchidan o‘quvchini shunday yo‘nalishga solib qo‘yish ham talab qilinadi. Maktabda darslarning samarali tashkil etilishi uy vazifalari hajmini nisbatan toraytirishi mumkin. Lekin bu uy vazifalaridan voz kechish degani emas. O‘quvchiga uy vazifalari bermaslik uncha to‘g‘ri emas. Ma’lumki, o‘quvchilarning xotirasi va bilimlarni o‘zlashtirish darajasi har xil. Birida eshitib o‘zlashtirish qobiliyati kuchli bo‘lsa, ikkinchisida ko‘rganini eslab qolish imkoniyati katta. O‘quvchilarning ma’lum qismi o‘qituvchi bayonidan so‘ng o‘quv materialini kitobdan o‘zi o‘qishga va uning asosiy o‘rinlarini ko‘z bilan xotirasiga o‘rnashtirib olishga ehtiyoj sezadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Husanboyeva Q. va boshq. Boshlang`ich sinflarda adabiyot o‘qitish metodikasi
(darslik). – T: Innovatsiya-Ziyo, 2020. 380 bet.
2. Alisher Navoiy. Mahbub-ul-qulub (16-tom). – T: Fan, 2000. – B. 28.
3. Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud axloq. – T, 1996. – B. 66.
4. Abu Ali ibn Sino. Tadbiri manozil. – T: Sharq, 1998. – B. 49.
5. Qosimova K., Matchonov S, G’ulomova X, Yo’ldosheva SH, Sariev SH. Ona
tili o’qitish metodikasi – T. 2009. – B. 74
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Yüklə 3,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin