Globallashuvning falsafiy muammolari


Global muammolarni hal qilishda xususiy va umumiy manfaatlar



Yüklə 182,06 Kb.
səhifə23/27
tarix07.01.2024
ölçüsü182,06 Kb.
#209582
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
glabal muammolar

Global muammolarni hal qilishda xususiy va umumiy manfaatlar. Har bir xalq, har bir mamlakat xalqaro munosabatlarning u yoki bu tartibida, davlatlararo savdo oqimlarining yo‘nalishi va kapitallarning taqsimlanishida o‘z muayyan manfaatiga ega bo‘ladi. Ular tabiiy resurslardan foydalanish, atrof muhitni saqlash va shu kabi masalalarda doim o‘z manfaatlarini himoya qiladiki, bu ularning siyosatida umumiy masalalarda ham, xususiy masalalarda ham bevosita aks etadi va boshqa mamlakatlar siyosatiga o‘xshamasligiga sabab bo‘ladi. Ba'zan ichki manfaatlar umumiy manfaatlardan ustunlik qiladi. Bunday hollarda mazkur siyosat boshqa davlatlarning manfaatlariga zid ravishda amalga oshiriladi. Masalan, ekologiya nuqtai nazaridan bu qo‘shni hududlarda yashovchi xalqlarning qarama-qarshi manfaatlari to‘qnashgan hollarda ko‘p kuzatiladi.
Ammo hozir, jamiyat hayotining internatsionallashuvi va iqtisodiy aloqalarning o‘sib borayotgan integratsiyalashuvi sharoitida, sayyoramizning turli burchaklarida jahon hamjamiyatining yadro urushi, ekologik tanglik, demografik keskinlik va resurslar taqchilligini bartaraf etishdan iborat ob'ektiv manfaatlarini o‘zlarining umumiy manfaati deb biluvchi odamlar soni tobora ko‘payib bormoqda. Ma'rifatli siyosiy va jamoat arboblari yanada aniqroq anglab yetayotgan kelishilgan harakatlarga bo‘lgan bu ob'ektiv ehtiyoj hozirning o‘zidayoq ayrim davlatlar xulq-atvoriga ta'sir ko‘rsatmoqda va hatto ularning ichki va tashqi siyosatini ma'lum darajada belgilamoqda.
Inqiroz ildizlari. Ayrim mamlakatlarda ham, butun dunyoda ham barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga erishish texnokratik jamiyat tuzilishi va mohiyatidan kelib chiqadigan katta qiyinchiliklar bilan bog‘liq. U kompyuter inqilobi ta'sirida o‘zgarganiga qaramay, texnogen sivilizatsiyaning asosiy shakl-shamoyillarini saqlab qolmoqda va shu sababli hozirda mavjud ko‘rinishda nafaqat bunday jamiyat tanqidchilarini, balki texnika taraqqiyoti tarafdorlari (texnokratik optimistlar) sobiq izdoshlarining bir qismini ham qanoatlantirmayapti.
Ularning aksariyati fikriga ko‘ra, hozirgi G‘arb sivilizatsiyasi insoniyat uchun shikastli bo‘lgan ko‘pgina ziddiyatlarni yuzaga keltirdi, chunki uning zamirida tabiat va uning resurslariga nisbatan iste'molchilik yondashuvi yotadi. Tegishli qadriyatlar tizimidan mustahkam o‘rin olgan bunday tasavvurlar tarixan sanoat inqilobi, keyinroq - fan-texnika inqilobi davrida shakllangan bo‘lib, o‘z ildizlari bilan inson, xuddi yerdagi Xudo kabi, dunyoni bunyod etadi, uni tabiat imkoniyatlari va o‘z imkoniyatlari bilan hisoblashmasdan o‘z ixtiyoriga ko‘ra o‘zgartiradi, degan dunyoqarashga borib taqaladi. Pirovardda nafaqat ekologik va demografik tangliklar, balki ma'naviy inqiroz ham yuzaga keladi, bunda avvalgi dunyoqarash mo‘ljallari ob'ektiv sharoit tazyiqi ostida o‘zgarayotgan amaliyot bilan to‘qnashadi. Shu bois O‘zbekistonda aynan ma'naviy inqirozning oldini olish maqsadida 1994 yilda “Ma'naviyat va ma'rifat” jamoatchilik markazi tashkil qilindi, 1996 yilda markaz faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi va unga ko‘ra 1997 yildan barcha ta'lim muassasalarida “Ma'naviyat asoslari” fanini o‘qitish joriy qilindi. 1999 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzurida Ma'naviyat va ma'rifat markazlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Ma'naviyat kengashi tashkil qilindi. 2008 yilda respublikamiz prezidenti Islom Karimov o‘zining “Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch” asarida ma'naviy tahdidlar va ma'naviy yuksalish omillarini nazariy asosladi, zero “Ma'naviyat-insonning ulg‘ayish va kuch-qudrat manbaidir”18, faqat ma'nan yetuk insongina har qanday tahdidga qarshi kurashga o‘zida kuch topishi mumkin.

Yüklə 182,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin