Globallashuv - bu iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishdagi jamiyat taraqqiyotining murakkab bosqichi hisoblanadi. Globallashuv o‘zining boshlang‘ich bosqichidanoq barqaror rivojlanishga yangi tahdidlarni vujudga keltirdi. Ular bir qarashda G ‘arbiy davlatlardan boshqa barcha mamlakatlarga taalluqli bo‘lib ko'rinadi, aslida bu chaqiriq yer yuzidagi aksariyat insoniyatga tegishli. Bu esa jahonda sodir bo‘layotgan barcha voqea-hodisalar hamda jahon tizimini barqarorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan harakatlarda hamma davlatlarning mas’uliyatini oshirishga da’vat etadi.

Globallashuv jarayoni jahon iqtisodiyotidagi turli jabhalarni qamrab olgan:
- ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati (tabiiy resurslar ishchi kuchi, kapital va texnologiyalar);
- xalqaro moliya-kredit va valyuta operatsiyalar ko‘lamining kengayishi (beg‘araz moliyalashtirish va yordam, xalqaro iqtisodiy munosabatlar subyektlariga kredit va zayomlar, qimmatbaho qog‘ozlar savdosi, maxsus moliya mexanizmi va vositalari);