Buyuk ipak yo‘li-G‘arb bilan SHarqni bir necha asr mobaynida bir biriga bog‘lab kelgan
yo‘llardan biri bo‘lib, bu yo‘l fanga 1877 yilda nemis olimi K.Rixtgofen tomonidan shunday
nom bilan kiritildi. Unga qadar bu yo‘l “G‘arbiy meridional yo‘l” deb atalib kelinardi.
Buyuk
Ipak yo‘li 12 ming km. uzunlikda bo‘lib, u Sariq
dengiz sohillaridan boshlanib,
SHarqiy
Turkiston, Markaziy Osiyo, Eron, Mesopotamiya, Suriya orqali O‘rta
er dengizi sohillarigacha
davom etgan.
Kushon davlati-milodimizning I-IV asrlarda O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, shimoliy-g‘arbiy
Hindiston va shimoliy-sharqiy Eron hududlarida hukmronlik qilgan sulola. O‘zbek davlatchiligi
tarixida Kushonlar davlati saltanat (imperiya) darajasiga ko‘tarilgan
dastlabki davlat
birlashmasidir.