GLOSSARIY
Arxeologiya (yunoncha “archaios”-qadimgi, “logos”-fan)-insoniyat o‘tmish
tarixini
moddiy madaniyat yodgorliklari (mehnat qurollari, asbob-anjomlari, qurol-yarog‘lari,
turar
joylari, qurilishlari, qabrlarini) qazishmalar orqali o‘rganuvchi fan.
Geneologiya (yunoncha “genealogia”-shajara, nasl-nasab)
1.Insonlar shajarasini, qarindosh-urug‘chilik aloqalarini o‘rganuvchi
tarixning yordamchi
fan sohasi.
2.SHajara, biron bir urug‘ yoki shaxsning tarixi; nasl-nasab shajarasi.
Gnoseologiya (yunoncha “gnosis” bilim, “logos” fan)-borliqni, dunyoni bilish va chin
haqiqatga erishish haqidagi hamda bilishning manbalari va shakllari to‘g‘risidagi ta’limot.
Borliqni bilish nazariyasi.
Milodiy yil hisobi-jahon xalqlari o‘tmish tarixdagi voqea-hodisalarni ma’lum tartib,
ketma-ketlikda bayon etishga ehtiyoj sezib, o‘zlarining yil hisobilarini, - kalendarlarini
yaratishgan.
Qadimgi Misrda, Mesopotamiya xalqlarida, Hindlarda, Xitoyliklarda,
YUnonlarda
va qadimgi Rimliklarda o‘ziga xos yil hisobi (kalendar) amal qilgan. Jumladan, musulmon
dunyosida bugunga qadar amal qilib kelinayotgan hijriy yil hisobi mavjud. O‘rta Osiyo xalqlari
ham Movarounnahrga islom dini va islom madaniyati kirib kelishi
bilan bir vaqtda asta-sekin
hijriy yil hisobidan foydalana boshlaganlar. Vatanimiz tarixining arab istilosidan to XX asr
boshlarigacha bo‘lgan tarixiy voqealari o‘rta asr qo‘lyozmalari va boshqa yozma manbalarda
hijriy yil hisobi bilan yoritib kelingan.
Numizmatika-tangashunoslik fani. Qadimiy
tangalardagi belgi-rasmlar, tasvirlar,
tamg‘alar va yozuvlar orqali ijtimoiy-siyosiy tarixning ayrim jihatlarini o‘rganuvchi tarixning
yordamchi fan sohasi.
Xronologiya (yunoncha “xronos”-vaqt, “logos”-fan.)-tarixiy
taraqqiyot bosqichlari,
voqealarning davriy ketma-ketligini o‘rganuvchi tarixning yordamchi fan sohasi.
Etimologiya (yunoncha “etymon”-haqiqat, chin “logos”-fan)-biron bir so‘z yoki
atamaning kelib chiqishi, uning boshqa so‘zlar bilan o‘zaro yaqinlik aloqalarini o‘rganuvchi fan
sohasi.
Etnografiya (yunoncha “etnos” xalq, “grapho” yozaman) -tarixning yordamchi fan sohasi
bo‘lib, xalqlarning urf-odatlari, xo‘jaligi va madaniyatini; xalqlar,
etnik birlikning turli tiplari,
ularning kelib chiqishi (etnogenezi), turmushi, tarixiy va madaniy munosabatlarini o‘rganadigan
ijtimoiy fan. Etnografiya fani asosiy e’tiborni hozirgi xalqlarga qaratgan holda o‘tmishda mavjud
bo‘lgan barcha etnik birliklarni ilmiy o‘rganishni ham qamrab oladi.