Glossariy arxeologiya



Yüklə 226,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix08.02.2023
ölçüsü226,99 Kb.
#83391
1   2   3   4   5
GLOSSARIY

Etnik jarayon-kelib chiqishi bir-biriga yaqin bo‘lgan turli qabila va elatlarning asrlar 
davomida qo‘shilib, aralashib borish jarayoni. 
Etnogenez (yunoncha “etnos” xalq, “genesis” tug‘ilish)-biron bir xalqning kelib chiqish 
jarayoni. 
Etnonim-biron bir xalq nomi. 
O‘zbek. “O‘zbek” atamasining kelib chiqishi xususida fanda ikki xil yondoshuv mavjud: 
birinchi guruh tadqiqotchilar “O‘zbek” atamasining kelib chiqishini Oltin O‘rda xoni O‘zbekxon 
(1312-1342) bilan bog‘lasalar, ikkinchi guruh olimlar “o‘zbek” atamasi o‘rta asrlarda Dashti 
Qipchoqda yashovchi ko‘chmanchi xalqlarning boshqalarga tobe bo‘lmagan, “o‘ziga bek”, “o‘z-
o‘ziga bek”, talqinidan kelib chiqqan deb hisoblashadi.
YUqoridagi taxminlardan ikkinchisi tarixiy haqiqatga yaqinroq. CHunki “O‘zbek” atamasi 
qabilalar uyushmasi va shu qabilalarga qarashli erlarning nomi sifatida O‘zbekxonga qadar ham 
qo‘llanilgan. Jumladan Mirzo Ulug‘bek o‘zining “Tarixi arba’ ulus” asarida “o‘zbek ulusi 
O‘zbekxonga berildi” deb qayd qiladi. Bundan tashqari O‘zbekxondan oldin ham shu nomda bir 
necha tarixiy shaxslar o‘tgan. Jumladan, XIII- asr boshlaridagi Ozarbayjon hukmdorining ismi 
ham O‘zbek Otabek bo‘lgan.
O‘zbek xalqining etnik shakllanish bosqichlari-O‘zbek xalqi ikki xil til (turkiy va 
forsiy)da so‘zlashuvchi qabila va elatlarning aralashishi va qorishuvidan tarkib topgan bo‘lib, bu 
ikki tilda so‘zlashuvchi jamoalarning etnik jihatdan dastlabki aralashuvi so‘ngi bronza davri 
(mil. avv. II - ming yillikning oxiri)da yuz berdi. Bu davrni o‘zbek xalqi etnogenezining 
boshlanishi ya’ni birinchi bosqichi deb hisoblashimiz mumkin.
“Avesto”- o‘rta fors tilidan “Apastak” yoki “Asos” deb tarjima qilinadi. O‘rta Osiyoning 
ajralmas qismi hisoblangan Turonzamin hududlarida shakllangan qadimiy din-zardushtiylikning 
muqaddas kitobidir. Unda o‘zbek, tojik, turkman, ozarbayjon, fors, afg‘on va boshqa xalqlarning 
ibtidoiy va qadimiy ahloqiy tasavvurlari, koinot va erdagi dunyoning yaratilishi bilan bog‘liq 
tushunchalar, afsona va rivoyatlar, falsafiy-ahloqiy qarashlar o‘z ifodasini topgan.
Antik davr-lotinchadan antik-“qadimgi” demakdir. O‘rta Osiyo tarixida miloddan avvalgi 
IV asrdan (yunon-makedon istilosidan) boshlab milodiy V asrga qadar bo‘lgan davr antik davr 
deb yuritiladi. 
Baqtriya-geografik 
hudud. Qadimgi Baqtriyaga hozirgi Janubiy O‘zbekiston 
(Surxondaryo), Janubiy-G‘arbiy Tojikiston va SHimoliy Afg‘oniston erlari kirgan. Ilk o‘rta 
asrlar davriga kelib qadimgi Baqtriya erlarida ko‘chmanchi turkiy qabila-toxarlar keng yoyilishi 
munosabati bilan Tohariston deb yuritilgan. 
Baqtriya yozuvi-Miloddan avvalgi IV asr oxirigacha qadimgi Baqtriya hududlarida 
oromiy yozuvi ishlatib kelingan. Keyin Baqtriyada mahkama tili va yozuvi yunoncha bo‘lgan. 
Keyin miloddan avvalgi III-II asrlar chegarasida oromiy va qadimgi yunon alifbosiga asooslanib 
Baqtriya yozuvi ishlab chiqiladi. Bizgacha yuzdan ortiq baqtriya yozuvi na’munalari va so‘zlari 
etib kelgan. Baqtriya yozuvi topilmalari asoson miloddan avvalgi I-asr va milodiy I asrlarga 
taalluqli bo‘lib, baqtriya tili va yozuvi uncha yaxshi o‘rganilmagan.

Yüklə 226,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin