Glossariy arxeologiya



Yüklə 226,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix08.02.2023
ölçüsü226,99 Kb.
#83391
1   2   3   4   5
GLOSSARIY

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Budun
Behistun bitiklari-SHimoliy Eronda, Kirmonshoh shahri yaqinida, tog‘ oralig‘idan o‘tgan 
qadimgi savdo yo‘li yoqasidagi qoyaga ahmoniylar hukmdori Doro I (522-486) ning toshga 
qadimgi fors, elam va akkad tillarida yozdirgan zafarnomasi. Unda qadimgi SHarq va O‘rta 
Osiyoning qadimgi xalqlari (xorazmliklar, baqtriyaliklar, marg‘iyonaliklar, saklar) haqida 
ma’lumotlar keltirilgan.
Buddaviylik-paydo bo‘lishi tarixiy davriga ko‘ra, birinchi jahon dini hisoblanib u bundan 
2600 yil avval shimoliy-sharqiy Hindistonda vujudga kelgan. Uning asoschisi shahzoda 
Siddxartxa Gautamadir. Siddxartxa vafotidan so‘ng Budda (“Nurlangan”, “Oliy haqiqatga 
erishgan”, “Haqiqat najotkori”) deb atalgan. Budaviylik dinining nomi ana shundan olingan.
Buddaviylik dinining muqaddas kitobi “Tripitaka” (“Uch savat donolik”) deb ataladi. 
Buddaviylik ta’limotining asosini “to‘rt oliy haqiqat” tashkil etadi: 


1.Azob-uqubatlar mavjudligi haqidagi ta’limot; 
2.Azob-uqubatlarning sabablari mavjudligi haqidagi ta’limot; 
3.Azob-uqubatlarning bartaraf bo‘lishi haqidagi ta’limot; 
4.Azob-uqubatlardan qutilishning najot yo‘li borligi haqidagi ta’limot. 
Bu din eramiz boshlarida O‘rta Osiyoga ham keng yoyila boshladi. Kushonlar saltanati (I-
IV asrlar) va Eftaliylar davrida budda dini davlat dini darajasiga ko‘tarilgan va O‘rta Osiyo 
hududlariga keng tarqalgan. Budda dini O‘rta Osiyo orqali SHarqiy Turkiston, Mo‘g‘iliston va 
Xitoyga yoyilgan. 
Budun-Turk xoqonligi davrida ko‘chmanchi chorvador aholi.
Buxorxudot-Ilk o‘rta asrlarda Buxoro mahalliy hukmdorlari. 707-708 yillarda Buxoroni 
arablar bosib olganidan keyin buxorxudot hukmdorlarligi o‘z mavqeini yo‘qotdi. VII asr oxiri-
VIII asr boshlarida Buxoroda Bidun, Tug‘shoda, Buniyot va Sikun ismli buxorxudotlar 
hukmronlik qilganlar. 
Bug‘rolar-X-XI asrlarda qoraxoniylar xoqonligining g‘arbiy qismi (Ettisuv, Qoshg‘ar va 
Janubiy Qozog‘iston)ni hoqon nomidan idora qilgan sulola xonlarining laqabi. Uning yirik 
vakillari Abdulkarim Sotuq Bug‘roxon va uning nabirasi Xorun ibn Muso davrida Ettisuv va 
Qoshg‘ardagi ko‘pchilik turkiy xalqlar islom dinini qabul qiladilar. Xorun ibn Muso Somoniylar 
davlatida kuchayib ketgan feodal kurashdan foydalanib, 992 yil may oyida Movarounnahrni 
egalladi. “Bug‘ro” ikki o‘rkachli tuyadir. Bug‘ro qoraxoniylar davlatining tashkil topishida 
muhim rol o‘ynagan yag‘mo qabilalarining totemi-ajdodi ibtidosi hisoblangan.

Yüklə 226,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin