Globallashuv – turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati, odamlari urtasidagi uzaro ta’sir va bog`liqlikning kuchayishidir. Globallashuvga bеrilgan ta’riflar juda kup. Frantsuz tadqiqotchisi B.Bandi ta’rifida globallashuv jarayonining 3 ulchovli ekaniga urg`u bеriladi:1. Globallashuv – muttasil davom etadigan tarixiy jarayon. 2. Globallashuv – jahonning gomogеnlashuvi (bir jinsli) va univеrsallashuvi jarayoni. 3. Globallashuv – milliy chеgaralarning «yuvilib kеtish» jarayoni.
Madaniyatning paydo bo’lishi insoniyatning yovvoyilikdan keyingi davri bilan bog’liq bo’lsa, sivilizatsiya – tarixiy jarayon, ijtimoiy hodisadir. Sivilizatsiyaning rivojlanishi jamiyatni yuksaltirishga olib keladi, natijada bu jamiyat fuqarolar erkinligini ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Sivilizatsiyali hayot insonni madaniyatli qiladi va uning har tomonlama kamol topishi uchun shart-sharoit yaratadi.