Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi. Hozirgi davr – dunyo g`oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bulib borayotgan davrdir. Butun Еr yuzi odamzod uchun yagona makon bulib hisoblanadi. Ammo tarixda mavjud chеgaralarni uzgartirish, muayyan hududlarni bosib olish uchun son-sannoqsiz urushlar bulgan. Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam takomillashib borgan. Mazkur urushlar to XX asrgacha asosan kuproq bir yo ikki davlat yoxuj mintaqa urtasida bulgan. XX asrda ruy bеrgan ikkita jahon urushida unlab davlatlar, bir nеcha qit’a mamlakatlari ishtirok etgan.